Amaliy mashg’ulot №3 Bosimni o‘lchash vositalarining montajiga tegishli variantlarni o‘rganish, misol va masalalar yechish


Bosim va vakuumni o’lchash ikkilamchi asboblar montaji


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana16.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1204137
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Amaliy mashg’ulot. № 2

3.2. Bosim va vakuumni o’lchash ikkilamchi asboblar montaji 
Bosim va vakuumni o’lchash asboblari buyurtmachi (bosh pudratchi)dan o’rnatish 
zonasida stendda tekshirilganlik protokollari bilan birga qabul qilib olinadi. Ular yaxshi 
yoritilgan joylarda, agregatlarning qizigan qismlaridan uzoqroqda o’rnatiladi.
Manometrlar. Asboblar tashqi ko’rikdan o’tkazilganda shtuserlarda manometrning ichki 
qismini ifloslanishdan va rezbalarni mexanikaviy shikastlanishdan saqlaydigan himoyalash 
qalpoqchalarining borligiga e’tibor beriladi. Tekshirish muddati tugagan, plombasi yoki 
tekshirilganlik to’’risidagi; tamg’asi bo’lmagan bosim yo’qligida mili shkalaning nol belgisiga 
qaytmaydigan mazkur manometr usun yo’l qoyilgan xatolikning yarmidan ortiq qiymatli belgida 
to’xtaydigan; oynasi singan yoki asbobning to’g’ri ko’rsatishiga ta’sir etadigan boshqa 
shikastlanishlar bo’lgan manometrlarni ishlatishga ruxsat etilmaydi.


3.3-rasm. Bug’ning yoki qaynoq suvning bosimini o’lchashda (r 1,6 MPa gacha, 
temperatura 2250S gacha) manometrlari gorizontal (a) va vertikal (b) quvuryo’llarga 
o’rnatish: 1-manometr, 2-uch yo’lli jo’mrak, 3-olish qurilmasi, 4-shtuser, 5-quvuryo’l, 6-U-
simon trubka 
Bug’ yoki qaynoq suvning bosimini o’lchash manometrlari (3.3-rasm) o’lchanadigan 
muhitning yuqori temperaturasidan saqlanadi. Buning uchun bug’ yoki suv asbobga to’’ri emas, 
balki halqasimon yoki U-simon trubkalar orqali keltiriladi. Manometrlar bosimni olish joyidan 
yuqoriroqda o’rnatiladi. Aks holda manometr bilan bosimni olish joyi o’rtasidagi suyuqlik 
ustunining balandligini hisobga oluvchi tuzatish kiritish lozim bo’ladi.
Manometrlarni nazorat manometri boyicha tekshirib ko’rish uchun ularning oldida uch 
yo’lli jo’mraklar yoki ventillar o’rnatiladi.
Toza muhitlarda 0,025 MPa gacha bosmini o’lchashda va neft mahsulotlarining, agressiv 
va portlash xavfi bo’lgan muhitlarning bosimini o’lchashda uch yo’lli jo’mraklar ishlatilmaydi, 
bunda faqat ventillardan foydalaniladi.
Bir o’ramli naychasimon prujinali, bortlari bo’lmagan manometrlarni shchitning paneliga 
cho’ktirbi o’rnatishda (3.4-rasm, a) ular shchitning paneli 6 ga yuza tomonda qoyiladigan halqa 2 
va asbobning korpusini panelga siqib turadigan plankalar 4 yordamida mahkamlanadi. Bortli 
manometrlar shchitga plankasiz, asbobning orqa bortidagi teshiklardan o’tkaziladigan vintlar 
bilan mahkamlanadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling