Amaliy mashg‘ulot


Download 81.45 Kb.
bet1/2
Sana03.11.2023
Hajmi81.45 Kb.
#1742605
  1   2
Bog'liq
7-amaliy


7-AMALIY MASHG‘ULOT. KOMPOZITSION MATERIALLARNING ASOSIY MEXANIK XOSSALARINI O‘RGANISH
Ishning maqsadi: polimer matritsa asosida kompozitsion material tayyorlash, tayyorlangan kompozitning asosiy mexanik xossalarini aniqlash usullarini o‘rganiladi (massasi, govakligi, zichligi, termik bardoshligi).
Polimerlarni to‘ldirish amaliy jihatdan materialni texnologik va ekspluatatsion xossalarini boshqarishga imkon beradi. Konstruksion to‘yingan polimer materiallarning xossalari, olish usullari polimer matritsa va to‘Idiruvchi, ularning hajmiy nisbatlariga bog‘liq.
KM dan buyumlar tayyorlashda polimer bog‘lovchilarning qovushqoqlik. Gel hosil bo‘lish vaqti kabi texnologik xossalarini aniqlash lozim.
Gel hosil bo‘lish vaqtini aniqlash asosiy parametrlardan biri hisoblanadi.
U to‘yingan materialning saqlanishi davomiyligini va materialdan buyum tayyorlash temperaturasini tavsiflaydi. KM olish vaqtining davomiyligi bog‘lovchi aralashmasini xona haroratida tayyorlash vaqtidan oshib ketmasligi kerak.

Berilgan komponentlar asosida belgilangan struktura va komponentlar nisbatiga ega KM tayyorlash


Mustahkam plastiklarning asosiy komponentlaridan biri bu bog‘lovchi hisoblanadi. Bog‘lovchi mustahkamlovchi tolali to‘ldiruvchi bilan to‘yintiriladi. Bog‘lovchi qotgandan keyin tola yoki to‘ldiruvchilar qatlamini o‘zaro birlashtiradi..
Mustahkam plastiklar olishda poliefir, epoksid va modifitsirlangan fenoloformaldegid smolalar asosidagi bog‘lovchilar keng qo‘l!aniladi. To‘ldiruvchilar sifatida turli materiallar: lentalar, matolar, iplar ishlatiladi.

Kompozitlarni tayyorlash jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:


  • bog‘lovchi va to‘ldiruvchi turini aniqlash;

  • kompozit komponentlarini nisbatini hisoblash;

  • bog‘lovchini tayyorlash, berilgan proporsiyalarda komponentlarni aralashtirish;

  • to‘ldiruvchilarni tayyorlash;

  • bog‘lovchini to‘ldiruvchi qavatlariga surkash, va to‘yingan qavatlarni birlashtirish;

  • belgilangan rejimda materialni qotishini amalga oshirish.

Download 81.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling