Amaliy mashg`ulot №
Download 30.79 Kb.
|
1 2
Bog'liqAmaliy mashg№8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy ishlarni tayyorlash va uni topshirish tartibi
- Nazariy qism
- Rostlovchi ta’sir sifatida
Amaliy mashg`ulot № 8 Issiqlik almashtirgichda haroratni rostlash uchun avtomatik rostlagichlarni tadqiq qilish. Ishning maqsadi Virtual stend yordamida Sianidlash jarayonida pulpa sathining avtomatik regulyatorlarini o'rganish. Amaliy ishlarni tayyorlash va uni topshirish tartibi 1. Ish daftarda bajariladi 2. TRM OVEN mikroprotsessor kontrollerining funksional sxemasini chizing. 3. TRM OVEN mikroprotsessor kontrollerining texnik sxemasini tasvirlab bering. 4. Tugallangan ish tekshirish uchun o`qituvchiga topshiriladi 5. Ish to‘g‘ri, to‘g‘ri shakllantirilgan va test savollariga talaba javob bersa, haqiqiy hisoblanadi. Nazariy qism Modda agregat holati o‘zgaradigan issiqlik almashtirgichni ko‘rib chiqamiz. Bunday issiqlik almashtirgichlarning rostlash ob’yekti sifatida o‘ziga xosligi bosim doimiy bo‘lganda va hosil bo‘layotgan kondensatning sovib ketishi (yoki hosil bo‘layotgan parning o‘ta isib ketishi) kuzatilmasa suyuo‘ va bug‘ fazalarining harorati bir hil bo‘ladi. Shuning uchun bu haroratlar bo‘yicha bug‘latish va kondensasiyalash jarayonlarinig intensivligi haqida xulosa qilib bo‘lmaydi. Bunday holda issiqlik almashinuvining asosiy ko‘rsatgichi sifatida suyuq fazaning sathi hisoblanadi. Bu turdagi issiqlik almashtirgichlari uchun rostlash va avtomatlashtirish sistemasini tanlash masalalari apparatning nima uchun qmo‘ljallangan ekanligidan kelib chiqadi. Moddani berilgan haroratgacha isituvchi bug‘ning kondensasiyalanishi natijasida ajraladigan issiqlik hisobiga (yoki moddani sovitish uchun bug‘lanayotgan suyuqlik oladigan issiqlik hisobiga) isitish uchun qo‘llaniladigan issiqlik almashtirgichlarda rostlash masalasi undan chiqayotgan texnologik oqim haroratini barqarorlashtirishdan iboratdir. Bug‘latgich yoki kondensatorlar esa texnologik oqimni bug‘latish yoki kondensasiyalash uchun ishlatiladi va ularni rostlash masalasi texnologik oqim bo‘yicha moddiy balansni ushlab turishga masalasiga olib kelinadi. Suyuqlik haroratini dan gacha isitish uchun mo‘ljallangan kojux-quvurli bug‘-suyuqlik issiqlik almashtirgich misolida ularning dinamik xarakteristikalarining o‘ziga xosliklarini ko‘rib chiqamiz (63-rasm). Apparatning ishlash sharoitiga ko‘ra barcha o‘zgaruvchilar tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu ob’yekt uchun xiqish, ya’ni rostlanuvchi koordinatalar sifatida chiqish harorati va quvurlar orasidagi kondensat sathi L hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, va L o‘zaro issiqlik almashinuv yuzasi orqali bog‘langan. Chunki kojuxning par bilan to‘la yuqori qismidagi issiqlik almashinuvining samaradorligi kondensat va isituvchi oqim orasidagiga ko‘ra ancha yuqori. Rostlovchi ta’sir sifatida isituvchi bug‘ning sarfi Gb va kondensat sarfini Gk qo‘llash mumkin. Asosiy o‘lchash mumkin bo‘lgan g‘alayonli ta’sirlar – issiqlik almashtirgich kirishidagi suyuqlikning harorati va sarfi ( ,Gs) va isituvchi parning bosimi R, nazorat qilish mumkin bo‘lmagan g‘alayonli ta’sirlar esa atrof muhitga bog‘liq bo‘lgan issiqlik yo‘qotilishlari qyo‘q. va quvurlar ichida hosil bo‘ladigan cho‘kmalar sababli vaqt davomida o‘zgarib turuvchi issiqlik uzatish koeffisiyentlari kt lardan iborat. Gб, Р GС, Ср, Суюқлик Буғ 63-rasm. Par-suyuqlik issiqlik almashtirgichning prinsipial sxemasi Shu taxlilga natijalariga suyangan holda par-suyuqlik issiqlik almashtirgichi misolida texnologik oqimning chiqish haroratini rostlash sistemalarining bir necha variantlarini ko‘rib chiqamiz. 1-variant. PI va PID-rostlagichlar qo‘llaniladigan bir konturli ARS haroratni statik xatoliksiz rostlash imkoniniberadi. Lekin suyuqlikning harorati yoki sarfi bo‘yicha kuchli g‘alayonli ta’sir bo‘lganda o‘tish xarakteristikasi sifati qoniqarli bo‘lmasligi mumkin (64-rasm). Суюқлик 64-rasm. Par-suyuqlik issiqlik almashtirgichda suyuqlik harorati bir konturli ARSning sxemasi Download 30.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling