Amaliy mashg‘ulot №3
Download 287.59 Kb. Pdf ko'rish
|
3-amal
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyasi: TRENING «MULOQOT» Trening xaqida tushuncha
- O‘TKAZISH TARTIBI.
- 2 – BOSQICH.
- 3 – BOSQICH.
- 4 – BOSQICH.
- 5– BOSQICH.
- 6 – BOSQICH.
AMALIY MASHG‘ULOT №3 Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fani mazmunini yillik va tematik rejalashtirish. Mashg‘ulot maqsadi: Talabalarga Informatika va axborot texnologiyalari fani mazmunini yillik va tematik rejalashtirish haqida bilim va malaka hosil qilish. Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyasi: TRENING «MULOQOT» Trening xaqida tushuncha Ushbu trening o‘quvchi-talabalarda dars jarayonida mustaqil fikrlashga, o‘z fikrlarini erkin holda bayon eta olishga hamda ularda baxslashiah madanyatini tarbiyalashga qaratilgan bo‘lib, odatda bunday mashg‘ulot tinglovchilarni kichik guruhlarga bo‘lgan holda o‘tkaziladi. MAQSAD. Tanlangan mavzu, muammo asosida tinglovchilarning fikrlarini hamda ushbu mavzuga bo‘lgan munosabatlarini aniqlash, mustaqil holda umumiy bir fikrga kelishlariga va to‘g‘ri xulosa chiqarishlariga yordam berish erkin holda baxslashishlariga sharoit yaratish. O‘TKAZISH TARTIBI. Trener mashg‘ulotni boshlashdan avval tinglovchilarni muloqot, baxs munozarani o‘tkazishga qo‘yilgan talablar, qoidalar bilan tanishtiradi, so‘ngra ushbu trening bosqichma-bosqich tushuntiradi. 1 – BOSQICH. Trener mashg‘ulotni o‘tkaziladigan muloqotning mavzusini aniqlashdan boshlaydi, masalan, «Siz qaysi madanyat tarafdorisiz: Sharq yoki Yevropa?». Shu mavzuni o‘rtaga tashlab tinglovchilardan Sharq madanyati va Yevropa madanyati tarafdorlarini aniqlab oladi. Ularni shu tartibda guruhlarga bo‘ladi. 2 – BOSQICH. Har bir guruhdagi tinglovchilar o‘z mavzulari asosida kerakli materiallar: dalillar, misollar, aniq fikrlar, o‘z fikrlarini tasdiqlovchi ko‘rgazmali materiallar, imkoni bo‘lsa vedofilm, mutafakkir va olimlarning so‘zlari va boshqalarni tayyorlaydilar. Guruhdan bir kishini himoya uchun tanlaydilar qolganlar esa o‘z fikrlarini qo‘shimcha qilishlari mumkin. Trener guruhlarni tayyorgarlik ko‘rinishlari uchun sharoit va imkoniyatga qarab vaqt beradi. 3 – BOSQICH. Gruhlar himoyaga tayyor bo‘lgach trener guruhlarning biriga himoya uchun so‘z beradi (himoyaga chiqish ixtiyoriy ravishda bo‘lishi mumkin). Guruh vakili guruh nomidan so‘zga chiqib ularga berilgan mavzuni tayyorlangan materiallar, dalillar asosida himoya qilishga kirishadi. Guruh vakili so‘zini tugatgach, guruhning qolgan a’zolari o‘z fikrlari bilan qo‘shimcha fikrlar bildirishlari mumkin. 4 – BOSQICH. Mashg‘ulotning 3-bosqichidagi kabi bu bosqichda ham trener navbatdagi guruh vakiliga himoya uchun so‘z beradi. Ikkinchi guruh birinchi guruh kabi o‘z mavzusi bo‘yicha himoya qiladi. Himoya tugagach, trener mashg‘ulotning keyingi bosqichiga o‘tadi. Har ikkala guruhning himoyasi vaqtida trener iloji boricha ularga xalaqit bermaslikka o‘z fikr va mulohazasini bildirmaslikka savol bermaslikka harakat qiladi, hech qaysi guruhga yon bosmagan holda muloqotni boshqaradi, guruhlar himoyasi vaqtida tartib saqlanishiga va muloqotni o‘tkazishga qo‘yilgan talab qoidalarni to‘liq bajarilishiga erishishga xarakat qiladi. Bu bosdichda, asosan, ikki guruh erkin, mustaqil faolyati ko‘rsatishlari kerak bo‘ladi. 5– BOSQICH. Gruhlar bir-birlariga savol berishni boshlaydilar.Guruhlar tomonidan beriladigan savollar ular himoyasi vaqtida aytilgan dalillar, misollar, fikrlarni yanada oydinlashtirish maqsadida, shuningdek, o‘z guruhlarining fikrlarni yana oydinlashtirish maqsadida, shuningdek, o‘z guruhlarining fikrlarini yanada ta’kidlab, isbotlab qolganlarni ham shu fikrga qo‘shilishlariga da’vat qilish uchun berilishi mumkin. Tinglovchilar erkin holda o‘zlarining chiqishlari bilan barchaga ta’sir ko‘rsatishga, o‘z fikrlarini maqullashga harakat qiladilar. Trener bunday xolatga sharoit, imkonyat yaratadi, ya’ni u baxs-munozarani samimiylik bilan boshqaradi. 6 – BOSQICH. Trener har ikki tomonning bir-birlariga savollari, aytadigan fikrlari, maqullaydigan so‘zlari tugagach, har ikki guruh tomonidan aytilgan fikrlarni umumlashtiradi va o‘zining bu masala haqidagi fikr va mulohazasini bayon etadi va guruh tinglovchilari tomonidan tushgan savollarga keakli javobni berishga harakat qiladi. Mashg‘ulot oxirida trener har ikkala guruhning mashg‘ulot jarayonidagi faolyatlarini tahlil etib ularga minnatdorchilik bildiradi va mashg‘ulotni yakunlaydi. Ushbu treningning davomiyligi sharoitga qarab belgilaydi. Topshiriq. 1. 5-sinf informatika fanidan tematik calendar reja tuzing 2. 6-sinf informatika fanidan tematik calendar reja tuzing 3. 7-sinf informatika fanidan tematik calendar reja tuzing Download 287.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling