Amaliy mashg‘uloti №


Biologik hosildorlik deb – ma’lum maydon birligidan yetishtirilgan hosilga aytiladi


Download 286.39 Kb.
bet2/4
Sana02.12.2023
Hajmi286.39 Kb.
#1780692
1   2   3   4
Bog'liq
6-Amaliy mashguloti

Biologik hosildorlik deb – ma’lum maydon birligidan yetishtirilgan hosilga aytiladi. Hosildorlik hamisha biologik hosildorlikka qaraganda kamroq bo‘ladi. Biologik hosildorlikda nobudgarchilik hisobga olinmaydi.
Hosilni aniqlash uchun bir gektar maydondagi ko‘chat soni, har bir tup g‘o‘zadagi ko‘saklar soni va bitta ko‘sakdan chiqadigan chigitli paxta massasini bilish kerak. Hosilni uzoq muddatli aniqlashga nisbatan terim oldidan aniqlash ancha to‘g‘ri chiqadi, chunki hamma kerakli ma’lumot yetarli va aniq bo‘ladi. Har bir agronom yoki mutaxassis hosilni aniqlashda ta’sir etadigan sharoitlar, masalan, kuzning qanday kelishi, g‘o‘za bargini to‘ktirish (defoliatsiyani o‘tkazish) muddatlarini va preparat ishlatish me’yorlarini to‘g‘ri belgilash, defoliatsiyadan keyin hosil bera oladigan ko‘sak sonini to‘g‘ri aniqlay bilishi kerak.
Ko‘chat qalinligini aniqlash paytida maydonning ikki boshidagi traktor buriladigan joy, o‘qariqlar, dala ichidan o‘tgan uvat va ariqlar hisobdan chiqarib tashlanadi.
Ma’lumotlar har bir daladan namunalar olish yo‘li bilan aniqlanadi. Namunalar soni paykalning kattaligiga bog‘liq bo‘lib, umuman har gektar yerdan bittadan namuna (maydonning diagonali bo‘yicha, paykal chetidan 10-20 m qochirib) olinadi.
Odatda, har bir namuna bir gektardagi qatorlar umumiy uzunligining mingdan bir qismi hisobidan olinadi. Buning uchun oldin qator oralari kengligini (sm hisobida) bilish kerak. Masalan, 90 sm g‘o‘za qator oralarida bir gektar yerdagi qatorlarning umumiy uzunligi 11111 m. Demak, namuna olishda buni mingdan bir qismidan (11,1 m) foydalaniladi. Ko‘chat qalinligi va ko‘saklar sonini aniqlash uchun namunadagi hamma o‘simlik soni daftarga yozib olinadi. Paykalning kattaligi 12 ga bo‘lsa, 12 joydan namuna olinadi.
O‘rta hisobda bir gektar yerdagi g‘o‘zaning tup sonini bilish uchun paykaldan nechta namuna olingan bo‘lsa, olingan namunalardagi o‘simliklar sonini bir-biriga qo‘shib, so‘ng uni olingan namuna soniga bo‘linadi, shunda bitta dala bo‘yicha bitta namunadagi o‘rtacha o‘simlik soni kelib chiqadi. Hosil bo‘lgan songa uchta nol qo‘yilsa (gektarning mingdan biri bo‘lgani uchun), bir gektardagi o‘rtacha o‘simlik soni kelib chiqadi. Ayni vaqtda, namunadagi oxirgi 10 ta o‘simlikdagi ko‘saklar soni sanaladi, ular o‘zaro qo‘shiladi va 10 ga bo‘linib, bir tup o‘simlikdagi ko‘sak soni topiladi. Shunday qilib, bir gektardagi g‘o‘zalarning tup soni va har tupdagi ko‘saklar soni ma’lum bo‘ladi. Keyin bitta ko‘sakdan chiqadigan chigitli paxtaning massasi aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich xo‘jalikning keyingi 3 yildagi o‘rtacha ma’lumotidan kelib chiqadi.
Masalan, o‘rta tolali Omad g‘o‘za navida bitta ko‘sakdan chaqadigan chigitli paxtaning massasi ko‘pincha 3,5-4,0 g, Oqdaryo-6 navida 4,5-5,0 g, ingichka tolali g‘o‘za navlarida 1,5-2,0-2,5 g keladi. Misol uchun, bir gektar yerda o‘rtacha 120 ming tup ko‘chat, bir tup o‘simlikda o‘rtacha 8,9 ta ko‘sak, bitta ko‘sakdan chiqadigan paxtaning og‘irligi 4,0 g keldi deylik. Uchchala sonni bir-biriga ko‘paytirganda gektaridan olinadigan hosil (42,7 s) kelib chiqadi.

Download 286.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling