Amaliy mashg‘uloti №-2 Mavzu: Pedagogik dasturiy vositalarni loyihalashtirish. Ishning maqsadi


Download 194.07 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.06.2023
Hajmi194.07 Kb.
#1624979
Bog'liq
Amaliy mashg2



Amaliy mashg‘uloti №-2 
Mavzu: Pedagogik dasturiy vositalarni loyihalashtirish. 
Ishning maqsadi. Pedagogik dasturiy vositalarni loyihalash haqida umumiy 
tushunchaga ega boʻlish. 
Dars jihozi: Shaxsiy kompyuter, videoproyektor, Audiojihozlar, Kolonka, 
Akustik tizimlar va boshqalar; 
Kutilayotgan natija: Mavzu yuzasidan bilim, malaka va koʻnikmaga ega 
boʻladi.  
Nazariy qism:
Pedagogik dasturiy vositalarni yaratishda amal qilinishi zarur bo‘lgan 
tamoyillar (kvantlashtirish, to‘liqliligi, ko‘rgazmaliligi, tarmoqlashuvi, boshqarish
moslashtirish, kompyuterli ta’minot, to‘planuvchanligi) hisobga olinib, ularni 
yaratish texnologiyasini loyihalashtirish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1) konsepsiyasini ishlab chiqish (fan standarti va mashg‘ulot o‘tkazish 
metodikasiga tayanuvchi o‘rgatishga mo‘ljallangan o‘qitish tizimlarini yaratishning 
asosiy g‘oyasini ishlab chiqish, uning mazmunli qismini tuzish);
2) loyihalashtirish (ishchi namunani, axborot bloklari va ekran shakllari 
andozalari to‘plamini, murojaatlar interfaolligini ta'minlovchi giperilovalar tuzilmasi 
tartibli sxemasini ishlab chiqish);
3) ekran shakli va axborot bloklari dizayni (aniq o‘quv jarayoni, psixologik-
pedagogik xususiyatlari, ergonomika talablari, o‘quv materiallari tuzilishi va 
mazmuniga mos ravishda dizayn tuzilishini qurish);
4) o‘quv materiallarini elektron shaklda tayyorlash va ularni bo‘limlar bo‘yicha 
bir ish seansi, ya'ni bir dars uchun mo‘ljallangan elementar qismlarga–modullarga 
ajratish;
5) ilova tuzilmasi elementlarini to‘ldirish (tayyorlangan materiallarni ishlab 
chiqilgan andozalar va ekran shakllariga joylashtirish, ilovalar tizimini to‘ldirish 
hamda foydalanuvchi bilan qayta aloqa tashkil qilish);
6) test sinovlari va sozlash (har bir ilova, aloqa ishlari to‘g‘riligini va 
foydalanuvchi harakatiga dasturning javobini to‘g‘riligini tekshirish);
7) o‘quv jarayoniga tatbiq etish.
Topshiriq: 
1. Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish uchun qanday dasturlar zarur? 
2. Pedagogik dasturiy vositalarni loyihalash deganda nimani tushunasiz? 
3. Pedagogik 
dasturiy 
vositalarni 
loyihalashda 
qanday 
tamoyillardan 
foydalanamiz? 
4. Pedagogik dasturiy vositalarni ISpring dasturida loyihasini tuzib chiqing? 
 
 
 
 
 

Download 194.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling