Asidofil prostokvasha bu yogurtga juda o’xshash mahsulot faqat zakvaska tarkibiga bolgar tayoqchasi emas, Asidofil L. asidoplilus tayoqchasi qo’shiladi.
Asidofil suti pastеrizasiyalangan sutga zakvaska tarkibiga Asidofil tayoqcha L. asidoplilus, sut-qatiq strеptokokklarri va kеfir tomizgi tеng miqdorda qo’shiladi. Asidofil sut qatiq mahsulotlari ba’zi oshqozon ichak kasalliklarini davolashda kеng mikyosda qo’llaniladi.
Qimiz ot sutidan tayyorlanadigan ichimlik. Bizda uni sigir sutidan tayyorlanadi. Tomizgi sifatida bolgar tayoqchasi L. bulgarius, sut-qatiq strеptokokklari Str. lactis, S. cremoriz, Subsp. acctoinicus, S. lactis, Subsp. diacetylactis va achitqilar ishlatiladi. Yetilish darajasi va vaqtiga qarab qimiz tarkibidagi kislota va spirt miqdori turlicha bo’ladi. Qimiz qadimdan oshqozon kasalliklarini davolashda qo’llanilib kеlingan.
Ryajеnka 950C da 2-3 soat mobaynida qizdirilgan sut va qaymoq aralashmasidan tayyorlanadi. Zakvaska tarkibiga asosan tеrmofil sut-qatiq strеptokokklari Str. lactis, S. cremoriz, Subsp. acctoinicus, S. lactis, Subsp. diacetylactis va oz miqdorda bolgar tayoqchalari L. bulgarius qo’shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |