Amaliy mashg‘ulot №3


Download 287.59 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.04.2023
Hajmi287.59 Kb.
#1351376
Bog'liq
3-amal



AMALIY MASHG‘ULOT №3 
 
Mavzu: 
Informatika va axborot texnologiyalari fani mazmunini yillik va tematik 
rejalashtirish. 
Mashg‘ulot maqsadi: Talabalarga
Informatika va axborot texnologiyalari fani 
mazmunini yillik va tematik rejalashtirish
haqida bilim va malaka hosil qilish. 
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyasi:
TRENING «MULOQOT» 
Trening xaqida tushuncha 
Ushbu trening o‘quvchi-talabalarda dars jarayonida mustaqil fikrlashga, o‘z 
fikrlarini erkin holda bayon eta olishga hamda ularda baxslashiah madanyatini 
tarbiyalashga qaratilgan bo‘lib, odatda bunday mashg‘ulot tinglovchilarni kichik 
guruhlarga bo‘lgan holda o‘tkaziladi. 
MAQSAD. 
Tanlangan mavzu, muammo asosida tinglovchilarning fikrlarini hamda ushbu 
mavzuga bo‘lgan munosabatlarini aniqlash, mustaqil holda umumiy bir fikrga 
kelishlariga va to‘g‘ri xulosa chiqarishlariga yordam berish erkin holda 
baxslashishlariga sharoit yaratish. 
O‘TKAZISH TARTIBI. 
Trener mashg‘ulotni boshlashdan avval tinglovchilarni muloqot, baxs munozarani 
o‘tkazishga qo‘yilgan talablar, qoidalar bilan tanishtiradi, so‘ngra ushbu trening 
bosqichma-bosqich tushuntiradi. 
1 – BOSQICH. 
Trener mashg‘ulotni o‘tkaziladigan muloqotning mavzusini aniqlashdan boshlaydi, 
masalan, «Siz qaysi madanyat tarafdorisiz: Sharq yoki Yevropa?». Shu mavzuni 
o‘rtaga tashlab tinglovchilardan Sharq madanyati va Yevropa madanyati 
tarafdorlarini aniqlab oladi. Ularni shu tartibda guruhlarga bo‘ladi. 
2 – BOSQICH. 
Har bir guruhdagi tinglovchilar o‘z mavzulari asosida kerakli materiallar: dalillar, 
misollar, aniq fikrlar, o‘z fikrlarini tasdiqlovchi ko‘rgazmali materiallar, imkoni 
bo‘lsa vedofilm, mutafakkir va olimlarning so‘zlari va boshqalarni tayyorlaydilar. 
Guruhdan bir kishini himoya uchun tanlaydilar qolganlar esa o‘z fikrlarini 
qo‘shimcha qilishlari mumkin. Trener guruhlarni tayyorgarlik ko‘rinishlari uchun 
sharoit va imkoniyatga qarab vaqt beradi. 
3 – BOSQICH. 
Gruhlar himoyaga tayyor bo‘lgach trener guruhlarning biriga himoya uchun so‘z 
beradi (himoyaga chiqish ixtiyoriy ravishda bo‘lishi mumkin). Guruh vakili guruh 
nomidan so‘zga chiqib ularga berilgan mavzuni tayyorlangan materiallar, dalillar 
asosida himoya qilishga kirishadi. Guruh vakili so‘zini tugatgach, guruhning 
qolgan a’zolari o‘z fikrlari bilan qo‘shimcha fikrlar bildirishlari mumkin. 
4 – BOSQICH. 
Mashg‘ulotning 3-bosqichidagi kabi bu bosqichda ham trener navbatdagi guruh 
vakiliga himoya uchun so‘z beradi. Ikkinchi guruh birinchi guruh kabi o‘z mavzusi 
bo‘yicha himoya qiladi. Himoya tugagach, trener mashg‘ulotning keyingi 
bosqichiga o‘tadi. Har ikkala guruhning himoyasi vaqtida trener iloji boricha 


ularga xalaqit bermaslikka o‘z fikr va mulohazasini bildirmaslikka savol 
bermaslikka harakat qiladi, hech qaysi guruhga yon bosmagan holda muloqotni 
boshqaradi, guruhlar himoyasi vaqtida tartib saqlanishiga va muloqotni o‘tkazishga 
qo‘yilgan talab qoidalarni to‘liq bajarilishiga erishishga xarakat qiladi. Bu 
bosdichda, asosan, ikki guruh erkin, mustaqil faolyati ko‘rsatishlari kerak bo‘ladi. 
5– BOSQICH. 
Gruhlar bir-birlariga savol berishni boshlaydilar.Guruhlar tomonidan beriladigan 
savollar ular himoyasi vaqtida aytilgan dalillar, misollar, fikrlarni yanada 
oydinlashtirish maqsadida, shuningdek, o‘z guruhlarining fikrlarni yana 
oydinlashtirish maqsadida, shuningdek, o‘z guruhlarining fikrlarini yanada 
ta’kidlab, isbotlab qolganlarni ham shu fikrga qo‘shilishlariga da’vat qilish uchun 
berilishi mumkin. Tinglovchilar erkin holda o‘zlarining chiqishlari bilan barchaga 
ta’sir ko‘rsatishga, o‘z fikrlarini maqullashga harakat qiladilar. Trener bunday 
xolatga sharoit, imkonyat yaratadi, ya’ni u baxs-munozarani samimiylik bilan 
boshqaradi. 
6 – BOSQICH. 
Trener har ikki tomonning bir-birlariga savollari, aytadigan fikrlari, maqullaydigan 
so‘zlari tugagach, har ikki guruh tomonidan aytilgan fikrlarni umumlashtiradi va 
o‘zining bu masala haqidagi fikr va mulohazasini bayon etadi va guruh 
tinglovchilari tomonidan tushgan savollarga keakli javobni berishga harakat qiladi. 
Mashg‘ulot oxirida trener har ikkala guruhning mashg‘ulot jarayonidagi 
faolyatlarini tahlil etib ularga minnatdorchilik bildiradi va mashg‘ulotni 
yakunlaydi. 
Ushbu treningning davomiyligi sharoitga qarab belgilaydi. 
 
Topshiriq. 
 
1. 5-sinf informatika fanidan tematik calendar reja tuzing 
2. 6-sinf informatika fanidan tematik calendar reja tuzing 
3. 7-sinf informatika fanidan tematik calendar reja tuzing 

Download 287.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling