Amaliy mashg‘ulot №7. Tabiiy maydon (tm-еп) usuli dalillarini talqin qilish Topshiriq


Download 155.24 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi155.24 Kb.
#1149656
Bog'liq
7. Tabiiy maydon (TM-ЕП) usuli dalillarini talqin qilish


Amaliy mashg‘ulot №7.
Tabiiy maydon (TM-ЕП) usuli dalillarini talqin qilish


Topshiriq. Ma’lum bir boksitlar konida karst voronkalari va karst bo‘shliqlari keng rivojlangan. O‘rganilayotgan uchastkada tabiiy elektr maydoni (potensial moslama bilan) usuli bilan maydonli xaritalash o‘tkazilgan. Ishlar kuchli jaladan keyin ertasi kuni, qachonki karstlanuvchi jinslarning bo‘shashgan zonalarida sizish (filtratsiya) aktivligi yuqori bo‘lgan paytida olib borilgan.
Tabiiy maydon potensiallari xaritasini qurish va karstlar rivojlangan sohalar bilan bog‘liq bo‘lgan anomal uchastkalarni ajratish lozim. Xaritalash masshtabi 1:10000. Profillar orasidagi masofa 100 m. Kuzatuv dalillari 1-jadvalda berilgan.


Amaliy topshiriqni bajarish uchun uslubiy ko‘rsatma.

  1. Millimetr qog‘ozida 1sm ga teng bo‘lgan qadam bilan I dan XX profillarni parallel xolatda chizib, har bir profilda 1sm qadam bilan 1 dan 19 gacha nomerli kuzatuv piketlar nuqtalarini belgilab, potensiallar qiymatlari yoziladi.

  2. Potentsiallar qiymatlari bo‘yicha 0, ±5, ±15, ±25, ±35, ±45 mV ga teng bo‘lgan ekvipotensial chiziqlar chiziladi.

  3. Yomg‘ir suvlari karstlanuvchi jinslardagi bo‘shliqlardan va yoriqlardan kuchli sizib o‘tishi sababli musbat ionlar bu uchastkalarda pastga (chuqurlikka) suvlar bilan olib ketiladi, yer yuzasida manfiy ionlar qolgani uchun manfiy potensiallarga ega bo‘ladi. Karstlar bo‘lmagan joylarda suvlar sizish aktivligi past bo‘ladi va bu uchastkalarda kuchsiz musbat potensiallar kuzatiladi.

  4. Manfiy elektr potensiallar sohalari (karstlanuvchi jinslar bilan bog‘liq bo‘lgan sohalar) birorta rang bilan bo‘yaladi, musbat potensiallar sohalari (karstlanmagan jinslar bilan bog‘liq bo‘lgan sohalar) boshqa rang bilan bo‘yaladi.



Topshiriladigan materiallar: Karstlanuvchi jinslar rivojlangan zonasi belgilangan tabiiy maydon potensiallari xaritasi.
.
Download 155.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling