Amaliy mashg'ulot №27 Mavzu 25: Asinxron motorlarni parametrik boshqarish usullari I. Ishdan maqsad
Download 105.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Amaliy 27
Amaliy mashg'ulot № 27 Mavzu 25: Asinxron motorlarni parametrik boshqarish usullari I. Ishdan maqsad: Asinxron motorlarni parametrik boshqarish usullari o’rganish, ADni parametrik boshqarish vositalari va elementlarini bilish, asinxron motorlarni parametrik boshqarish qaday mexanizmlarda qo’llanilishini o’rganish. II. Topshiriq: Elektr yuritmalarni parametric boshqarish vositalarining vazifasi, texnik xarakteristikalari va ishlash printsiplarini taxlil qiling. Elektr yuritmalarni parametrik boshqarish modullarini o’rganing. III. MICROMASTER Vektor invertori to’g’risida umumiy ma’lumotlar. MICROMASTER Vektor o’zgartgichi shakli va o’rnatilishi bo’yicha MICROMASTER 420 bilan bir xil, faqat uning funktsional imkoniyatlari va dinamik xarakteristikalari sensorsiz vektorli boshqarish hisobiga ancha yuqori, qo’shimcha kirish/chiqish uyalari va intelektual kuch moduli mavjud. MIDIMASTER Vektor o’zgartgichi MICROMASTER Vektor invertorini xususiyatlari bilan bir xil, lekin MIDIMASTER Vektor quvvat bo’yicha kengroq diapozonga ega 75kVt gacha (ventilyatorli yuklama uchun 90kVt ga etadi). Issiqlik uzatish 50 o C atrof muhit xaroratida nominal quvvatni kamaytirishni talab etmaydi. O’zgartgichlar boshqarilmaydigan kirish to’g’rilagichi, o’zgarmas tok kuchlanishi zanjiridagi kondensator va invertordan iborat bo’ladi, invertor eng oxirgi IGBT avlodga tegishli, unda kam isrofli PWM to’liq optimallashtirilgan modulyatsiya qo’llanilgan. MICROMASTER Vektor va MIDIOMASTER Vektor – bu o’zgarmas tok oraliq konturli o’zgaruvchan tok dvigatellarini rostlash uchun qo’llaniladigan invertorlar. MICROMASTER Vektor 120Vt va MIDIOMASTER Vektor 75kVt gacha quvvatga ega bo’lgan turli modellari mavjud. Vektorli boshqariladigan datchiksiz invertorlar dvigatelni tezligini kerakli qiymatlarda ushlab turish uchun kuchlanish va chastotani o’zgartirib berish uchun xizmat kladi. Invertorlar mikroprossos yordamida boshqariladi, bunda maxsus kenglik-impulsli modulyarsiya usuli dvigatelni shovqinsiz ishlashini ta’minlaydi. Dvigatel va invertor turli himoyaviy funktsiyalari yordamida himoya qilinadi. Download 105.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling