Amaliy mashg’ulot №3 Bosimni o‘lchash vositalarining montajiga tegishli variantlarni o‘rganish, misol va masalalar yechish


-rasm. TNJ-N suyuqlikli tortish bosimo’lchagichni devorga o’rnatish: 1,2-manfiy va


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana16.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1204137
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Amaliy mashg’ulot. № 2

 
3.5-rasm. TNJ-N suyuqlikli tortish bosimo’lchagichni devorga o’rnatish: 1,2-manfiy va 
musbat trubkalar, 3-kronshteyn, 4-rezina naycha. 
 
 
3.6-rasm. Membranali tortisho’lchagich, bosimo’lchagich va tortish bosimo’lchagichlarni 
o’rnatish (a) va shchitning old panelida asbobni o’rnatish uchun qirqish (b):1-asbob, 2-
dyubel, 3-kronshteyn, 4-vint 
 
 
3.7-rasm. Elektrokontaktli monometrni devorga o’rnatish: 1-bolt, 2-manometr, 3-
kronshteyn, 4-uch yo’lli jo’mrak, 5-qistirma, 6-birlashtirgich, 7-dyubel 
 
Elektrokontaktli manometrlar va manovakuummetrlar odatda alohida konsturksiyaga (3.7-
rasm) yoki guruhli konstruksiyalarga o’rnatiladi. Ularni bevosita olish -qurilmalariga o’rnatish 
man etiladi, chunki titrashlar kontaktli qurilmaning noto’g’ri ishlashiga sabab bo’ladi. 
3.3. Mehnat xavfsizligi talablari 
Avtomatlashtirish tizimlarini o’rgatish ishlari og’ir yuklarni ko’tarish va tushirish bilan 
bog’liq bo’lganligi bois ularni quyida bayon etilgan mehnat xavfsizligi talablariga rioya qilgan 
holda bajarish lozim. 


Quvuryo’llarni avtomatlashtirish asboblariga va vositalariga o’tkazish ishlari murakkab va 
xavfli bo’lganligi tufayli ularni mehnat xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda bajarish kerak.
Trubalar nol belgida egiladi va kesiladi. Quvuryo’llar balandlikda havola yoki 
estakadalarda turib belgilanadi.
Quvuryo’llarni texnologik quvuryo’llarning estakadalariga o’rnatishda estakadaga chiqish 
va undan tushish man etiladi. Bu maqsadda maxsus tagliklar va narvonli havozalardan 
foydalaniladi.
Tagliklar va havozalar panjaralar bilan o’raladi va ular maxsus tayinlangan shaxslar 
tomonidan akt boyicha texnikaviy qabul qilingandan keyin foydalanishga ruxsat beriladi. 
Tagliklar va havozalar muntazam kuzatib boriladi: har kuni smena boshlanishi oldidan mazkur 
ob’ektda montaj ishlariga rahbarlik qilaetgan usta havozalar va tagliklarning holatini tekshiradi.
To’shamalarni, tagliklarni va arqonlarni o’rnatilgan uskunaga va texnologik 
quvuryo’llariga bevosita mahkamlash man etiladi. Quvuryo’llarni yoki ularning ayrim qismlarini 
uzilqkesil mahkamlagunga qadar ularning ostida odamlarning turishi man etiladi. Qish davrida 
to’shamalar va tagliklar ustiga qum yoki shlak sepiladi.
Trubalar blokini va ko’tarib turuvchi konstruksiyalarni balandlikka ko’tarish, tushirish va 
siljitish ishlari mehnat xavfsizligi talablariga qat’iy amal qilishni talab etadi.
Balandlikda ishlash eshi 18 dan kam bo’lmagan, medisina ko’rigidan o’tgan va mehnat 
xavfsizligi talablarini o’rgangan, maxsus guvohnoma olgan shaxslargagina ruxsat etiladi. 
Balandlikda ishlashga qoyilgan shaxslar har yili medisina ko’rigidan o’tadi.
1,5 m dan yuqori balandlikda ishlovchilar, agar to’shamalar va to’siqlar o’rnatish imkoni 
bo’lmasa, muhofazalovchi belbog’lar bilan ta’minlanadi. Ish yurituvchi yoki usta ish boshlash 
oldidan ishchiga muhofaza belbog’ining zanjirini mahkamlash joylarini ko’rsatib beradi. 
Muhofaza belbog’lari har 6 oyda 30 N statik yuklama berib 5 minut davomida sinovdan 
o’tkaziladi.
Balandlikda ishlovchilar asboblar, boltlar, gaykalar va boshqa mayda detallarni tashish 
hamda saqlash uchun individual yashik yoki xaltalardan foydalaniladi. Pastga asboblarni yoki 
boshqa biron narsani tashlash man etiladi.
Quvuryo’l bilan ishlab turgan elektr o’tkazgichlar orasidagi masofa eng uzun trubalar bloki 
uzunligidan kam bo’lsa, quvuryo’lni elektr kuchlanish uzilgandan keyin o’rnatishga ruxsat 
etiladi.
Porshenli pistolet bilan ishlash juda xavfli bo’lgani uchun ishchi mehnat xavfsizligining 
maxsus talablariga rioya qilishi shart. Ish bajaruvchi o’z xavfsizligi bilan bir qatorda o’zi bilan 
ishlaetganlarning xavfsizligiga ham javobgar bo’ladi.
Dyubelni o’tkir parchalar sachraydigan mo’rt (masalan, sopol, choyan va h.z.) va 
parchalanib ketadigan asoslarga (granit, bazalt, toblangan po’lat) qoqish man etiladi. Pistolet 
otilmay qolganda uni ochishga ruxsat etilmaydi, bunda oiitish richagini 2-3 marta bosish kerak. 
Ikkinchi martasida ham pistolet otilmasa, u asosga 20 s davomida bosib turiladi, so’ngra ichini 
ochib, patron olib tashlanadi.
Uskunalar ishlab turganda yoki ishlab turgan sexlarda asboblarni va apparatlarni 
o’rnatishda mazkur korxona (masalan, metallurgiya zavodi, neftni qayta ishlash zavodi, sun’iy 
tola zavodi) va qabul qilingan mehnat xavfsizligi talablariga amal qilinadi. Bunday uskunalarda 
va sexlarda asboblarni va apparatlarni o’rnatishga sex boshlig’idan yoki navbatchi operatordan 
ruxsat olinadi. Ishlab turgan sexlarda ishlarni bajarish qoidalari XI bobda batafsil bayon etilgan.
Avtomatlashtirish asboblari va vositalarini o’rnatish va foydalanish uchun noqulay 
joylarga o’rnatish oldidan loyihaning qurlish qisimga ko’zda tutilgan narvonlar, maydonchalar 
va quduqlar qurilib bitkazilgan bo’lishi lozim.
avtomatlashtirish asboblari, apparatlari va boshqa vositalari ko’tarib turuvchi 
konstruksiyalarga rezbasi, shlislari va chetlari sinmagan standartlashtirilgan mahkamlash 
buyumlari bilan mahkamlanadi, rezbali birikmalar oxirigacha burab qotiriladi.


Asboblar va apparatlarni texnologik uskunalar va quvuryo’llarga ularning zichligini 
(germetikligini) buzgan holda mahkamlashga yo’l qoyilmaydi.
Asboblarni joy-joyga olib borishda ularning ochiladigan barcha qismlari puxta berkitiladi, 
suyuqlikni asboblardagi suyuqlik esa ochiq idishlarga to’kiladi.
Simobli asboblar bilan ishlaganda maxsus talablarga rioya qilinadi, chunki simob 
odamning sog’lig’i uchun zararlidir. Simob bilan to’latiogan asbobdagi havoni og’iz bilan 
so’rish yoki unga puflash, shuningdek simobga qo’l tugizish man etiladi. Simob asboblardan suv
bilan to’latilgan idishda bo’shatiladi. Agar asbobdagi simob ochiq idishda jorylashgan bo’lsa, 
uning ustiga 1-2 mm qalinlikda sof gliserin qoyiladi.
Simobli asboblar bilan bog’liq bo’lgan barcha ishlar maxsus ajratilgan xona ichida 
bajariladi. Bunday xona havoni so’rish shkafi, soyaboni yoki shamollatuvchi boshqa qurilmalar 
bilan jihozlangan, poli esa simob o’tmaydigan silliq va linolium bilan qoplangan, umumiy 
to’kish tomoniga nishab qilingan bo’lishi lozim.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling