Amaliy mashg‘ulot №8 Mavzu: gidrotexnik beton haqida ma’lumot. Ishning maqsadi
Betonning siqilishga mustahkamligi
Download 30.02 Kb.
|
Amaliy mashg‘ulot №8 Mavzu gidrotexnik beton haqida ma’lumot. I-fayllar.org
Betonning siqilishga mustahkamligi — uning eng muhim ko'rsatkichidir. Betonning mustahkamligi — tashqi mexanik ta'sirlarga bardosh berish qobiliyatini bildiradi. Betonning tashqi mexanik ta'sir ostida sinib buzilishi betonning ko'ndalang kesimiga qo'yilgan kuch miqdori mustahkamlik chegarasidan katta bo'lganda kuzatiladi. Mustahkamlik chegarasi miqdori prizma mustahkamligini, cho'zilishdagi, kesik va egik joyidagi mustahkamligi, shuningdek, taranglik deformativ xossalarini belgilaydi. Agar konstruksiyaning ma'lum qismlarida, tashqi qo'yilgan kuch miqdori beton mustahkamlik chegarasidan katta bo'lsa, betonda uning mustahkamligini pasaytiradigan mikro yoriqlar paydo bo'ladi va ko'p martalik takrorlanishlar natijasida konstruksiyaning sinib buzilishiga olib keladi. Beton markasini (klassini) aniqlash uchun sinashni boshlash muddati (beton yoshi) beton turlar'ga va qator ishlab chiqarish sharoitlariga bog'liq ravishda belgilanadi. Og'ir betonlar markasini (klassini) 28 kun davomida normal sharoitda (have harorati 20÷ 2° va nisbiy namligi 90% dan kam bo'lmagan kamerada) qotgandan keyin; daryo va kanallarda quriladigan inshootlar gidrotexnik betoni markasi (klassi) 180 kundan keyin sinaladi. Ayrim hollarda, inshootlar qurilishida betonning tez qotishiga ehtiyoj bo'lganda, gidrotexnik beton markasini (klassini) 90, 60 va 28 kunlik yoshda belgilashga ruxsat qilinadi. Betonning markasini (klassini) aniqlash muddatini inshootni ekspluatatsiyaga topshirish muddatlarigacha (180 kun) uzaytirish, sement sarfini kamaytirish va qurilish ishlari samaradorligini oshirish imkoniyatini beradi (3.2-jadval). Jadvaldan ko'rinib turibdiki, 28 kunlik betonning mustahkamligi 100% deb olinsa, 180 kundan keyin shu betonning mustahkamligi 150%, ya'ni mustahkamligi 1,5 baravar oshgan. Beton klassini aniqlash muddatini 28 kundan 180 kungacha oshirish bilan gidrotexnik va gidromeliorativ qurilishda sement sarfini kamaytirish imkoniyati yaratilgan. Siqilishga mustahkamlik namuna kublarni (O'zRST 868—98 «Betonы. Metodы opredeleniya prosnochti po kontrolnыm obrazstam ») standart bo'yicha, mustahkamlikni aniqlash uchun sinash yo'li bilan aniqlanadi.
Download 30.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling