Amaliy mashg’ulot rejasi
Download 364.13 Kb. Pdf ko'rish
|
7-amaliy mashg`ulot.Turizmda transport xizmatlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.3.Bolalar uchun transportni tashkil etish qoidalari. 7.4.Yuk tashish sifati korsatkichlari. 7.5.Tashish xavfsizligi uchun yolovchilarning javobgarlik chorasi.
- 7.8.Turistlarni sug‘urtalash. Tayanch so’z va iboralar
- Mustaqil ta’lim
7-MAVZU. TURISTLAR UCHUN TRANSPORT XIZMATLARI XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH. AMALIY MASHG’ULOT REJASI: 7.1.Tashishlarni tashkil etishning normativ-huquqiy bazasi. 7.2. Tashishni tashkil etishda xavfsizlikni ta'minlash. 7.3.Bolalar uchun transportni tashkil etish qoidalari. 7.4.Yuk tashish sifati ko'rsatkichlari. 7.5.Tashish xavfsizligi uchun yo'lovchilarning javobgarlik chorasi. 7.6.Xavfsizlikni ta'minlashda aviakompaniyaning javobgarligi.Samolyot bortida ovqatlanish va chekish. 7.7. Turistlarga tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash. 7.8.Turistlarni sug‘urtalash. Tayanch so’z va iboralar: Sug’urtalash, sug’urta, sug’urtalanuvchi, sug’urtalovchi, sug’urta to’lovi, sug’urta jamg’armasi, sug’urta badali, sug’urta ob’ekti, sug’urta xavfi, turizmda sug’urtalash, baxtsiz hodisadan sug’urta, tibbiy sug’urta, javobgarlik sug’urtasi, sug’urta shartnomasi, sug’urta mukofati, sug’urta agenti, sug’urta brokeri, sug’urta sertifikati, sug’urta javobgarligi. Mustaqil ta’lim: Turistlar uchun transport xizmatlari xavfsizligini ta'minlash. Ekskursiyani tashkil qilishda moliyaviy xavfsizlikka rioya qilish. Turistlarga tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash. 7.1.Tashishlarni tashkil etishning normativ-huquqiy bazasi. Hozirgi kunda O'zbekiston avtomobil transportida tashuvlarni tartibga soluvchi to'qqizta xalqaro Konventsiya va ikkita xalqaro bitimning a'zosi hisoblanadi. Evropa, Osiyo va MDHning 26 ta davlati bilan avtomobilda xalqaro tashuvlar sohasini tartibga soluvchi ikki tomonlama hukumatlararo bitimlar imzolangan. Mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri bo'lgan yo'lovchilarni tashash xizmatining o'rni juda katta. Ya'ni, bu borada yo'lovchilarni tashash xizmatlari bozorini takomillashtirish, raqobat muhitini shakllantirish eng chekka hududlarimizda ham mazkur xizmatdan foydalanish imkonini bermoqda. Yo'lovchi tashish bozorida raqobat muhitini rivojlantirish uchun zarur shartsharoitlar yaratish va takomillashtirish, mamlakatimizda transport xizmati sifatini oshirish, yo'lovchilarga qulaylik yaratish uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Avtomobil transportida yo´lovchilar va bagajni tashishning ushbu Qoidalari "Avtomobil transporti to´g´risida", "Shahar yo´lovchilar transporti to´g´risida", "Yo´llarda harakatlanish xavfsizligi to´g´risida", "Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to´g´risida"gi O´zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va O´zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo´lovchilar va bagajni tashishga tatbiq etiladi. “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosini ta’minlash, shuningdek, 1968-yil 8-noyabrdagi Yo‘l harakati to‘g‘risidagi Vena Konvensiyasi (O‘zbekiston Respublikasi uchun 1995-yil 17-yanvardan kuchga kirdi) talablari hamda ilg‘or xorijiy tajribaga muvofiq Yo‘l harakati qoidalarini yanada takomillashtirish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l harakati xavfsizligini nazorat qilish va samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-son qarori . Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 7 fevraldagi "ichki turizmni rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari tӯg'risida"gi PQ-3514 sonli qarorida "O'zbekiston bo'ylab sayohat qil!" ichki turizmni rivojlantirish dasturida hududlarni barqaror va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniytarixiy me'rosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirishni maqsad qilib qo'ydi. Shu nuqtai-nazardan ham, mamlakatimizda ichki turizm sohasini zamonaviy tashkil qilish va rivojlantirish Vatanimizning milliy turizmini rivojlantirishdagi eng dolzarb, davlat ahamiyatiga molik masala hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "aholiga transport xizmati ko'rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo'lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2017 yil 10 yanvardagi PQ-2724-sonli qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 apreldagi "Aholiga transport xizmati ko'rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo'lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlarini amalga oshirish to'g'risida"gi 238-sonli qarori qabul qilindi va unda yo'lovchilar tashish xavfsizligini va yo'lovchilarga xizmat ko'rsatish madaniyatining zarur darajasini, yo'lovchi tashish yo'nalishlarida transport vositalari harakati maromini, belgilangan jadvallar va intervallarni, shuningdek tashuvchilarning moliyaviy barqarorligini ta'minlash aso'siy maqsadlardan qilib belgilandi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo'yicha qo'shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5326-son Farmonida turizm sohasidagi tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarini 2022 yilning 1 yanvariga qadar mamlakatimizga olib kirilayotgan: haydovchi bilan birgalikda 8 va undan ortiq kishini tashishga mo'ljallangan turizm toifasiga oid transport vositalari bojxona to'lovlarini to'lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig'imlardan tashqari) ozod etilsin. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 dekabrdagi "transport va turizm ob'ektlarida xavfsizlikni ta'minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 1010 sonli qarorining qabul qilini bilan turistlarnga transportda va turizm ob'ektlarida xizmat ko'rsatishda sifatning oshishi va turistlar xavfsizligini ta'minlashda keng imkoniyatlar yaratildi. Ma'lumki, davlatimiz rahbarining 2018 yil 6 martdagi qaroriga muvofiq O'zbekiston avtomobil transporti agentligi qayta tashkil etilgan edi. 2018-2021 yillarda avtomobil transporti infratuzilmasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Dastur ijrosi doirasida xalqaro avtobus yo'nalishi yo'lga qo'yildi. Bulardan ham ko'rinib turibdiki, ushbu sohada faoliyat yuritadigan sub'ektlar soni keskin o'shadi, ular ko'rsatadigan xizmatlarning sifati esa zamon talabiga mos ravishda oshadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 — 2022-yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiyalash chora- tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 2-dekabrdagi PQ-3422-son qarorini ijro etish yuzasidan va avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashish sohasidagi xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 15-martdagi 202-son qarori da nazarda tutilgan. Download 364.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling