Amaliy mashg‘ulot №8 Mavzu: gidrotexnik beton haqida ma’lumot. Ishning maqsadi
Download 30.02 Kb.
|
Amaliy mashg‘ulot №8 Mavzu gidrotexnik beton haqida ma’lumot. I-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yedirilishga (yemirilishga) mustahkamlik.
Suvga chidamlilik. Gidrotexnik inshootlarning suv va yer osti qismlari betonlari bosim ostidagi suv ta'sirida bo'ladi. Bunday holatda beton tarkibidagi, gidratatsiya natijasida hosil bo'lgan birikmalardan suvda eriydigan ohak — Ca(OH)2 ajralib chiqadi va beton konstruksiya sirtida «oq dog'» lar paydo bo'ladi.
3CaO-SiO2 + nH2O = 2CaO- SiO2(n-l)H2O +Ca(OH)2, Keyinchalik ajralib chiqqan erkin ohak havodagi karbonat angidrid — (CO2) bilan reksiyaga kirishib, suvda erimaydigan kalsiy karbonatini hosil qiladi. Ca(OH)2+CO2=CaCO3 + H2O. Bu jarayon yillar o'tishi bilan inshoot konstruksiyasi mustahkamligining va undagi betonning sovuqqa chidamliligi, suv o'tkazmaslik ko'rsatkichlarining pasayishiga olib keladi. Gidrotexnik betonga qo'yiladigan bu talabning bajarilishi uchun sementga gidravlik qo'shimchalar qo'shiladi va inshoot sirtqi qismi suv o'tkazmaydigan betondan quriladi yoki qoplanadi. Suvga chidamlilik deganda, boshqa materiallar singari, yana betonning suvga to'yingan holatdagi o'z mustahkamligini o'zgartirmaslik qobiliyati ham tushuniladi. Betonning suv ta'sirida «yumshalish» koeffitsiyenti kyum granitnikiga yaqin bo'lib, birga teng deb qaraladi. kyum=Rst/Rk bu yerda: Rst , Rq— MPa, betonning suvga to'yingan va quruq holatdagi mustahkamlik chegaralari. Yedirilishga (yemirilishga) mustahkamlik. Gidrotexnik inshootlar betonlari suvdagi muallaq qo'shimchalar (mayda va yirik zarrali loyqasimon aralashmalar) ta'sirida yedirilishga uchraydi. Birinchi navbatda, betonning nisbatan kam mustahkamlikka ega bo'lgan qismi, sement toshi yemiriladi. Odatda, gidrotexnik betonni tayyorlashda qo'llaniladigan yirik to'ldiruvchining mustahkamligi betonning mustah-kamligidan bir necha marta katta bo'ladi, shuning uchun inshootning suv oqimi ta'sirida yemirilgan qismlari betonlari g'adir-budur, yirik to'ldiruvchisi ko'rinib qolgan bo'ladi. O'z navbatida, inshootlarning suv oqimi kuchli bo'lgan qismlarida, shu chiqib qolgan toshlar qarshiligidan yemirilish jarayoni yanada kuchayadi. Yedirilishga chidamlilikni oshirish maqsadida inshootlarning suv tez oqadigan qismlarida (to'g'onlardan suv oqib tushish qismlari, inshoot suv urilish qismlari, tezoqarlar va h.k.) betonning yedirilishiga qarshi chora-tadbirlar qo'llaniladi. Inshootning suv tez oqar qismlarini qurishda betonni zichlash uchun, odatdagi tadbirlardan tashqari, vakuumlash qo'llaniladi. Beton qorishmasini tayyorlashda yuqori markadagi sement va cho'yan yoki po'lat sochmalar (qirindi) qo'llaniladi, quyilgan sirtlar yaxshilab silliqlanadi. Download 30.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling