Amaliy mashg‘uloti №-2 Mavzu: Pedagogik dasturiy vositalarni loyihalashtirish. Ishning maqsadi
Download 194.07 Kb. Pdf ko'rish
|
Amaliy mashg2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars jihozi
Amaliy mashg‘uloti №-2 Mavzu: Pedagogik dasturiy vositalarni loyihalashtirish. Ishning maqsadi. Pedagogik dasturiy vositalarni loyihalash haqida umumiy tushunchaga ega boʻlish. Dars jihozi: Shaxsiy kompyuter, videoproyektor, Audiojihozlar, Kolonka, Akustik tizimlar va boshqalar; Kutilayotgan natija: Mavzu yuzasidan bilim, malaka va koʻnikmaga ega boʻladi. Nazariy qism: Pedagogik dasturiy vositalarni yaratishda amal qilinishi zarur bo‘lgan tamoyillar (kvantlashtirish, to‘liqliligi, ko‘rgazmaliligi, tarmoqlashuvi, boshqarish, moslashtirish, kompyuterli ta’minot, to‘planuvchanligi) hisobga olinib, ularni yaratish texnologiyasini loyihalashtirish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 1) konsepsiyasini ishlab chiqish (fan standarti va mashg‘ulot o‘tkazish metodikasiga tayanuvchi o‘rgatishga mo‘ljallangan o‘qitish tizimlarini yaratishning asosiy g‘oyasini ishlab chiqish, uning mazmunli qismini tuzish); 2) loyihalashtirish (ishchi namunani, axborot bloklari va ekran shakllari andozalari to‘plamini, murojaatlar interfaolligini ta'minlovchi giperilovalar tuzilmasi tartibli sxemasini ishlab chiqish); 3) ekran shakli va axborot bloklari dizayni (aniq o‘quv jarayoni, psixologik- pedagogik xususiyatlari, ergonomika talablari, o‘quv materiallari tuzilishi va mazmuniga mos ravishda dizayn tuzilishini qurish); 4) o‘quv materiallarini elektron shaklda tayyorlash va ularni bo‘limlar bo‘yicha bir ish seansi, ya'ni bir dars uchun mo‘ljallangan elementar qismlarga–modullarga ajratish; 5) ilova tuzilmasi elementlarini to‘ldirish (tayyorlangan materiallarni ishlab chiqilgan andozalar va ekran shakllariga joylashtirish, ilovalar tizimini to‘ldirish hamda foydalanuvchi bilan qayta aloqa tashkil qilish); 6) test sinovlari va sozlash (har bir ilova, aloqa ishlari to‘g‘riligini va foydalanuvchi harakatiga dasturning javobini to‘g‘riligini tekshirish); 7) o‘quv jarayoniga tatbiq etish. Topshiriq: 1. Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish uchun qanday dasturlar zarur? 2. Pedagogik dasturiy vositalarni loyihalash deganda nimani tushunasiz? 3. Pedagogik dasturiy vositalarni loyihalashda qanday tamoyillardan foydalanamiz? 4. Pedagogik dasturiy vositalarni ISpring dasturida loyihasini tuzib chiqing? Download 194.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling