Отчет – bu buyruqni tanlash bilan oddiy ko‘rinishda hisobot yaratadi.
Конструктор отчетов – konstruktor rejimidagi bo‘sh hisobotni yaratadi.
Пустой отчет – bo‘sh bo‘lgan hisobot oynasini ochadi.
Мастер отчетов – usta yordamida oynalar ketma-ketligida hisobot yaratadi.
Наклейки – standart o‘lchamlar bo‘yicha hisobot yaratadi
MS Accessda hisobotni yaratishni misol yordamida qadamba-qadam ko‘rib chiqamiz:
Misol. Talaba nomli jadvali asosida hisobotni MS Access da hosil qiling.
№
|
Rasmi
|
Familiyasi
|
Ismi
|
Sharifi
|
Tug‘ilgan_yili
|
1
|
|
Mo‘minov
|
Sardor
|
Sangin o‘g‘li
|
12.03.2012
|
2
|
|
Egamberdiyeva
|
Amira
|
Tangir qizi
|
13.08.2011
|
3
|
|
Suxrobova
|
Farzona
|
Umar qizi
|
05.06.2000
|
(Izoh: Bu jadval ichidagi ma’lumotlar taxminiy olingan)
MS Access 2016 dasturida quyidagicha jadval yaratib olamiz.
Jadval ko‘rinishda hisobot yaratish jarayoni bir necha bosqichlardan iborat:
MS Access dasturining chap qismida joylashgan Talaba jadvalini sichqonchaning chap tugmachasini bir marta bosish bilan tanlaymiz.
Создание menyusini tanlaymiz.
Отчеты guruhidan Отчет buyrug‘ini tanlaymiz va natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi.
Yaratilgan hisobotni [Ctrl]+[S] tugmachalar yordamida Talabalar degan nom bilan saqlaymiz.
Saqlangan hisobotni tahrir qilishda Работа с макетами отчетов bo‘limining Конструктор, Упорядочить, Формат, Параметры страницы menyularidan foydalanamiz.
Yaratilgan hisobotni oldindan ko‘rish uchun Конструктор Режим
Предварительный просмотр bandlarini tanlash orqali amalga oshiriladi.
Natijada quyidagi ko‘rinishdagi oyna hosil bo‘ladi va printerdan qog‘ozga xuddi shu shaklida chiqadi.
Yuqoridagi oynadan Печать buyrug‘ini tanlasak, Печать nomli oyna hosil bo‘ladi va OK tugmasini bosak, qog‘ozga chop etiladi.
Forma nima va u foydalanuvchiga qanday imkoniyatlarni beradi?
MS Accessda yaratiladigan qanday forma turlari mavjud?
Har bir mijozlar uchun forma qanday qulayliklar yaratadi?
MS Accessda forma yaratish yo‘llari haqida aytib bering.
Hisobot nima va u foydalanuvchiga qanday imkoniyatlarni beradi?
MS Accessda yaratiladigan hisobot turlari qanday?
MS Accessda hisobot yaratish buyruqlari haqida gapirib bering.
Har bir yaratiladigan hisobot foydalanuvchilarga qanday qulayliklarni beradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |