Amaliy mashg`ulot uchun Mundarija


Svoystvo – oynasida Obozrevatel resheniy


Download 0.8 Mb.
bet8/56
Sana18.09.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1680455
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56
Bog'liq
Amaliy mashgulot sanoq sistema

Svoystvo – oynasida Obozrevatel resheniy tanlangan elementning xususiyatlari aks etadi. Agar ushbu oyna ishchi oynada yo‘q bo‘lsa, uni Vid menyusidan foydalanib, chiqarib olinadi.
Oynaning markazida dastur yozish uchun C# muharriri joylashgan. Ushbu muharrir orqali proyekt uchun dasturiy kod yozish va tahrirlash mumkin. Yozilgan kod to‘g‘risida joylashgan (- yoki +) belgilarni tanlash orqali ushbu blokka tegishli dastur matnini berktish yoki ko‘rsatish mumkin. S# ishchi muhitining qolgan oynalari va elementlari bilan keyingi darslar davomida tanishib boramiz.

3-rasm
Yangi ilova yaratilishi bilan avtomatik tarzda C# muharririda quyida keltirilgan dasturiy kod shakllantiriladi.
using System;
using System.Collections.Generic;
using System.Linq;
using System.Text;

namespace ConsoleApplication6


{
class Program
{
static void Main(string[] args)
{
}
}
}
Bu yerda using direktivasi undan keyin yozilgan nomlar makoni(kutubxona)dagi sinflarni proyektga ulash va undagi sinflardan bevosita to‘g‘ridan-to‘g‘ri(sinf oldida nomlar makoni nomini ko‘rsatmasdan) foydalanish imkonini beradi. System, System.Collections.Generic, System.Linq, System.Text lar o‘zida standart sinflarni mujassamlashtirgan kutubxonalar nomlaridir.
namespace ConsoleApplication6 - ConsoleApplication6 nomli(bu proyektni yaratayotganimizda biz bergan fayl nomi bilan avtomatik ravishda yaratiladi) joriy proyekt uchun nomlar makoni yaratib olishni amalga oshiradi. Bundan maqsad biz yozayotgan dasturda yaratilgan sinf va ob’ekt nomlari foydalanilgan boshqa kutubxonalardagi sinf va ob’ekt nomlari bilan mos kelib qolmasligini ta’minlashdir.
C# ob’ektli dasturlash tili bo‘lgani sababli unda yozilgan dastur eng kamida bitta sinfdan iborat bo‘ladi. Bizning misolimizda bu - class Program orqali e’lon qilingan Program sinfidir. static void Main(string[] args) esa Program sinfining usuli hisoblanib, dasturni ishga tushirish(initsializatsiya qilish uchun) uchun qo‘llaniladi. Figurali qavslar dastur kodini bloklarga ajratish uchun xizmat qiladi. Har bir ochilgan figurali qavs albatta yopilishi shart. static void Main(string[] args) dan keyin ochilgan va yopilgan figurali qavslar {} orasidan biz dasturimizni yozishni boshlaymiz. Chunki ilova ishga tushirilganda aynan shu yerga yozilgan dastur bajariladi. Dasturni ishlashini tekshirish uchun F5 tugmalarini birgalikda bosish yoki Otladka menyusidan Zapusk bez otladki bandini tanlash zarur.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling