Amaliy mashg'ulot


Doimiy xotira (vinchester)


Download 394.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana24.12.2022
Hajmi394.77 Kb.
#1062547
1   2   3   4   5
Doimiy xotira (vinchester) - ma’lumotlar doimiy saqlanadigan maxsus 
qurilma. Xotira hajm bilan o’lchanadi. Hajm ko’p bo’lsa, kompyuter shunchalik 
ko’p ma’lumotlarni saqlash imkoniga ega bo’ladi.
Monitor - kompyuterdagi ma’lumotlarni ekranda tasvirlovchi qurilma. 
Monitorlar oq-qora va rangli turlarga ega. O’lchami televizorlarga o’xshash: 


14, 15, 17, 19, 21 dyuym va hokazo. 15 va 17 dyuymli monitorlar kengroq tarqalgan. 
Katta ekranli monitorlar odatda grafika bilan shug’ullanuvchilar uchun qulaydir.
Klaviatura - foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlarni va boshqaruv 
buyruqlarini kompyuterga kiritishga mo’ljallangan qurilmadir. Klaviaturaning 
umumiy ko’rinishi undagi tugmachalar soni va joylanishiga qarab turli xil 
kompyuterlarda farq qilishi mumkin, lekin ularning vazifasi o’zgarmaydi. 
Kompyuter texnikasining qo’shimcha qurilmalari  
Printer - Printerlar kompyuterda olingan natijalarni va ma’lumotlarni bosmaga 
chiqarish uchun ishlatiladi. Printer yordamida matnlarni, grafiklarni, rasmlarni rangli 
va rangsiz ko’rinishda bosmaga chiqarish mumkin. Printerlar asosan uch xil bo’ladi: 
matritsali, purkovchi va lazerli.
Sichqoncha – kompyuterga axborotni kiritishning 
koordinatali qurilmasi hisoblanadi. Sichqoncha yordamida 
ma’lumotni kompyuterga kiritish 
tezlashtiriladi va 
kompyuter bilan foydalanuvchi muloqoti engillashtiriladi.
Skaner - matn, grafika, tasvirlarni kompyuterga 
kiritishni avtomatlashtirish uchun xizmat qiluvchi 
qurilma.
Modem 
(faks-modem)- 
Modem 
modulyatsiya, 
demodulyatsiya so’zlaridan olingan bolib, uzluksiz 
signallarni raqamli (modulyatsiya) va raqamli ma’lumotlarni uzluksiz 
(demodulyatsiya) signalga almashtirib beradigan qurilmadir. Uning asosiy vazifasi 
kompyuterlararo aloqani o’rnatishdir. U o’zining kommunikatsion programmalariga 
ega bo’lib, bu programmalar yordamida uzoq masofalarga ma’lumotlarni uzatishi va 
qabul qilishi mumkin. Modem ichki va tashqi bo’ladi. 


Tarmoq platasi - kompyuterni ichki mahalliy tarmoqqa ulash imkonini 
beradi. Mahalliy tarmoq bir necha kompyuterni birlashtiradi va ma’lumot almashish 
imkonini beradi.

Download 394.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling