Amaliy mashg’ulot №3 Bosimni o‘lchash vositalarining montajiga tegishli variantlarni o‘rganish, misol va masalalar yechish


biriktirgich, 3-berkitish organi, 4-futor, 5-himoyalovchi truba, 6-tarmoq, 7-tiqin


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana16.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1204137
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Amaliy mashg’ulot. № 2

biriktirgich, 3-berkitish organi, 4-futor, 5-himoyalovchi truba, 6-tarmoq, 7-tiqin 
qalpoqcha, 8-gayka, 9-olish trubasi.
Gaz yoki havoli muhit bosimini va vakuumini o’lchaydigan olish qurilmasi (3.1-rasm, v, g) 
vertikal yoki biroz burchak ostida yuqoriga o’rnatiladi. Bu holda olish qurilmsida va impulsli 
quvuryo’lda hosil bo’ladigan kondensat quvuryo’lga yoki texnologik apparatga qaytib tushadi.
Mo’ridan chiqayotgan gazlarning bosim impulslarini qabul qilishda olish qurilmasi qattiq 
zarrachalar eng kam to’planadigan joyga o’rnatiladi. G’ishtdan terilgan mo’ri va metall 
qoplamali mo’rining vertikal va gorizontal qismlarida olish qurilmalarini o’rnatish yo’llari 3.2-
rasmda ko’rsatilgan.


3.2-rasm. Vakumni o’lchash uchun olish qurilmalarini o’rnatish: a,b-metall qoplangan, 
v,g-g’ishtdan terilgan gazyo’lni (mo’ri)ning vertikal va gorizontal qismlariga o’rnatish; 1-
vakumni olish qurilmasi, 2-tiqin, 3-mustahkamlovchi truba, 4-impuls quvuryo’li. 
Xizmat ko’rsatishning qulayligi uchun olish qurilmasini to’smaqopqoqlar, shiberlar
quvuryo’lning egilgan joyi flaneslar yaqinida o’rnatmaslik kerak. O’rnatishda shtuserlar va 
bo’rtmalarning sifatli payvandlanishiga alohida e’tibor beriladi; ularning ichki yuzalarida 
payvandlashda hosil bo’ladigan oqindilar qolmasligi lozim. Aks holda olish qurilmalarining 
ichki kesimi torayib, bosim yoki vakuum impulsining kechikishiga sabab bo’ladi. Bundan 
tashqari, olish qurilmalari texnologik uskuna yoki quuryo’llarning ichiga kirib turmasligi kerak, 
chunki paydo bo’ladigan uyurma oqim asbobning ko’rsatishlariga ta’sir etib, o’lchanayotgan 
parmetrni buzib ko’rsatadi. Ortiqcha qovushqoq yoki o’lchash asbobining sezgir elementiga 
agressiv ta’sir ko’rsatadigan muhit bosimini yoki vakuumini o’lchashda ajratib turuvchi idishlar 
ishlatiladi. Bunda texnologik apparatdan yoki quvuryo’ldan ajratib turuvchi idishlar ishlatiladi. 
Bunda texnologik apparatdan yoki quvuryo’ldan ajratib turuvchi idishgacha bo’lgan impuls yo’li 
o’lchanayotgan muhit bilan to’ldiriladi, impuls yo’lining qolgan barcha qismi esa, ajratish 
suyuqligi bilan to’ldiriladi. Ajratish suyuqligini tanlashda quyidagi talablar hisobga olinadi: 
suyuqlik o’lchanayotgan muhitga aralashmasligi va qo’shilmasligi lozim, yonmaydigan bo’lishi 
va o’lchash asbobining detallarini ishdan chiqarmasligi kerak. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling