Amaliy mashg‘ulot №24
Download 14.05 Kb.
|
1 2
Bog'liq24 amaliy Burg‘ulash portlatish ishlari pasportini tuzish
Amaliy mashg‘ulot № 24 Mavzu: Burg‘ulash portlatish ishlari pasportini tuzish. Ishning maqsadi: talabalarda gorizontal kon lahmlarini o‘tishdagi burg‘ulash portlatish ishlari, burg‘ulash portlatish ishlari pasportini tuzish bo‘yicha boshlang‘ich ko‘nikmalarini shakllantirish. Gorizontal kon lahimlarini o‘tishda burg‘ulash portlatish ishlari asosiy bosqich hisoblanadi. Burg‘ulash portlatish ishlari “Burg‘ulash portlatish ishlarida yagona xavfsizlik qoidalari” (YePB) va boshqa qoidalariga rioya qilgan holda olib boriladi. Burg‘ulash portlatish ishlarini olib borish uchun uchastka noziri tomonida “BPI” pasportini belgilangan me’yorlar asosida tuziladi va undan keyin korxonaning bosh muxandisi tomonidan tasdiqlanadi. “Burg‘ulash portlatish ishlari” pasporti quyidagi ketma-ketlik asosida ishlab chiqiladi; Portlovchi modda turi aniqlanadi va asoslanadi, inersatsiyalash turi va inersatsiyalash vositalari, portlovich moddaning solishtirma sarfi hisoblanadi yoki qabul qilinadi, shpurlar soni aniqlanadi, o‘yuvchi shpur turini tanlash, shpurlarning umumiy uzunligi, portlovchi moddaning umumiy sarfi, har bir shpurdagi portlovi modda miqdori va boshq. Portlatish setkalarini ketma-ketligini hisoblash. Burg‘ulash portlatish ishlari texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari hisoblash. Burg‘ulash portlatish ishlari olib borishda xavfsizlik tadbirlari va kov joy (zaboy)ning shamollatish sxemesi tuziladi. Gorizontal kon lahmlarini o‘tishda portlovchi modda patronlari (portlovchi modda turi) va burg‘ulash koronkalarini tashlash aniq kon-texnik sharoitlar uchun portlatish ishlari texnologiyasidan tomonidan qabul qilgan usullardan foydalanib qabul qilinadi. Shpurdagi patronlar sonini topish quyidagi formula orqali amalga oshiriladi: L ■ m n = l Bu yerda L - shpur uzunligi, m; l - portlovchi modda patroni uzunligi, m; m - shpurlarni to‘ldirish koeffitsienti; Shpur chuqurligini quyidagi formula orqali aniqlaymiz: L = n ■ l / m, m O’yuvchi shpurlar chuqurligini 20% ko’prok qabul qilamiz: Lcp = L 4.2, m Shpurlarni umumiy soni quyidagicha aniqlanadi: N = 12.7 ■ q ■ k ■ Sn/ / y ■ d2 ■ p bu yerda S - lahmning ko‘ndalang yuzasi, m2; q - portlovchi moddaning solishtirma sarfi, kg/m3; d - portlovchi modda patronining diametri, mm; k - Shpurlardan foydalanish koeffitsienti; k=0.8 p - porlovchi moddaning gravimetrik zinchlik ( ammonit 6 jv): p=1-1.2 g/sm3 Yordamchi shpurlar soni quyidagicha aniqlanadi: Nвс = 0.34( N - Пвр ) Bu yerda N - shpurlarning umumiy soni; n - o‘yuvchi shpurlar soni; Chegarovchi shpurlar soni: Nok = 0.66( N - Пвр) Bir marta portlatigan kon massasi hajmini aniqlash quyidagicha amalga oshiriladi: V-зах = S • L Bir marta portlatishga sarflanadigan portlavchi modda miqdori quyidagi formula orqali hisoblanadi: Q = q • k • V зах q зах O’yuvchi shpurlarga sarflanadigan portlovchi modda miqdorini aniqlash: Qep = 1,2 ■ Q.3ax / N Xar bir qabul qilingan portlovich modda patronini og‘irligini hisobga olagan holda o‘yuvchi shpurlardagi patronlar soni aniqlanadi: n =Q /m пат(вр) зах пат bu yerda mnam - qabul qilingan portlovchi modda patronining og’irligi, kg. Qolgan shpurlarni har biridagi portlovchi modda miqdorini aniqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Q=(Qm - Qep ■ n.p)/( n - n.p) Qolgan (chegaralovchi va yordamchi) shpurlardagi patronlar soni quyidagicha aniqlanadi: nnam = Q / mnam Bir sikldagi shpurometr uzunligini aniqlash formulasi: L = L ■ n + L ■ N + L ■ N шм ep ep ecn ок Download 14.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling