Amaliy mashg‘uloti №


Download 286.39 Kb.
bet4/4
Sana02.12.2023
Hajmi286.39 Kb.
#1780692
1   2   3   4
Bog'liq
6-Amaliy mashguloti

Iqtisodiy zararlar. Qiymat zanjirining qaysi bosqichida bo‘lishidan qat’iy nazar mahsulotlarning miqdor yoki sifat jihatdan pasayishi foydaning kamayishiga olib keladi. Fikrimizcha, meva-sabzavot mahsulotlari nobudgarchiligidan ko‘riladigan zararlarni tahlil qilish jarayonida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri miqdor va sifat ji­hatdan ko‘riladigan zararlar yoniga bilvosita ta’sirlarni ham qo‘shib o‘rganish maqsadga muvofiq. Masalan, meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishga sarf bo‘lgan energiya, yer va suv resurslari, ishchi kuchi, transport va boshqa omillarning boshqa turdagi iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishga sarflanishi mumkinligini ham hisobga olish zarur.
Nobudgarchilikning butunlay oldini olish juda mushkul, lekin uning darajasini kamaytirish mumkin. Nobudgarchilik natijasida kelib chiqadigan iqtisodiy zararlarning oldini olishda mamlakatimizda qiymat zanjirida samarali ishlaydigan «tizim»ni yaratish maqsadga muvofiq. Bunday samarali tajribani butun respublikamiz bo‘ylab qiymat zanjirining barcha ishtirokchilari uchun keng targ‘ib qilish, yaqin kelajakda juda katta ijobiy natijalar keltiradi.
Meva-sabzavotchilik mahsulotlari nobudgarchiligini kamaytirish qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Masalan, mahsulotlarning yil davomida iste’molchilar uchun mavjud bo‘lishi, importning kamayishi va narxlarning hamyonbop bo‘lishini ta’minlaydi. O‘z navbatida, sifatli mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qilish orqali inson organizmidagi foydali vitaminlarning ortishi aholi o‘rtasida turli xil kasalliklar kamayishiga xizmat qiladi.


1-rasm. G‘o‘za ko‘saklari bilan

2-rasm. Bug‘doy boshog‘i va doni

3-rasm. Bug‘doy tupi, boshog‘i va doni



Nobudgarchilikni kamaytirishning eng maqbul yo‘li bu har bir mahsulot turi bo‘yicha talabni hisobga olgan holda yetishtirish va yig‘im-terimdan so‘ng ularni sifatli boshqarish imkoniyatlarini tizimli tahlil qilish, qiymat zanjiri faoliyatini muvofiqlashtirish zarur. Terimni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish, yig‘imdan keyingi boshqaruvni, marketingni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va foydani qatnashchilar o‘rtasida odilona taqsimlash nobudgarchiliklarni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Mamlakatimizda meva-sabzavot mahsulotlari nobudgarchiligini imkon qadar kamaytirish mahsulot yetishtiriladigan yer resurslari tejalishiga, aholini yil davomida sifatli va arzon meva-sabzavot mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash imkonini beradi. Bundan tashqari, mahsulot yetishtirishdan to yakuniy iste’molchigacha bo‘lgan jarayonlarda qiymat zanjirining barcha ishtirokchilari uchun foydani ko‘paytiradi, ularni yanada yaxshiroq mehnat qilishga, miqdor va sifat jihatdan ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi. Yig‘im-terimni yuqori darajada tashkil qilish, tashish, saralash, qayta ishlash, qadoqlash va samarali marketing va standartlarni amalda qo‘llashni joriy qilish or­qali nobudgarchilik kamayadi va jahon talabiga mos mahsulotlar tayyorlashga erishiladi. Buni mamlakatimiz miqyosida olib qaraydigan bo‘lsak, hozirgi kunda meva-sabzavotchilik, don mahsulotlarini yetishtirish va boshqa sohalarda ham klasterlarni tashki etish yuqori iqtisodiy ko‘rsatkichlarni ta’minlab hosilning nobudgarchiligini oldini olishga qaratilgan tizimlardan biri hisoblanadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

  1. Biologik hosildorlik nima?

  2. Biologik hosildorlik qanday aniqlanadi?

  3. Yig‘im-terim vaqtidagi hosil nobudgarchiligi qanday aniqlanadi?

  4. Hosil nobudgachiligini oldini olish chora tadbirlarini aytib bering?

  5. Paxta hosildorligi qanday aniqlanadi?

  6. Bitta daladagi paxta ko‘chatlari soni qanday aniqlanadi?

  7. Bugungi kunda jahon hamjamiyati oldida turgan muammolar nimalardan iborat?

  8. Hosil strukturasi deb nimaga aytiladi?

Download 286.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling