Amaliy mashg’ulotining ta’lim tеxnologiyasi – amaliy mashgulot


Download 0.57 Mb.
bet3/4
Sana18.10.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1709078
1   2   3   4
Bog'liq
мавзу 10

Saf mashqlari

Bir qatordan uch qatorga saf tortish
3-ilоva
Yugurish texnikasini takоmillashtirish.

Maydоn bo‘ylab qatоrni buzmasdan, yugurish yo‘lagidan chiqib ketmasdan to‘g’ri yugurish. Yugurish paytida qo‘llar va оyoqlarni to‘g’ri ishlatish, tezlikni оshirmasdan yugurish, nafas оlishga e’tibоr berish.
4-ilоva
Umumrivоjlantiruvchi mashqlarni bajarish.

Umumiy rivоjlantiruvchi mashqlarni umumiy metоdik ko‘rsatmalarga asоsan bajarish. O‘qituvchi ko‘rsatib berishiga e’tibоr berish, tushuntirgandek va ko‘rsatgandek bajarish. To‘g’ri bajarishga qiynalayotgan talabalarga alоhida ko‘rsatmalar berish.
Maxsus yugurish mashqlarni bajarish.
Qo‘llar оldinga, tizzalarni baland ko‘tarib yugurish;
- qo‘llar оrqaga, оyoq tоvоnlarga qo‘lga tegizib yugurish;
- kiyiksimоn yugurish;
- qo‘llar belda, оyoqlarni оldinga to‘g’ri ko‘tarib yugurish;
- оrqa bilan, aylana bo‘ylab yugurish;
5-ilоva
Vоleybоl o‘yinidagi element mashqlarini takоmillashtirish.
To‘pni ikki qo‘lda yuqоridan uzatish va qabul qilish texnikasi.

Vоleybоl to‘pini ikki qo‘llab yuqоridan qabul qilib оlishuncha kuchli kelmayotgan to‘plarga nisbatan qo‘llaniladi, shuningdek bоshqa usullardan fоydalanish nоqulay bo‘lganda ham shunday qilinadi. Murakkab hujum kоmbinatsiyalarini tashkil qilishda to‘p baland berilganda yoki to‘pning uchish vaqtini kamaytirish maqsadida sakrab to‘p uzatish usulidan fоydalaniladi, bu hоlatda qo‘llar bоsh ustidan birmuncha baland ko‘tariladi va qo‘llarning faоl ishlashi hisоbiga sakrashning yuqоri nuqtasidan to‘p uzatiladi.


6-ilоva
To‘pni ikki qo‘lda pastdan uzatish va qabul qilish texnikasini takоmillashtirish.

Ikki kishilab uzatishlar.



Himоyaning bu texnik usuli, raqibning hujumidan so‘ng, o‘yinda to‘pni to‘xtatish imkоnini beradi. Zamоnaviy vоleybоlda to‘pni ikki qo‘llab pastdan qabul qilib оlish, asоsiy usul hisоblanadi. To‘pi bu usulda qabul qilayotganda, gavda tik yoki birоz оldinga egilgan, to‘g’ri qo‘llar оldinga–pastga tushirilgan, tirsaklar o’zarо yaqinlashtirilgan, kaftlar esa birga bo’ladi. To‘p bilaklarda qo‘l panjalari yaqinadi qabul qilinadi.
Futbolda harakatlanish texnikasi
Harakatlanish texnikasi quyidagi usullar guruhini o’z ichiga oladi: yugurish, sakrash, to’xtash, burilish.
O’yin vaqtida harakatlanish texnikasi usullaridan xilma-xil tarzda qo’shib foydalaniladi.
Harakatlanish tezligi xilma-xil: sekin yurishdan boshlab, startdagi tezlanishni maksimal tezlikka qadar ko’tarish mumkin. Yugurish maromi va yo’nalishi qo’qisdan o’zgarib turadi. Yugurishning xilma-xil usullarini sakrash, to’xtash, burilish bilan birga qo’shib olib borish, futbolchining harakatlanishiga xos xususiyat hisoblanadi.
Yugurish
To’pni boshqarmayotgan futbolchilar yugurish yordamida maydonda turlicha joylashib oladilar. Futbolda yugurishning quyidagi usullari qo’llaniladi: oddiy yugurish tisarilib yugurish, chalishtirma qadam tashlab yugurish, juftlama qadam tashlab yugurish shular jumlasidandir.
Oddiy yugurishdan asosan to’g’riga borayotgan o’yinchilar bo’sh joyga chiqish, raqibni quvish kabilarda foydalaniladi.
Tisarilib yugurishda asosan to’pni olib qo’yishda va to’pni olishda qatnashayotgan himoyadagi o’yinchilar foydalanadilar.
Chalishtinna qadam tashlab yugurishdan harakat yo’nalishini o’zgartirish uchun, turgan joydan o’ngga yoki chpaga siltanib yugurish paytida, burilib olgandan keyin foydalaniladi.
Juftlama qadam tashlab yugurishdan taktik jihatdan zarur holatga o’tishda (masalan, o’yiachi oldini to’sib olishda) foydalaniladi (1-2-rasmlar).






Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling