Amaliy mashg’ulot Yorug‘lik nurlanishi va iste’molchilarini, yorug‘lik o‘lchash asboblarining tavsiflovchi kattaliklarini aniqlash


Download 48.84 Kb.
bet1/4
Sana08.11.2023
Hajmi48.84 Kb.
#1757901
  1   2   3   4
Bog'liq
1-Amaliy mashgulot (1)


Amaliy mashg’ulot - 1.


Yorug‘lik nurlanishi va iste’molchilarini,
yorug‘lik o‘lchash asboblarining tavsiflovchi kattaliklarini aniqlash.

Har qanday jismning harorati uning tarkibidagi atom yoki molekulalarning issiqlik harakati tezligi bilan aniqlanadi. Aniqroq aytganda jismning harorati qancha yuqori bo'lsa, atom yoki moleklalarning issiqlik harakati tezligi ham shuncha katta bo'ladi. Jism harorati bilan bog'liq jarayonlarni o'rganish uchun haroratning termodinamik hamda Selsiy shkalasi qo'llanilib, ular orasida (1.1) bog'lanish mavjud. Termodinamik shkala gradusi o'lchami bo'yicha Kelvin (K) va Selsiya gradusi (°С) bir-biriga teng. Termodinamik shkala bo'yicha harorat, absolyut nol harorat deb ataladi va haroratning termodinamik shkalasida sanoq boshi sifatida qabul qilingan.


Tajriba natijalari shuni ko'rsatadiki, harorati absolyut noldan yuqori bo'lgan har qanday jism atrof muhitga issiqlik nurlanishi energiyasini tarqatadi. Bu nurlanish, tartibsiz harakatlarni bir tizimdan ikkinchisiga uzatilishini ifodalaydi. Fazoda nurlanish energiyasini uzatish elektromagnit tebranishlar tarzida sodir etiladi. Quyosh nuri (tabiiy yorug'lik), radio to'lqinlar, rentgen nurlari, qizdirilgan jismlarning ko'rinmas (infraqizil) nurlanishi va shu kabilar to'lqinli jarayonlarning har xil ko'rinishidir. Shu sababli nurlanishni to'lqin uzunligi bilan ifodalash qabul qilingan. Nurlanishning -to'lqin uzunligi va elektromagnit tebranishlarning -chastotasi nur tarqalish -tezligi bilan (1.2) shaklida bog'langan bo'lib, bu yerda - to'lqin uzunlik, vakuumda nur tarqalish tezligi, -elektromagnit tebranishlar chastotasi.
1900 yili nemis fizigi M.Plank elektromagnit tebranishlarni kvantli (zarracha) xususiyatga ega ekanligini va nurlanish energiyasini tashuvchi zarrachalar mavjudligini taxmin qildi. Bu esa, amalda zamonaviy kvant nazariyasining yaratilishiga asos bo'ldi.
1890 yil P.N.Lebedev nurlanish material zarrachalar-fotonlar oqimi ekanligini tajribada isbot qildi. Fotonlar chekli og'irlikka va havosiz fazoviy bo'shliqda nur tezligiga teng bo'lgan - tezlikka ega bo'lib, tinch holatdagi og'irligi (massasi) nolga teng. Qizdirilgan har qanday jismlarda atom atrof muhitga energiya portsiyasi-kvantini chiqaradi va nurlanish energiyasi (1.3) tenglama bilan ifodalanadi, bu yerda h- Plank doimisi ( ). Nurlanish energiyasi, boshqa energiya turlari kabi joul birlikda o'lchanadi. Ammo amalda ko'p hollarda, nurlanish energiyasini emas, balki nurlanish quvvatini bilish talab etiladi. Nurlanish quvvati vaqt birligida nurlanayotgan energiya miqdori bilan aniqlanib, nurlanish oqimi deyiladi va (1.4) tenglama bilan ifodalanadi, bu yerda: dQe - dt - vaqt ichida nurlanayotgan energiya miqdori, - nurlanish oqimi. Tabiatda uchraydigan elektromagnit nurlanishlar sohasi to'lqin uzunligining juda katta oralig'i bilan ( -nurlanishlariga tegishli 10-4 dan, sanoat chastotali o'zgaruvchan tok generatorlarining nurlanishiga tegishli 103 gacha) aniqlanadi (1-rasm).


1-rasm. Elektromagnit nurlanishlar spektri

Yoritilayotgan sirt yuzasida yorug'lik taqsimlanishini tavsiflash uchun yorug'lik oqimi tushunchasi kiritiladi. Xalqaro shartnomaga binoan nurlanish oqimining birligi sifatida Lyumen (Lm) birlik qabul qilingan. To'lqin uzunligi va quvvati 1 kVt bo'lgan monoxromatik nurlanishning yorug'lik oqimi 680 Lm ga tengligi o'lchash asosida aniqlangan (agar nurlanishning to'lqin uzunliga bo'lsa, unda 1 Vt nur oqimining yorug'lik oqimi 680 Lm ga teng bo'ladi). To'lqin uzunligi bo'lgan monoxromatik yorug'lik oqimini aniqlovchi tenglamani (1.5) shaklida yozish mumkin bo'lib, bu yerda: -to'lqin uzunligi ma'lum bo'lgan nurlanish oqimining qiymati. -ning qiymatlari jadvallardan yoki nisbiy birlikda yaqin to'lqin uzunligiga bog'liq holda chiziqlardan aniqlanadi.


Haqiqiy nurlanish manbasining yorug'lik oqimi atrof fazoda notekis taqsimlanadi. Shuning uchun, atrof fazoning har xil yo'nalishi bo'yicha nurlanishiing yorug'lik oqimi taqsimlanishini aniqlash uchun yorug'lik kuchi tushunchasi qo'llaniladi.
Yorug'lik kuchi, yorug'lik oqimining fazoga oid zichligi bo'lib, dF yorug'lik oqimining uchi manba joylashgan nuqtada bo'lgan (bu oraliqda oqim bir tekis taqsimlanadi) moddiy burchakka nisbati sifatida aniqlanadi: (1.5). Yorug'lik kuchining birligi sifatida kandella birlik qabul qilingan. Kandela ( ), platinaning qotish haroratida (erish harorati 1779°С) yuzasi (1:600000) m2 bo'lgan qora jism sirtiga perependikulyar yo'nalishda nurlangan yorug'lik kuchi sifatida aniqlanadi.
Biror yuzani yoritilishini miqdoriy ravishda baholash uchun yoritilganlik tushunchasi qo'llaniladi. Yortilganlik-sirt yuza ustiga tushayotgan yorug'lik oqimini sirtning yuziga nisbatidir. Yuzasi bo'lgan elementning yoritilganligi: (1.6) tenglama bilan ifodalanadi.
Yoritilganlik sirtga tushayotgan yorug'lik oqimini yuzaki zichligini ifodalaydi. Yoritilganlik birligi sifatida Lyuks birlik qabul qilingan bo'lib, , ya'ni - bu sirt yuzasining yoritilganligi bo'lib, shu yuzada bir tekis taqsimlangan yorug'lik oqimini hosil qiladi.


1.2-rasm


1.3-rasm

Yoritish texnikasida nuqtasimon manba uchun yoritilganlik va yorug'lik kuchining o'zaro bog'liqligini bilish muhim ahamiyatga egadir. 1.2-rasmda: yo'nalishdagi A manbaning yorug'lik kuchi; β-yuza elementiga normal bilan yorug'lik yo'nalishi orasidagi burchak.
Elementar moddiy burchakning qiymati: (1.7).
Demak, yorug'lik oqimi teng bo'ladi: (1.8)
dS2 yuza elementining yoritilganligi teng: (1.9).
Yorug'lik oqimini o'tishi yoki qaytarilishi natijasida yoritilayotgan sirt yuzalarini ifodalash uchun porlaganlik tushunchasi qo'llaniladi. Porlanganlik - nurlanayotgan sirt yorug'lik oqimini shu sirtning yuziga nisbatidir: (1.10).
Agar yorug'lik oqimini to'liq o'tkazib yuboradigan yoki qaytaradigan sirtlar bo'lsa, unda porlanganlik miqdori yoritilganlikka teng bo'ladi. Amalda hamma sirtlar ularga tushayotgan yorug'lik oqimini qisman qaytaradi yoki qisman o'tkazib yuboradi. Shuning uchun oqimning kaytarilgan qismi jismning yorug'likni qaytarish koeffitsienti bilan ifodalanadi, unda: (1.11) tenglik o'rinli bo'ladi
Ravshanlik ko'rish sezgirligini bevosita aniqlovchi yagona kattalikdir. Yorug’likni sezish darajasi yorug'lik oqimining zichligiga (yoritilganlikka) bog'liq bo'lib, (1.12) tenglama bilan ifodalanadi, bu yerda: - ko'z qorachig'iga tushayotgan nurlanuvchi sirt yuzasining yorug'lik oqimi; - sirt elementini to'rchadagi tasvirining yuzi; -ko'z muhitida yorug'lik oqimi singilishini hisobga oluvchi o'tkazish koeffitsenti (1.3-rasm). U holda, (1.13) tenglamadan (1.14) bo'lib, (1.15), ya'ni moddiy burchaklarning tengligini e'tiborga olsak, (1.16), bu yerda: (1.17) o'zgarmas kattalik. Yorug'likni sezgirlik darajasini aniqlovchi yoritilganlik (1.18) kattaligiga bog'liq bo'lib ravshanlik deb ataladi. Ravshanlik ma'lum yo'nalishdagi yorug'lik kuchini shu yo'nalishga perpendikulyar bo'lgan tekislikdagi nurlanuvchi sirt tasvirining yuzasiga nisbati bilan aniqlanib, o'lchov birligi sifatida birlik qabul qilingan.

Download 48.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling