12-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Uslubiy xatolar ustida ishlash metodikasi
Talabalar kichik guruhda harakat qilishadi.
I bosqich. Guruh a’zolarini faollashtirish uchun savollar beriladi.
1-variant: Uslubiy xato nima?
2-variant: Ijobiy va salbiy bo‘yoqdorlikka ega bo‘lgan so‘zlar bilan bog’liq uslubiy xatolar qaysilar?
3-variant: Qanday uslubiy xatolar mavjud?
4-variant: Xatolar daftarda qanday belgilanishi maqsadga muvofiq?
II bosqich. Guruh a’zolariga topshiriqlar beriladi.
1-topshiriq. Fikrlaringizni ushbu jadval ko‘rinishida ifodalang.
2-topshiriq. Har bir o‘quvchi uslubiy xatosi mavjud gap tuzadi.
3-topshiriq. Uslubiy xatosi mavjud gaplar boshqa guruhlarda topiladi va muhokama qilinadi.
III bosqich. Guruh a’zolari baholanadi.
Adabiyotlar:
O.Madayev, A.Sobirov, Z.Xolmanova, Sh.Toshmirzayeva, G.Ziyodullayeva, M.Shamsiyeva. Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant. -Toshkent “Turon zamin ziyo”, 2017.
G‘ulomov A., Qodirov M. Ona tili o‘qitish mеtodikasi. – T: Fan va texnologiyalar, 2012.
Kompetensiyaga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi: Ona tili, adabiyot, o‘zbek tili (5-9 sinflar). Toshkent. 2016.
To‘xliyеv B., Shamsiyеva M., Ziyodova T. O‘zbеk tili o‘qitish mеtodikasi. – T.: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi. 2010.
Do'stlaringiz bilan baham: |