Amaliy mashg‘ulotlar -amaliy mashg‘ulot: soat
Download 1.03 Mb.
|
Amaliy mashg\'ulot Oliy asab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Refleks yoyini aniqlash. Ishning bajarilishi.
Refleks vaqti deb, refleksning yuzaga chiqishi uchun, ta‘sirotning yoydan o‘tishi uchun ketgan vaqtiga aytiladi.
Refleks maydoni deb, refleks hosil bo‘lishi uchun tasirlanishi kerak bo‘lgan retseptorlar joylashgan joyga aytiladi. R e f l e k s yo y i b e sh q i s m d a n i b o r a t : 1.Retseptorlar. 2.Markazga intiluvchi (afferent) nerv. 3.Nerv markazi. 4.Markazdan qochuvchi (efferent) nerv. 5.Ishchi organlar. Agarda refleks yoyidagi 5 qismdan birortasi faoliyat ko‘rsatmasa refleks hosil bo‘lmaydi. Organizmdagi barcha organlar ishi, organ sistemalarining bir-biri Bilan aloqasi, faoliyatlarining o‘zaro moslashuvi, uyg‘unlashishi, orga¬nizmdagi barcha vazifalarni bir butunligi reflekslar asosida yuza¬ga keladi. Refleks to‘g‘risidagi ta’limot fransuz olimi Rene Dekart (1595-1650) tomonidan asoslangan bo‘lib, u fanga aks etish, inikos degan iborani kiritadi. U ta‘sirot sezgi organlari orqali qabul qilinib tegishli nervlar orqali miyaga borib aks etib, nervlarga qaytariladi deydi. Refleks to‘g‘risidagi ta‘limotni chex olimi Proxasko rivojlantirdi. Bosh miya katta yarim sharlar po‘s-tlog‘ining reflektor faoliyatini I.M.Sechenov va I.P.Pavlovlar kuza¬tishlar asosida to‘liq va atroflicha ochib berganlar. Refleks yoyini aniqlash. Ishning bajarilishi. Refleks yoyini aniqlash uchun baqani bosh miyasini kesib shta¬tivga osamiz va baqa tinchlanganidan keyin bir oyog‘ini 0.5% li sulfat kislotasi eritmasiga botiramiz, Baqa oyoqlarini bukib, oyog‘ini tortib oladi - hi¬moyalanish refleksi hosil bo‘ladi. Agar son sohasidan o‘tirg‘ich nervi¬ni ko‘tarib, ip bilan bog‘lab, shu bog‘langan joyning pastrog‘idan nervni kesib, 0,5% li sulfat kislotasiga baqa oyog‘ini botirsak bu¬kish refleksi hosil kuzatilmaydi, ya’ni markazga intiluvchi nerv tolasi uzulgan¬ligi uchun refleks yoyi hosil bo‘lmaydi, yoki son sohasidagi oyoq terisini aylantirib kessak retseptor, ya’ni qabul qiluvchi qism bo‘lmaganligi uchun tasirotni sezish qobilyati yuqolganligi sababli bukish refleksi hosil bo‘lmaydi. Xuddi shunday or-qa miyani jarohatlasak yana tasirotga javob ishlab chiqarilmay ref¬lektor akt ro‘yobga chiqmaydi. Demak, refleks yoyidagi birorta qism jarohatlansa reflektor jarayonlar yuzaga chiqmas ekan. Refleks maydonini aniqlash. 2-ish. Refleks vaqtini aniqlash. Ishning bajarilishi Refleks vaqti ta‘sirotchi kuchiga bog‘liq bo‘lib, uni aniqlash uchun 0,1%, 0,3%, 0,5% va 1,0% li sulfat kislotasi eritmalarini tayyor¬laymiz. Bosh miyasi ko‘z soqqalarining orqa qismi bilan olib tashlan¬gan baqani shtativga osib, tinchlanganidan keyin stakandagi 0,1% li sulfat kislotasi eritmasiga baqa oyog‘ini tushirib uni bukish vaqti¬ni paydo bo‘lishini soniyamerga qarab aniqlaymiz. So‘ngra suv Bilan oyog‘ini yuvamiz va 2-3 daqiqa o‘tgandan so‘ng 0,3% li sulfat kislota¬sining eritmasiga baqa oyoqlarini botirib refleks vaqti aniqlanadi. Xuddi shu tartibda 0,5%-1,0% li sulfat kislotasi eritmasiga bir xil chuqurlikka baqa oyog‘ini botirib bukish refleksini aniqlaymiz. kuza¬tishlar oqibatida kuchli kislota eritmasini tasiri o‘rtasidagi bog‘¬lanishni aniqlaymiz. Turli konsentratsiyaga ega bo‘lgan kislotali eritmalarning himoya refleksi hosil bo‘lish vaqtini aniqlash. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling