Amaliy mashg’ulot №3 Bosimni o‘lchash vositalarining montajiga tegishli variantlarni o‘rganish, misol va masalalar yechish
-rasm. TNJ-N suyuqlikli tortish bosimo’lchagichni devorga o’rnatish: 1,2-manfiy va
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Amaliy mashg’ulot. № 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.3. Mehnat xavfsizligi talablari
3.5-rasm. TNJ-N suyuqlikli tortish bosimo’lchagichni devorga o’rnatish: 1,2-manfiy va musbat trubkalar, 3-kronshteyn, 4-rezina naycha. 3.6-rasm. Membranali tortisho’lchagich, bosimo’lchagich va tortish bosimo’lchagichlarni o’rnatish (a) va shchitning old panelida asbobni o’rnatish uchun qirqish (b):1-asbob, 2- dyubel, 3-kronshteyn, 4-vint 3.7-rasm. Elektrokontaktli monometrni devorga o’rnatish: 1-bolt, 2-manometr, 3- kronshteyn, 4-uch yo’lli jo’mrak, 5-qistirma, 6-birlashtirgich, 7-dyubel Elektrokontaktli manometrlar va manovakuummetrlar odatda alohida konsturksiyaga (3.7- rasm) yoki guruhli konstruksiyalarga o’rnatiladi. Ularni bevosita olish -qurilmalariga o’rnatish man etiladi, chunki titrashlar kontaktli qurilmaning noto’g’ri ishlashiga sabab bo’ladi. 3.3. Mehnat xavfsizligi talablari Avtomatlashtirish tizimlarini o’rgatish ishlari og’ir yuklarni ko’tarish va tushirish bilan bog’liq bo’lganligi bois ularni quyida bayon etilgan mehnat xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda bajarish lozim. Quvuryo’llarni avtomatlashtirish asboblariga va vositalariga o’tkazish ishlari murakkab va xavfli bo’lganligi tufayli ularni mehnat xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda bajarish kerak. Trubalar nol belgida egiladi va kesiladi. Quvuryo’llar balandlikda havola yoki estakadalarda turib belgilanadi. Quvuryo’llarni texnologik quvuryo’llarning estakadalariga o’rnatishda estakadaga chiqish va undan tushish man etiladi. Bu maqsadda maxsus tagliklar va narvonli havozalardan foydalaniladi. Tagliklar va havozalar panjaralar bilan o’raladi va ular maxsus tayinlangan shaxslar tomonidan akt boyicha texnikaviy qabul qilingandan keyin foydalanishga ruxsat beriladi. Tagliklar va havozalar muntazam kuzatib boriladi: har kuni smena boshlanishi oldidan mazkur ob’ektda montaj ishlariga rahbarlik qilaetgan usta havozalar va tagliklarning holatini tekshiradi. To’shamalarni, tagliklarni va arqonlarni o’rnatilgan uskunaga va texnologik quvuryo’llariga bevosita mahkamlash man etiladi. Quvuryo’llarni yoki ularning ayrim qismlarini uzilqkesil mahkamlagunga qadar ularning ostida odamlarning turishi man etiladi. Qish davrida to’shamalar va tagliklar ustiga qum yoki shlak sepiladi. Trubalar blokini va ko’tarib turuvchi konstruksiyalarni balandlikka ko’tarish, tushirish va siljitish ishlari mehnat xavfsizligi talablariga qat’iy amal qilishni talab etadi. Balandlikda ishlash eshi 18 dan kam bo’lmagan, medisina ko’rigidan o’tgan va mehnat xavfsizligi talablarini o’rgangan, maxsus guvohnoma olgan shaxslargagina ruxsat etiladi. Balandlikda ishlashga qoyilgan shaxslar har yili medisina ko’rigidan o’tadi. 1,5 m dan yuqori balandlikda ishlovchilar, agar to’shamalar va to’siqlar o’rnatish imkoni bo’lmasa, muhofazalovchi belbog’lar bilan ta’minlanadi. Ish yurituvchi yoki usta ish boshlash oldidan ishchiga muhofaza belbog’ining zanjirini mahkamlash joylarini ko’rsatib beradi. Muhofaza belbog’lari har 6 oyda 30 N statik yuklama berib 5 minut davomida sinovdan o’tkaziladi. Balandlikda ishlovchilar asboblar, boltlar, gaykalar va boshqa mayda detallarni tashish hamda saqlash uchun individual yashik yoki xaltalardan foydalaniladi. Pastga asboblarni yoki boshqa biron narsani tashlash man etiladi. Quvuryo’l bilan ishlab turgan elektr o’tkazgichlar orasidagi masofa eng uzun trubalar bloki uzunligidan kam bo’lsa, quvuryo’lni elektr kuchlanish uzilgandan keyin o’rnatishga ruxsat etiladi. Porshenli pistolet bilan ishlash juda xavfli bo’lgani uchun ishchi mehnat xavfsizligining maxsus talablariga rioya qilishi shart. Ish bajaruvchi o’z xavfsizligi bilan bir qatorda o’zi bilan ishlaetganlarning xavfsizligiga ham javobgar bo’ladi. Dyubelni o’tkir parchalar sachraydigan mo’rt (masalan, sopol, choyan va h.z.) va parchalanib ketadigan asoslarga (granit, bazalt, toblangan po’lat) qoqish man etiladi. Pistolet otilmay qolganda uni ochishga ruxsat etilmaydi, bunda oiitish richagini 2-3 marta bosish kerak. Ikkinchi martasida ham pistolet otilmasa, u asosga 20 s davomida bosib turiladi, so’ngra ichini ochib, patron olib tashlanadi. Uskunalar ishlab turganda yoki ishlab turgan sexlarda asboblarni va apparatlarni o’rnatishda mazkur korxona (masalan, metallurgiya zavodi, neftni qayta ishlash zavodi, sun’iy tola zavodi) va qabul qilingan mehnat xavfsizligi talablariga amal qilinadi. Bunday uskunalarda va sexlarda asboblarni va apparatlarni o’rnatishga sex boshlig’idan yoki navbatchi operatordan ruxsat olinadi. Ishlab turgan sexlarda ishlarni bajarish qoidalari XI bobda batafsil bayon etilgan. Avtomatlashtirish asboblari va vositalarini o’rnatish va foydalanish uchun noqulay joylarga o’rnatish oldidan loyihaning qurlish qisimga ko’zda tutilgan narvonlar, maydonchalar va quduqlar qurilib bitkazilgan bo’lishi lozim. avtomatlashtirish asboblari, apparatlari va boshqa vositalari ko’tarib turuvchi konstruksiyalarga rezbasi, shlislari va chetlari sinmagan standartlashtirilgan mahkamlash buyumlari bilan mahkamlanadi, rezbali birikmalar oxirigacha burab qotiriladi. Asboblar va apparatlarni texnologik uskunalar va quvuryo’llarga ularning zichligini (germetikligini) buzgan holda mahkamlashga yo’l qoyilmaydi. Asboblarni joy-joyga olib borishda ularning ochiladigan barcha qismlari puxta berkitiladi, suyuqlikni asboblardagi suyuqlik esa ochiq idishlarga to’kiladi. Simobli asboblar bilan ishlaganda maxsus talablarga rioya qilinadi, chunki simob odamning sog’lig’i uchun zararlidir. Simob bilan to’latiogan asbobdagi havoni og’iz bilan so’rish yoki unga puflash, shuningdek simobga qo’l tugizish man etiladi. Simob asboblardan suv bilan to’latilgan idishda bo’shatiladi. Agar asbobdagi simob ochiq idishda jorylashgan bo’lsa, uning ustiga 1-2 mm qalinlikda sof gliserin qoyiladi. Simobli asboblar bilan bog’liq bo’lgan barcha ishlar maxsus ajratilgan xona ichida bajariladi. Bunday xona havoni so’rish shkafi, soyaboni yoki shamollatuvchi boshqa qurilmalar bilan jihozlangan, poli esa simob o’tmaydigan silliq va linolium bilan qoplangan, umumiy to’kish tomoniga nishab qilingan bo’lishi lozim. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling