Amaliy mashgulot 3 Qandli diabet va glyukozaga turgunlikning buzilishi. Etiologiya, patogenez, tasnifi, klinikasi, tashxis qo`yish


Download 233.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana24.03.2023
Hajmi233.36 Kb.
#1290977
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3 - Nazariy materiallar



Amaliy mashgulot 3
Qandli diabet va glyukozaga turgunlikning buzilishi. Etiologiya, patogenez, 
tasnifi, klinikasi, tashxis qo`yish. 
Qandli diabet (QD) - insulin sekretsiyasi va ta`siri yoki ushbu ikki omillar nuxsoni 
natijasida kelib chiqadigan xamda giperglikemiya bilan kechadigan bir gurux 
modda almashinuvi buzilishi kasalliklaridir (JSST 1999). QD jayoonda keng 
tarqalgan xastaliklardan biri bo`lib, er kurrasining taxminan 6,6% axolisi unga 
chalingan va yil sayin ular soni ortib bormoqda. Kasallikning paydo bo`lishida 
oshqozon (me`da) osti bezidagi o`zgarishlar etakchi o`rin eggalaydi.
SHuning e`tiborga olib quyida biz uning anatomik tuzilishiga qisqacha to`xtalib 
o`tamiz.
Oshqozon osti bezi Oshqozon ostida, qorin orqa devorida, o`n birinchi, o`n 
ikkinchi ko`krak va birinchi, ikkinchi bel umurtqalari soxasida joylashgan bo`lib, 
uch qismdan iborat: bosh, tana va dum qismlari. Tana va bosh qismi orasida 
ingichkalashgan bo`yin qismi farqlanadi. Bezning og`irligi 70-80 g. bo`lib, 
uzunligi 16-22 sm, kengligi 3-9 sm. va qalinligi 2-3 sm.ni tashkil qiladi. Oshqozon 
osti bezida insulindan tashqari glyukagon - betta xujayralarda, samotastatin - delta 
xujayralarida ishlab chiqariladi. Ulardan glyukagon insulinning antagonisti 
xisoblanadi. Yuqoridagilardan tashqari, bezda ishlab chiqariladigan pankreatik 
peptid gormoni Oshqozon-ichak tizimiga ta`sir ko`rsatadi xamda uglevodlar va 
lipidlar almashinuvida qatnashadi 
A. Klinik sinflar 
I. Qandli diabet
1. Insulinga qaram Qandli diabet (Qandli diabet 1 - tip) 
2. Insulinga qaram bo`lmagan Qandli diabet (Qandli diabet 2-tip)
A) normal vaznli shaxslarda
B) semizlik bo`lgan shaxslarda; 
3. Ovqatlanishdagi etishmovchilik bilan bog`liq Qandli diabet 
A) fibrokal'kulez pankreatik diabet; 
B) oqsil etishmovchiligi bilan bog`liq pankreatik diabet; 
4. Muayyan xolatlar va sindromlar bilan bog`liq diabetning boshqa turlari


A) me`da osti bezi kasalliklari (pankreatik, gemoxromatoz, me`da osti bezi 
rezektsiyasi); 
B) endokrin kasalliklari (kushing sindromi, akromegaliya, 
tireotoksikoz,giperal'dosteronizm, feoxromatsitoma, glyukagonoma);
V) dori preparatlarini qabul qilish va kimyoviy moddalar ta`siri keltirib chikargan 
(GKS, tiazidli diuretiklar, katexolaminlar, fenotiazin, alloksan, streptozototsin); 
G) insulin va uning retseptorlari anomaliyasi; 
D) muayyan genetik sindromlar(Al'strem,Verner,DIDMOAD, Kokkeyn, Lourens-
Mun-Bidl', Prader-Villi, Klaynfel'ter, lipoatrofik Qandli diabet, glikogenozlar, 
mukovistsidoz, Fridreyx ataksiyasi, Gentington xoreyasi va boshqalar); 
E) aralash ta`sirlar cha?irgan xolatlar. 
II.Glyukozaga turg`unlikning buzilishi 
A) normal vaznli shaxslarda; 
B) semizlik bo`lgan shaxslarda; 
V) muayyan xolatlar va sindromlarda aniqlaniladigan
III.Xomiladorlar diabeti 
B. Statistik extimol sinflar
(glyukozaga turg`unlik me`yorida, ammo QD rivojlanish extimoli yuqori bo`lgan 
shaxslar): 
A) glyukozaga turg`unlikni ilgarigi buzilishi; 
B) glyukozaga turg`unlikni potentsial buzilishi. 

Download 233.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling