Amaliy mashg’ulot matematika mashg’ulotlari va uni o`tishga qo’yilgan talablar. Maqsad


Download 41.7 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi41.7 Kb.
#1609141
1   2   3
Bog'liq
1--

Ikkinchi kichik guruh
Ikkinchi kichik guruhda bolalarga sonlargacha bolgan davr o’rgatiladi. Bunda ularga miqdoriy munosabatlar tushuntiriladi. Bolalarga turli buyumlar to’plami bilan ishlash, ya’ni ularninf har xil belgi-alomatlariga ko’ra birlashtirish, tenglik va tengsizlikni taqqoslash natijalarini ko’p, kam, teng so’zlari bilan belgilashni o’rgatish ko’zda tutiladi.
Mashg’ulotlar o’quv yilidan boshlab haftasiga 1 marta ( 1yilda 36 marta ) o’tkaziladi. Sentyabr oyida bir mashgulotning davomiyligi 10 minutdan oshmasligi kerak. Oktyabr oyidan boshlab mashg’ulot davomiyligi sekin-asta 15 minutga etkaziladi.
2chi kichik guruhda ilk matematik tasavvurlarga bag’ishlangan mashg’ulotlarda o’qitish ayniy tasir xarakterida bo’lishi kerak. Bolalar bilimini tarbiyachining harakatlarini, uning tushuntirish va ko’rsatmalarini idrok qilich asosida, shuningdek didaktik materiallar bilan mustaqil ishlash vositsida o’zlashtiradilar. O’yin shaklida berilgan o’quv materialini kichik bolalar yaxshi o’zlashtiradilar.
O’rta guruh
O’rta guruhda mashg’ulotlar sentyabr oyidan boshlab haftasiga 1 marta o’tkaziladi. Mashg’ulot 20 daqiqa davom etadi. Yil davomida 36 mashgulot o’tkaziladi.
Bolalar harakatli-ko’rsatmali shaklda berilgan o’kuv materiallarini yaxshi o’zlashtiradi. 5 yoshga qadam qo’yishgan bolalarni o’qitishda didaktik o’yinlardan keng foydalanish kerak. Topshiriqlarning bajarishi jarayonida o’qituvchi bolalarni o’z harakatlarini tushuntirib berishga undaydi.
Birinchi mashg’ulotlardan boshlaboq bolalarga mos muammo xarakteridagi masalan, mashina qaysi darvozadan o’tadi ( o’tmaydiq) Negaki Kimning uyi balandq Negaki Ayiqlarga kursilar, olmohonlarga yong’oqlar, bolalarga bayroqchalar etadimi kabi masalalarni berish kerak.
O`qitishda bolalararning emotsional kayfiyati, qiziqtirilganliklari katta ahamiyatga e'ga. Shu sababli mashg’ulotlarda rangli ko’rgazmali qo’llanmalardan, turli didaktik materiallardan foydalanish kerak.
Katta guruh
6 yoshli bolalarda o’z xulq-atvorini boshqarish qobiliyati paydo bo’ladi; erkin xotira, diqqat rivojlanadi. Shu yoshda topshiriqni bajarishga, o’z ishiga ijobiy baho olishga intiladilar. Ular o’quv topshiriqlariga katta qiziqish bilan qaraydilar.
Bolalar katta guruhda birinchi o’nlik sonlarini yaxshi o’zlashtirishlari kerak. Har xil buyumlar to’plamini sanash, ularning qatorda kelish tartiblarini aniqlash jarayonida sonlar mohiyatini o’zlashtirish amalga oshiradi.
Bolalar bilan bajariladigan hamma ishlar ular oldingi bosqichlarda olgan bilimlar va ularni hisobga olish asosida tashkil qilinadi. O’qitishni o’tilganlarni takrorlashdan boshlash kerak.
Har qaysi yangi bilm oldin o’zlashtirilgan bilimlar qatoriga kiritilishi lozim.
Mashqlar miqdori eytarli bo’lgandagina o’quvchilarda puxta malaka va ko’nikmalar shakillantirilishi mumkin. Bolalarni buyumlar, o’yinchoqlar, geomtrik shakllar, kartochkalar va rasmdagi tasvirlarni sanashga, obektlar miqdorlarini sezish bilan aniqlashga mashq qildirish kerak.
Mazkur guruhda haftada 1tadan mashg’ulot o’tkaziladi. Mashg’ulotni haftaning birinchi yarmida jismoniy tarbiya mashg’uloti bilan qo’shib olib borish maqsadga muvofiqdir.

Download 41.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling