Amaliy mashg`ulot №8 yong`inlarning oldini olish va o’chirish umumiy qoidalar
Download 17.3 Kb.
|
амалиёт №8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ochiq konlarda yonginlarning oldini olish va o’chirishning xususiyatlari 1.
AMALIY MASHG`ULOT №8 YONG`INLARNING OLDINI OLISH VA O’CHIRISH Umumiy qoidalar Ochiq konlardagi ishlab chiqarish xonalari, jihozlari, shuningdek yonuvchi va tez alanga oladigan moddalar omborlariqurilishi va yongingaqarshi himoya vositalari bilan jihozlashqurilish me’yorlari vaqoidalari tasnifi va amaldagi nizomlarga ko’ra yongin xavfsizligi toifasiga muvofik amalga oshirilishi, ularning miqdorlari esa amaldagi «Sanoat korxonalari uchun yongin xavfsizligi namunaviyqoidalari» talablariga javob berishi lozim. 2. Barcha ishlab chiqarish va yordamchi xonalar,qurilmalar, inshootlar va omborlar yongin uchirishning birlamchi vositalari va yongin jihozlari bilan ta’minlangan bo’lishi lozim, ularning joylashgan o’rni va soni Davlat yongin nazorati organlari bilan kelishilgan holda ochiq kon bosh muhandisi tomonidan belgilanadi. 3. Ochiq kon ishlab chiqarish xonalari, omborlari, inshootlari va kon-transport jihozlarining yongingaqarshi himoyasi ochiq kon bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan yo’riknomalarga muvofik amalga oshirilishi lozim, bu yo’riknomalar himoyaqilinayotgan ob’ektlarning har bir turi uchun konkret yongingaqarshi tadbirlarni o’z ichiga oladi va yongin o’chirish birlamchi vositalari va yongin jihozlarining soni va saqlash joyini belgilaydi. Ko’rsatilgan yo’riknomalar yongin xavfsizligi nazorati organlari bilan kelishilgan bo’lishi kerak. 4. Ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan yo’llar yongin mashinalarining o’tishi uchun yaroqli bo’lishi kerak. Ishlab chiqarish sharoitlariga ko’ra kelish yo’llariningqurilishi talab etilmaydigan binolarga o’t uchirish mashinalarining kelishi binoning har ikkala tomonidan uning uzunligi bo’ylab eni 6 m bo’lgan tekislangan maydon bo’ylab amalga oshirilishi lozim. O’tishqismining burchagidan yoki erkin tekislangan hududdan bino devorlarigacha bo’lgan masofa 25 m dan ko’p bo’lmasligi kerak. O’t o’chirish mashinalarining o’tishi uchun tekislangan hududlar toza, chet predmetlar bilanqalashtirilmasligi, suvlarni chiqarib tashlash uchun yuzaga ega bo’lishi,qumli va changli tuproklarda esa o’t ekilgan va shagal tosh yoki toshqol sepilgan bo’lishi kerak.
a) yonayotgan uchastkalar tuliq yonib bulmaguncha ochishga yoki yonish uchogini izolyatsiyaqilishga ruxsat etmaslik; b) issiqlikning xavfli to’planishini yo’k kilish uchun rudani tez yuklashni amalga oshirish; v) portlatish ishlarini tog jinslarida intensiv issiq ajralishi rivojlangungaqadar amalga oshirish; q) o’z ichiga olgan (sakqovchi) jinslarni o’z-o’zidan yonib ketguncha tashqi otvallarga olib chikish; d) yongin xavfi bo’lgan uchastkalarning holati bo’yicha nazoratni ta’minlash lozim. 3. Yongin komandasi xodimlari ochiq konning transport kommunikatsiyalari bilan tanishgan bo’lishlari, zaruriy hollarda yonginqismida yo’llar, binolar, inshootlar, statsionar va kam harakatli jihozlar ko’rsatilgan reja turishi, u esa muntazam aniqlanishi va to’ldirilib turilishi zarur. 4. Kon-transport uskunalarida yongin sodir bo’lsa, ochiq kon dispetcheri yongin o’chirishqismi navbatchisi talabiga ko’ra yongin uchirish mashinalariga yongin o’chogiga borish yo’lini ko’rsatish uchun kuzatuvchi ajratishi kerak. 5. Xizmat ko’rsatish uchun motorqismiga alohida xodim kirishi talab etiladigan ichki yonish dvigateli gidravlik ekskavatorlar avtomatik yongin o’chirish tizimi,qo’l bilan o’chiradigan yongin o’chirishningqaytariladigan tizimi bilan jihozlanishi lozim. Download 17.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling