Amaliy mashg`ulot mavzu
Download 173.73 Kb.
|
1 2
Bog'liqтермо-жуфтлик
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZORAT SAVOLLARI
ISHNI BAJARISH TARTIBI:
1. Yuqoridagi sxema bo`yicha qurilmani yig`ing: M- termajuftning mis simi. K-termajuftning konstantan simi. A va B-suv uchun idishlar ichiga terma juft solinadi. G - galvanometr. T-termometr. 2. A va B idishga suv soling (idishni yarimigacha) va ichiga termojuftlarni tushiring. 3. A idishga termometrni tushuring. Temperaturani o`lchang. Bu boshlang`ich t0 temperatura bo`ladi. 4. Idishga suv temperaturasi 5-7 gradus ko`tarilgunga qadar A idishga issiq suv solinadi. Temperatura mo`ljalga etguncha kuting va qiymatini jadvalga yozib qo`ying. Temperaturaga mos galvanometr strelkasini ko`rsatgichini ham yozing. 5. Issiq suvni bir necha marta (7 marta) quyib har gal uning temperaturasi va galvanometr ko`rsatgichini o`lchang. 6. A va B idishlarda suv temperaturasining ayirmasi (t-to)o ni va termaqurilmaning sezgirligini hisoblang. 7. Termaqurilma sezgirligini o`rtacha qiymati n ni toping. 8. Natijalarni quyidagi jadvalga yozing
9. N ni (t -to) ga bog`liqlik grafigini chizing. 10. Tana nuqtalari temperaturasini o`lchang. Buning uchun A idishdagi termoparaning payvandlangan uchini o`ng qo`lga so`ngra chap qo`lga qo`yib galvanometr ko`rsatkichini yozib boring No’ng qo’l, Nchap qo’l. 11. Shu ko`rsatkichlar asosida grafikdan o`ng va chap qo`l temperasini aniqlang. 12. Olingan natijalar quyidagi formulalar bo`yicha tekshiriladi NAZORAT SAVOLLARI: 1.Termoelektr hodisasi nimaga asoslangan, termotok qanday hosil bo`ladi? 2. Tashqi va ichki kontakt potentsiallar farqi qanday sabablarga asoslangan? 3. Termojuft deb nimaga aytiladi? 4. Nima sababdan temperaturalar farqi bir xil bo`lganda har xil termjuftlar turli EYUKga ega bo`ladi? 5. Termoqurilmalarni darajalash grafigi qanday ko`rinishga ega bo`ladi va bu grafik yordamida izlanayotgan temperatura qanday aniqlanadi? Grafiksiz izlanayotgan temperatura qanday aniqlanadi? 6. Qarshilik meditsina termometri nima? Bu termometr bilan temperaturani aniqlash nimaga asoslangan? 7. Yarim o`tkazgichlardagi termoelektrik hodisalar haqida nimalarni bilasiz? a)yarim o`tkazgichli termojuft b)Pel't'e hodisasi? Ular qaerda qo`llaniladi? Download 173.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling