amaliy mashg’ulot mavzu: Windows ot ni xavfsiz ishlashi uchun ot da «Foydalanuvchilar qayd yozuvlarini yaratish va sozlash» Kirish
Download 378.57 Kb.
|
k-x ---2-amaliyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishdan maqsad
- Administrator (Administrator).
941-18 guruh talabasi Bobojonov Xushnudbekning Kiber xavfsizlik fanidan 2-AMALIY MASHG’ULOT Mavzu: Windows 7 OT ni xavfsiz ishlashi uchun OT da «Foydalanuvchilar qayd yozuvlarini yaratish va sozlash» Kirish: Hozirgi kunda xavfsizlik masalasi birinchi o’ringa qo’yilmoqda. Bu esa kompyuter foydalanuvchilari uchun murakkab himoya tizimini ishlab chiqishni talab etmoqda. Bir kompyuterdan bir necha foydalanuvchi foydalanishi va bunda bir biriga xalaqit bermasligini ta’minlash ishi yo’lga qo’yilmoqda. Ishdan maqsad: Windows 7 operatsion tizimida foydalanuvchilar qayd yozuvlarini yaratish va sozlash bo’yicha amaliy ko’nikmalar hosil qilish. Kerakli jixozlar: Kompyuter, Windows 7 OT, printer, daftar, A4 formatdagi oq qog’oz. Qisqacha nazariy ma’lumot: Foydalanuvchining qayd yozuvi bu - Windows OT da foydalanuvchini aniqlaydigan barcha malumotlardan tarkib topgan yozuv .Bu malumotlarga OT ga kirish uchun zarur bo’ladigan foydalanuvchi nomi va paroli, guruh nomi, ya’ni foydalanuvchi qaysi guruh a’zosi ekanligi, shuningdek OT da ishlashdagi huquq va ruxsatlari va uning resurlaridan foydalanishlar kiradi. Windows 7 Professional va odddiy serverlarda foydalanuvchi qayd yozuvlari «Локалное пользователей и группи» mexanizmi yordamida boshqariladi. Windows Server da foydalanuvchi qayd yozuvlarini boshqarishda «Active Directory» dan foydalaniladi. «Active Directory» bu tarmoq resurslari ya’ni foydalanuvchilar, kompyuter, printerlar haqidagi ma’lumotlar saqlanuvchi va ularni boshqarish imkonini beruvchi markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasi. Windows 7 o’rnatilgandan keyin 2 ta foydalanuvchi qayd yozuvlarida yaratiladi va ularning har biriga tegishli imtiyozlar(imkoniyatlar) va cheklovlar belgilangan bo’ladi. Administrator (Administrator). Bu qayd yozuvida OTda (Kompyuterda) ishlashda barcha huquqlarni beradi (Barcha fayllar bilan ishlash huquqi va reestr kalitlari bilan ishlash imkonini beradi shuningdek boshqa foydalanuvchi qayd yozuvlarini yaratishi ham mumkin). Kompyuterga yangi foydalanuvchi qo’shishda unga fayllarga va programmalarga ruxsat beriladi. Bajarilishi zarur bo’lgan harakatlar ketma-ketligi kompyuter tarmoq azosi hisoblanadimi yoki ishchi guruhga ulanadimi (yoki alohida kompyuter hisoblanadimi) shularga bog’liq bo’ladi. Kompyuter ishchi guruhga ulangan holatni qaraymiz.Kompyuterga yangi foylanuvchi qo’shish uchun kompyuter administratori qayd yozuvi bo’lishi kerak (ya’ni foydalanuvchi administrator guruhiga tegishli bo’lishi kerak). Foydalanuvchi qayd yozuvlarini yaratishning bir necha xil usullarini mavjud. Yangi foydalanuvchini qo’shish(qayd yozuvi yaratish) user net orqali Bu uchun cmd da quyidagicha buyruqni kiritish kifoya. net user {foyd_nomi} {foyd_paroli} /add Foydalanuvchini o’chirib tashlash uchun net user {foyd_nomi} / delete Ishni bajarilish tartibi va qo’yilgan vazifa: Yuqorida keltirilgan misol orqali yangi foydalanuvchini 2 yoki 3 xil yo’l bilan yaratilsin. Download 378.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling