Amaliy mashg’ulot rejasi


Bolalar uchun transportni tashkil etish qoidalari


Download 364.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana08.03.2023
Hajmi364.13 Kb.
#1249917
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
7-amaliy mashg`ulot.Turizmda transport xizmatlari.

7.3.Bolalar uchun transportni tashkil etish qoidalari. 
 
Har bir ota-ona o'z farzandini guruh avtobusiga jo'natishda qo'rquv hissini boshdan 
kechirgan. 
Bolalar guruhini tashkiliy tashishda yo‘nalishli transport vositalaridan tashqari 
bo‘lgan transport vositalari nazarda tutilmoqda. Bunda avtobus va mikroavtobuslar nazarda 
tutiladi. Chunki 2016 yil 1 martdan boshlab bolalarni yuk avtomobillarining yukxonasida tashish 
taqiqlab qo‘yilgan.
Yo‘nalishli transport vositalariga daxli bo‘lmagan avtobuslarda 8 va undan ortiq 
bolalarning tashkiliy tashilishi – bolalar guruhini tashkiliy tashish hisoblanadi. Maʼlumot 
uchun, 2016 yil 1 martdan boshlab kuchga kirgan, “Yoʻl harakati qoidalari”ga  
asosan

yoʻnalishli transport vositalariga daxli boʻlmagan avtobuslarda sakkiz va undan ortiq bolalarning 
tashkiliy tashilishi - tashkillashtirilgan bolalar guruhi hisoblanadi. 
Bolalarni jamoaviy tashish uchun avtobus 10 yildan kamroq vaqt oldin ishlab chiqarilgan 
bo'lishi kerak.
 
Agar avtobus yangi bo'lsa va faqat 5 yil ishlagan bo'lsa-da, lekin 2007 yilgacha chiqarilgan 
bo'lsa, unda bunday avtobus bolalar guruhini tashishga ruxsat etilmaydi. O'n yillik ortga 
hisoblash aynan avtomobil ishlab chiqarilgan yilidan boshlanadi. 
Tashishni tashkil etuvchi shaxs oldindan ariza berishi kerak. Bolalarni tashishni kuzatib 
borishni tashkil etish Davlat transport inspektsiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Shuning uchun 
ariza u erga yo'naltirilishi kerak. 
Arizada quydagilar bo‘lishi kerak: 
• 
harakatning aniq yo'nalishi; 
• 
sayohatni boshlash vaqti; 
• 
sayohat davomiyligi; 
• 
har bir avtobusning tavsifi
• 
bolalar soni: barcha avtobuslar uchun yosh ko'rsatilgan ro'yxatlar; 


• 
Har bir avtobusda hamrohlik qiluvchi shaxslarning to'liq ismi; 
• 
Haydovchining to'liq ismi, uning hujjatlari. 
Agar bolalar 1-2 ta avtobusda sayohatga chiqsalar, bu holda yo'l politsiyasining kuzatib 
borishi shart emas. Biroq, mas'ul shaxs ularni niyatlari haqida xabardor qilishi shart. 

Download 364.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling