Informatika va axborot texnologiyalari fani mazmunini yillik va tematik rejalashtirish Maqsad


Download 289.5 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.05.2020
Hajmi289.5 Kb.
#109064
Bog'liq
17-Amaliy mashg


Amaliy mashg‘ulot № 17. 

Informatika va axborot texnologiyalari fani mazmunini yillik 

va tematik rejalashtirish 

Maqsad:  Talabalarga  Informatika  va  axborot  texnologiyalari  fani  mazmunini  yillik  va 

tematik rejalashtirish uslubiyotini o‘rgatish 



Nazariy  ma’lumotlar:  Darsga  tayyorlanish  –  o`qituvchi  uchun  o`ta  ma’suliyatli  va 

mashaqqatli  ish,  bu  o`qituvchining  o`ziga  xos  ijodiy  laboratoriyasi,  lekin  yaratish  uchun 

uslubiyot sohasida yaxshi nazariy bilimga ega bo`lishi, shu bilan birga darsga tayyorlanish 

va rivojlantirishni bilishi kerak. 

Rejalashtirish tizimi o`z ichiga quyidagilarni oladi. 

 



Yillik va yarim yillik rejalashtirish. 

 



Tematik rejalashtirish 

 



Har bir dars rejasi. 

Bunday taqsimlanishga muvofiq darsga tayyorlanishni uch bosqichga bo`lish mumkin: 

Yang`i o`quv yiliga tayyorlash



o`quv mavzulari bo`yicha fanlar tizimining tayyorlanishi; 

navbatdagi darsga tayyorlanish. 



Birinchi  bosqichda  sinf  o`quvchilari  tomonidan  nima  uchun,  nimaga  va  qanday 

o`qitish  kerak  degan  savollar  yechiladi.  Bunda  o`quvchilar  o`tgan  yili  nimani  va  qanday 

o`qiganligini kelajagini ko`ra bilishi zarur. 

Informatika boy‘icha darslarni rejalashtirish uchun dastlabki hujjatlar: 

o`quv  jarayonida  informatika  darsing  o`rni,  darsning  mazmunini  aniqlovchi, 



kursning rasmiy dasturi; 

tematik  reja,  odatda  xalq  ta’limi  vazirligining  instruktiv  hujjati  yoki  o`qituvchi 



uchun metodik qo`llanmalari; 

O`quv  yili  boshlangunga  qadar  o`qituvchi  o`quv    dasturni  o`rganib  chiqadi,  maktab 

darsligi mazmunini tahlil qiladi, o`qituvchi va o`quvchi uchun alohida adabiyotlar ro`yxatini 

tuzadi.  O`quv  rejasi  va  dasturiga  muvofiq  darslar  bo`yicha  o`quv  materialini  taxminiy 

bo`linishini o`z ichiga olgan yillik yoki yarim yillik rejalashtirish amalga oshiriladi. Tematik 

rejalashtirish  har  bir  aniq  darsda  berilgan  mavzu  bo`yicha  darslarning  umumiy  zanjirida 

muhim bo`ginday ko`rib chiqishga imkon beradi. Bu shubhasiz, har bir darsni ahamiyatini 

oshiradi, o`qitish sifatini butunlay yaxshilaydi. 

Tematik rejalashtirishning sxemasi: 

Dars: 

Dars maqsadi 



Darsning turi 

Darsning shakli va o`qitish usuli 



Apparat ta’minoti 

Dasturiy ta’minoti 



Pedagogik dasturiy ta’minoti 

Adabiyotlar va internet  saytlari 



 

 

 



Takrorlash uchun atamalar 

Yangi bilimlar va atamalar 



Yangi ko`nikmalar 

Informatika darslariga va informatika xonasida darslarni o`tkazishga tayyorlanish va 

rejalashtirishning  ajratib  turuvchi  xususiyatlari,  dars  negiziga  qo`shilishi  kerak  bo`lgan 

pedagogik vositalarni bo`laklarini va barcha tushunchalarni yaxshilab ko`rib chiqish zarur. 

Pedagogik  dasturiy  ta’minot  ishlatilishi  mo`ljallanayotgan  dars  tsenariysini  ishlab 

chiqishda o`qituvchi bir qator omillarni hisobga olishi kerak. 

Ular  orasida  real  maqsadga  muvofiq  o`sha  yoki  boshqa  pedagogik  dasturiy 



ta’minotlarni ishlatish; 

tayin  vaqtda  pedagogik  dasturiy  ta’minotdan  foydshshnishda  talab  qilinadigan 



bilim; 

o`qituvchilarning kompyuter bilan ishlashda gigienik chegarasi



Pedagogik dasturiy ta’minot talab qiladigan tayyorlik va qobiliyat; 

Pedagogik dasturiy ta’minotning tayyorligi, ishlash imkoniyati va texnik holati. 



Informatika  darsiga  tayyorlanish  o`qituvchining  boshqa  darslarga  tayyorlanish 

rejasidan  farq  qilmaydi.  Lekin  bir  qancha  hal  qiluvchi  omillar  borki,  ularsiz  informatika 

darsiga tayyorlanish samarasiz bo`ladi va maqsadga muvofiq emas. 

Topshiriqlar: 

1.Informatika fanidagi mavzular buyicha berilgan interfaol uslullari bilan tashkil etish 

uchun metodik tavsiyanomasini yozib bering.  

2.Interfaol  metodlardan  foydalanib  maktab  darsligidan  tanlangan  mavzu  asoaida 



namunali dars ishlanmasi tayyorlang. Ppt, mp4, swf 

 

Download 289.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling