Amaliy mashg’ulot Elektr mexanik tizim strukturtasi taxlili. «Emtning elementlari»


Download 1.24 Mb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1502599
1   2   3
Bog'liq
1-amaliy yangi masala

induktiv-sig‘imli parametrik tok o‘zgartkichlari va eleklr (yarimo'tkazgichli) o‘zgartkichlarga bo‘linadi.
Zamonaviy o‘zgartkichlarning asosiy qismini yarim o‘tkazgichli
o'zgartkichlar, ya’ni tiristorli va tranzistorli o‘zgartkichlar tashkil etib, ular
o'zgaruvchan tokni o'zgarmasga, impuls kengligi boshqariladigan o'zgarmas
tok va bevosita hamda bilvosita chastota o‘zgartkicfilar sifatida elektromexanik
tizimlarda keng qo‘llaniladi.
Boshqaruv elementlari EMT tarkibida egallagan o‘rniga qarab ikki guruhga bo‘linadi:
1. EMTning dinamik va statikxiususiyatlarini hamda harakat vazifalarini
shakllantiruvchi elementlar, bular EMT boshqaruv tiziminini tashkil etuvchi rostlagichlar, o‘lchov o‘zgartkichlar, har xil o‘zgartkichlar va boshqa
shunga o‘xshash vazifalarni bajaruvchi elementlar.
2. Ishchi element tarkibiga ajralmas bo‘lak bo‘lib kiruvchi va elementning
matematik ifodasida u bilan yaxlitlikni aks ettiruvchi elementlar, bular
masalan, tiristorlarni boshqarishda ishlatiladigan kommutatsion zanjirlar.
Birinchi guruhga kiruvchi boshqaruv elementlari ushbu kursda mufassal
o‘rganiladi va buguruh o‘z navbatida bir necha guruhchalarga bo'linadi, bular:
EMT ko‘rsatkichlarini rostlashga xizmat qiluvchi turli xildagi sozlovchi va rostlovclii qurilmalar;
teskari bog‘lanish zanjirlaridagi signallarni hosil qiluvchi va shakllantiruvchi sifatida foydalaniladigan elektrik hamda noelektrik o'lchov o'zgartkichlari;
boshqaruv qismlari kirish va chiqish signallarining o‘zaro tok turi,
darajasi kabi ko'rsatkichlari bo‘yicha moslashtiruvchi qurilmalar.
Tcxnik ijrosi nuqtayinazaridan ushbu guruhlashtirish EMT boshqaruv
elementlarining juda xilma-xil bo‘lishi mumkinligini taqozo qiladi. Misol
uchun, vazifalovchi qurilma uzluksiz va uzlukli-raqamli tezlatkich uzatkichlar asosida yaratilishi yoki mantiqiy elementlar asosida dasturiy bloklardan
iborat bolishi mumkin.
Rostlagich qurilmalar sifatida operatsion kuchaytirgichlar asosida yaratilgan tipik bloklar ishlatilmoqda.
O'zgaruvchan va o‘zgarmas tok taxogeneratorlari, sclsinlar, induktivli
hamda optik aylanuvchi o‘lchov o‘zgartkichlar, shuningdek, tok, kuchlanish, quvvat va boshqa elektr kattaliklar o'zgartkichlari ham o‘lchov o‘zgartkichlari guruhini tashkil etadi.
Fazaviy detektorlar, emmitorli qaytargichlar, quvvat kuchaytirgichlar, raqam -uzluksiz va uzluksiz-raqamli o‘zgartkichlar moslovchi qurilmalarni
tashkil etadi.
Shunday qilib, rostlagichlar, o‘lchov o'zgartkichlari va moslashtiruvchi
elementlar vazifasini faqat uzluksiz signallarda ishlovchi qurilmalargina emas
balki diskret-raqamli qurilmalar ham bajarishi mumkin. Uzluksiz signallarda ishlovchi vazifalovchi va rostlagichlar sifatida moslashtirilgan mikro
EHM ning hisoblash quirilmalari ham ishlatilishi mumkin.
Mashg‘ulot maqsadi: Asinxron mashinaning stator cho‘lg‘ami xosil qilgan magnit maydoni stator va rotor cho‘lg‘amlarida induksiyalangan EYuKlari va kuchlanishlarni xisoblash


Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling