Transport logistikasi – yuklarni etkazib berishni tashkil etish tizimi, ya’ni
har qanday
yengil, o’gir va katta hajimgalik yuklarni, optimal yo’nalishda bir nuqtadan ikkinchisiga
ko’chirish.
Yuk deyilganda tashish uchun qabul qilingandan to uni egasiga topshirilgungacha
mahsulotlar tushuniladi. Yuklar ayni buyum (mahsulot) va taralardan iborat boʻlishi mumkin.
Tashilgan yuklarning oʻlchami faqatgina tonna oʻlchamida boʻladi. Boshqa oʻlchamlar-litr, dona,
kub metr kabilar-tonna oʻlchamiga oʻtkazilishi shart. Koʻpchilikyuklar tarasiz tashiladi va ularni
tarasiz tashish deyiladi.
Yuk (mahsulot)ning sof ogʻirligi netto, tara bilan birgalikdagi otsirligi brutto, taraning oʻz
ogʻirligi - tara ogʻirligi tushunchalari bilan yuritiladi.
Yuk tashishda transport xizmatlari iste'molchilariga xizmat ko'rsatish sifati quyidagilarni
anglatadi:
• tashishning to'liqligi;
• tezlik;
• yuklarni yetkazib berishning o‘z vaqtida yoki
bir xilligi;
• yuklarning xavfsizligi;
• transport xavfsizligi;
•
transportning mavjudligi;
• xizmat ko'rsatish madaniyati.
Transport xizmatlari bozorida raqobat kuchayib borayotgan bir sharoitda yuk egasiga
xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bozorni zabt etishning asosiy yo‘llaridan biridir.
7.5. Tashish xavfsizligi uchun yo'lovchilarning javobgarlik chorasi.
Do'stlaringiz bilan baham: