Amaliy mashg’ulot №3 Bosimni o‘lchash vositalarining montajiga tegishli variantlarni o‘rganish, misol va masalalar yechish


-rasm. Bortsiz manometrni shchitning paneliga o’rnatish (a) va havonig yoki agressiv


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana16.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1204137
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Amaliy mashg’ulot. № 2

3.4-rasm. Bortsiz manometrni shchitning paneliga o’rnatish (a) va havonig yoki agressiv 
gazlarning bosimini masofadan o’lchashda manometrni o’rnatish sxemasi (b): 1-vint, 2-old 
tomondagi halqa; 3-manometr, 4-planka, 5-gayka, 6-shchitning paneli, 7-tashlama gaykali 


pinnel, 8-uch yo’lli jo’mrak, 9-birlashtiruvchi truba, 10-berkitish ventili, 11-texnologik 
quvuryo’l. 
Manometrlarni bevosita quvuryo’llarga yoki texnologik uskunaga o’rnatganda birikmaning 
o’zaro izch birikishini ta’minlash zarur. Biriktirish nippeli va manometrning o’zi charm, fibra, 
paronit, qo’rg’oshin, yoki kuydirilgan mis qistirmalar bilan zichlanadi.
3.1-jadval. Suyuqliklar uchun mo’ljallangan tortish o’lchagichlar, bosim o’lchagichlar va tortish-
bosim o’lchagichlarni talab etilgan o’lchash chegaralriga qarab o’rnatish burchagi 
3.1-jadval 
O’lchash 
chegaralari, mm 
suv ustuni 
Qiyalik 
burchagi, 
O’lchamlar, mm




0,25 
5036 
460 
166 
348
34
0-40 
9002 
459 
194 
346,5
62
0-63 
15010 
452 
241 
342
98
0-100 
23015 
444 
289 
331
147
0-160 
39000 
405 
378,5 
286
230
Bosimni va vakuumni masofadan o’lchaganda manometrlar, manovakuummetrlar va bir 
o’ramli prujinali vakuummetrlarni biriktirish trubalarining uzunligi 100 m dan, ko’p o’ramli 
prsujinali va silfonlilar uchun esa 30 m dan oshmasligi lozim. Biriktirish trubalari 9 (3.4-rasm, b) 
bosimni olish joyida texnologik quvuryo’l 11 tomonga yoki unga teskari tomonga 1:50 nishablik 
bilan yotqiziladi. Bosimni olish joyidan 500 mm oraliqda berkitish ventili 10 o’rnatiladi. 
Birlashtirish trubasi manometr 3 ga nippel 7 va tashlama gayka yoradmida birlashtiriladi. Asbob 
oldida birlashtirish trubalarini puflab tozalash va manometrning ko’rsatishini tekshirish uchun 
uchl yo’lli jo’mrak 8 o’rnatiladi.
Tortish o’lchagichlar, bosim o’lchagichlar va tortish-bosim o’lchagichlar shchitlarga yoki 
bevosita texnologik uskuna yonida o’rnatiladi. Suyuqlikni asboblar atrof muhit temperaturasi 
300S dan yuqori ko’tarilmaydigan joylarga o’rnatiladi. Boshqa asboblar uchun atrof muhit 
temperaturasi 10-600S chegarada bo’lishi lozim. Asboblar tik holatda yoki asbobning ichiga 
joylashtirilgan sath ko’rsatkich boyicha o’rnatiladi.
Suyuqlik bilan ishlaydigan tortisho’lchagich, bosimo’lchagich va tortish-bosim 
o’lchagichlarning qiyalik burchagi o’lchashlar chegarasiga bog’liq (3.1-jadval). Qiya 
o’rnatiladigan tortish bosimo’lchagichlar millimetrlardagi suv ustuni boyicha darajalangan va 
rang berilgan etils pirti bilan to’latilgan. Olish qurilmasi o’rnatilgan joydan absobgacha bo’lgan 
oraliq 3-5 m bo’lishi lozim. Suyuqlik bilan ishlaydigan TNJ-N tortish-bosimo’lchagichini 
devorga o’rnatish namunasi namunasi 3.5-rasmda tasvirlangan.
Asboblarga ulanadigan impuls yo’llari choksiz 10X2 yoki 14X2 po’lat trubalar (GOST 
8734-75) yoki diametri Duq15 mm li suvgaz o’tkazish trubalari (GOST 323-75)dan yasaladi. 
Impuls yo’llarining trubalari suyuqlik bilan ishlaydigan tortish bosim o’lchagichlarga ichki 
diametri 6-8 mm li rezina naychalar yordamida birlashtiriladi (3.3-rasm, a ga qarang). Bosimni 
o’lchashda impuls trubkalari asbobning "Q" ishoralir shtuseriga, vakuumni o’lchashda esa "-" 
shtuseriga ulanadi.
Bosimlar farqini differensial tortish bosimo’lchagich bilan o’lchashda bu asbobga ikkita 
impuls trubkasi ulanadi: jumladan, yuqori muloq bosim trubkasi "Q" ishorali shtuserga, kam 
bosim trubkasi esa "-" ishorali shtuserga ulanadi.
Suyuqlik bilan ishlaydigan tortish o’lchagichlar, bosim o’lchagichlarv a tortish 
bosimo’lchagichlar shchitning paneliga yoki maxsus konstruksiyaga boltlar bilan mahkamlanadi.
Membranali tortisho’lchagichlar, bosimo’lchagichlar va tortish bosimo’lchagichlar 
shchitlarning panellariga yoki devorga (maxsus konstruksiyalar yordamida) cho’ktirib o’rnatiladi 
va asboblar to’plamidagi vintlar bilan mahkamlanadi (3.6-rasm). Impuls trulbkalari asbobning 


orqa devoriga keltirilib, uning shtuserlariga 10X2 rezina naychalar bilan birlashtiriladi. Rezina 
naychalarning shtuserlarga zich birikishi uchun ulangan joy yumshoq sim bilan o’rab bog’lanadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling