Amaliy mashg‘ulotlar -amaliy mashg‘ulot: soat


Download 1.03 Mb.
bet36/55
Sana09.10.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1695838
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot Oliy asab

1-topshiriq. Orqa miya.Tuzilishi va o’tkazuvchi tizimlari haqida umumiy ma’lumot bering.
2-topshiriq. Mavzuni BBB metodi orqali tushuntirib bering.

B

B

B












Amaliy mashg‘ulotlar
11-amaliy mashg‘ulot: Bosh miyaning umumiy tuzilishi (mulyajlarda o’rganish)
Amaliy ish rejasi:
1. Bosh miyaning umumiy tuzilishi (mulyajlarda o’rganish)
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Bosh miyaning umumiy tuzilishi (mulyajlarda o’rganish) haqida talabalarga ma’lumot berish.
Ta’lim metodlari: Amaliy usullar, texnologiyalar, BBB metodi.
Ta’lim vositalari: Tayanch matn, o‘quv qo‘llanmalar, ekspert tоpshiriqlar, markerlar
Kutilayotgan natija: Bosh miyaning umumiy tuzilishi (mulyajlarda o’rganish) xaqida talabalarda tushunchalarni paydo qilish.
Bajariladigan ishning mazmuni:
Kichik ma’ruza:
Bosh miya umumiy tuzilishi. Bosh miya nervlari-n.craniales Bosh miya — encephalon quyidagi bo‘limlarga bo'linadi:1) rombsimon miya — rhombencephalon. O'z navbatida rombsimon miyaikki qismdan iborat:a) myelencephalon — uning tarkibiga uzunchoq miya — medullaoblongata kiradi.b) metencephalon — uning tarkibiga ko'prik — pons va miyacha — cerebellum kiradi.2) o'rta miya — mesencepnalon.3) oldingi miya—prosencephalon. O'z navbatida oldingi miya ikki qismdan iborat:a) diencepnalon — oraliq miya;b) telencephalon — oxirgi miya.Bosh miya tarkibida uning so'g'oni — truncus encephali bo'lib, bu hosila tarkibini quyidagilar tashkil etadi.a) medulla oblongata — uzunchoq miya;b) pons — ko'prik;d) mesencephalon — o'rta miya.Bosh miya nervlari 12 juft bo'lib, bosh miya asosidan chiqadi va quyidagi nervlarni hosil qiladi:I -n. n. olfactorii hid biluv nervi; II — n. opticus — ko‘ruv nervi;III — n. oculomotorius — ko‘zni harakatga keltiruvchi nerv IV — n. trochlearis — g‘altak nervi;V — n. trigeminus — uch shoxli nerv; VI — n. abducens — ko'zni uzoqlashtiruvchi nerv; VII — П. facialis — yuz nervi;VIII _ n. vestibulocochlearis - dahliz-chig‘anoq nervi yoki eshituv- muvozanat nervi;IX — n. glossopharyngeus — til-halqum nervi; X — n. vagus — adashgan nerv; XI — n. accessorius — qo'shimcha nerv;XII — n. hypoglossus — til osti nervi.I va II juft bosh miya nervlari: hid biluv nervi - n. olfactorius hamda ruv nervi n. opticus bosh miyaning old miya qismidan taraqqiy etadi Qolgan bosh miya nervlari, to'liq holda orqa miya nervlariga mos kelmaydi Har bir nerv orqa miya nervlarining old yoki orqa ildizlarini eslatadi.mos keldi Juft bosh miya nervlari oriIa miYaning oldingi ildizlariga V, VII, VIII, IX, Xjuft bosh miya nervlari orqa miyaning orqa ildizlariga mos o'rta bo‘lib, bu nervlar tarkibida tugunlar hosil bo‘ladi.Bosh miya nervlari tarkibida, orqa miya nervlariga o‘xshash quyidagi o'zaklar bo'ladi: I) somatik sezgi o'zaklari; 2) somatik harakatlantiruvchi o'zaklar; 3) vegetativ o'zaklar. O'z navbatida vegetativ o'zaklar: a) visseral — sezgi o'zaklaridan; b) visseral—harakat o'zaklaridan hosil bo'ladi.1. Somatik sezgi o'zaklari bosimni, haroratni, tovush to'lqinlarini yoki numi qabul qilib, II, V, VIIIjuft bosh miya nervlari tarkibida bo'ladi.2. Somatik harakatlantiruvchi o'zaklar: III, IV, V, VI, VII, IX, X, XI, XII juft bosh miya nervlari tarkibida bo'ladi.3. Visseral sezgi o'zaklari ichki a’zolardan, og'iz va burun bo'shliqlaridan sezgini qabul qilib, I, V, IX, Xjuft bosh miya nervlari tarkibida bo'ladi.4. Visseral harakatlantiruvchi o'zaklar ichki a’zolar va qon tomirlar devoridagi silliq mushaklami, yurak mushaklarini va bezlami innervatsiya etib, VII, IX, X juft bosh miya nervlar tarkibida bo'ladi.12

2,Uzunchoq miya va ko’prik, Uzunchoq miya — medulla oblongata orqa miyaning davomi hisoblanadi. Uning yuqori chegarasi ko'prik bilan tutashsa, pastki chegarasi ensa suyagining katta teshigiga yoki birinchi juft orqa miya nervining chiqish sohasiga to'g'ri keladi.Uzunchoq miyaning oldingi yuzasida, orqa miyada uchragan fissura mediana anterior —- oldingi tirqish ко rinadi. Bu tirqishning ikki yon tarafida harakat o'tkazuv yo'llarining tutamlaridan tashkil topgan piramida dastasi — pyramis medullae oblongatae joylashadi. Bu dastalar orqa miyaga o'tish chegarasida qisman kesishib, decussatio pyramidum qarama-qarshi tarafga o'tadi. Kesishgan tolalar orqa miyaning yon tizimchalariga davom etadi. Kesishmagan tutamlar esa orqa miyaning oldingi tizimchalari tarkibida yo'naladi. Uzunchoq miyaning oldingi yuzasida oldingi yon egat — sulcus antero- lateralis ko'rinadi. Bu egatning lateral tarafida — oliva deb atalgan bo rtma joylashadi. Bu hosila tishsimon tuzilishga ega bo'lgan kulrang modda nucleus olivarisdan hosil bo'ladi. Bu o'zaklar muvozanat saqlaydigan oraliq markaz bo'lib hisoblanadi. Olivalar oldidagi egat — sulcus preolivaris, uning orqasidagi egat — sulcus retroolivaris shu sohadagi maydoncha — area retroolivaris deyiladi. Oldingi va orqa egatlar orasida tizimchalar — funiculus lateralis joylashadi.Uzunchoq miyaning orqa yuzasi o'rtasidan orqa miyada uchragan o'rta egat — sulcus medianus posterior joylashadi. Yon tarafida esa yon egatlar — sulcus posteriolateralis uchraydi. O'rta va yon egatlar orasida sezuvchi o'tkazuv yo'llariga mansub bo'lgan nozik dastalar — fasciculus gracilis va ponasimon dastalar — fasciculus cuneatus joylashadi. Bu dastalarning yuqori qismida nerv hujayralari to'plamidan hosil bo'lgan bo'rtiqlar uchraydi. Nozik dastalar — tuberculum gracilum, ponasimon dastalar esa — tuberculum cuneatum bilan yakunlanadi. Uzunchoq miya yuqori lateral tarafda miyacha bilan bog'lanadigan miyachaning pastki oyoqchalari — pedunculus cerebellaris inferior ga davom etadi.Ko'prikning pastki sohasi uzunchoq miya bilan birlashib, yuqoridan miya oyoqchalariga davom etadi. Yon tarafdan esa miyachaning o'rta oyoqchalari pedunculus cerebellaris medius vositasida ko'prik miyacha bilan tutashadi. Ko'prikning oldingi yuzasidan qon tomir joylashadigan egat — sulcus basilaris yo'naladi.Uning orqa yuzasi rombsimon chuqurchani tashkil qilishda qatnashib. IV qorincha bo'shlig'iga qaragan bo'ladi. Uzunchoq miya va ko'prik orasida sulcus bulbopontinus egati ko'rinadi. Miyacha bilan ko'prik sohasida burchak— angulus pontocerebellaris hosil bo'ladi. Ko'prik sohasidan miyacha va o'rta miya orasidagi miyachaning ustki oyoqchalari — pedunculus cerebellaris superior yo'naladi. Bu oyoqchalar sohasida ustki chodir — velum medullare superioir tortilgan bo'lib, ular orasidagi yugancha — frenulum veli deyiladi. Ko'prikning oldingi sohasi, uning asosi — pars basilaris pontis, orqa sohasi ko'prik tomi tegmentum pontis deyilad


3.Miyachaning tuzilishi. Miyacha — muvozanatni saqlaydigan markazlarni o'z ichiga olgan a’zo hisoblanadi. Miyachaning ikki yon tarafida miyacha yarim sharlari hemispheria cerebelli va ularning orasida chuvalchangsimon qism — vermis ko'rinadi. Chuvalchangsimon hosila sohasi miyacha tanasi — corpus cerebelli deb ataladi.Miyachaning corpus cerebelli sohasida quyidagi bo'laklar bo'ladi:1) lobus cerebelli anterior — miyachaning oldingi bo'lagi. Bu bo'lak tarkibida lingula cerebelli — miyacha tilchasi. lobulus centralis markaziy bo'lakcha. ala lobuli centralis — markaziy bo'lakcha qanotlari, culmen cho'qqisi, lobulus quadrangularis anterior — oldingi to'rt burchakli bo'lakchalar bo'ladi.2) lobus cerebelli posterior miyachaning orqa bo'lagi. Bu bo'lak tarkibida lobus simplex — oddiy bo'lakcha, lobuli semilunares — yarimoysimon bo'lakchalar, lobus gracilis — nozik bo'lakcha, pyramis — piramida, lobus biventer — ikki qorinchali bo'lakcha, uvula — tilcha, tonsilla cerebelli miyacha murtaklari ko'rinadi.3) lobus flacculonodularis-bo'lakcha — tuguncha bo'lagi. Bii bo'lak tarkibida bo'lakcha — nodulus, tuguncha — flocculus, tuguncha oyoqchasi — pedunculus flocculi Iar bo'ladi.Miyacha miyaning qismlari bilan uch juft oyoqchalar vositasida o'zaro birikadi. Miyachaning yuqori oyoqchalari — pedunculi cerebellares superiores o'rta miya bilan birikadi. Miyachaning o'rta oyoqchalari — pedunculi cerebellares medius Voroliy ko'prigi bilan tutashadi.


4. 4-Qorincha, rombsimon chuqurcha. Rombsimon miya pufagidan taraqqiy etgan: uzunchoq miya, ko'prik va miyachalar orasidagi bo'shliq IV qorinchaga aylanadi.IV qorincha oldingi sohada o'rta miya bo'shlig'idan hosil bo'lgan miya suv yo'li — aqueductus cerebri ga davom etadi va III qorincha bo'shlig'i bilan aloqa bog'laydi. IV qorinchaning pastki sohasida esa, qorincha orqa miya markaziy kanali bilan tutashadi.IV qorincha bo'shlig'i bosh miyaning subaroxnoidal bo'shlig'i bilan ham aloqa bog'laydi: qorincha chodirining cho'qqi sohasidan — apertura mediana ventriculi quarti ochilsa, rombsimon chuqurchaning yon cho'ntaklari sohasidan — apertura lateralis ventriculi quarti boshlanadi. IV qorinchaning tubi va tom qismlarini ajratish mumkin. To'rtinchi qorinchaning tomi — tegmen ventriculi quarti deyilsa uning tubini rombsimon chuqurcha — fossa rhomboidea tashkil etadi. IV qorincha tom qismida chodir—fastigium ko'rinadi Qorinchaning tom qismida yuqori va pastki chodirlar bo'ladi. Y uqori chodir — velum medullare superius miyachaning yuqori oyoqchalari orasida joylashadi. Bu sohada yuqori oyoqchalarning yuganchasi frenulum veli medullaris superior bo'ladi. Sezuvchi nerv o'zaklari bo'lgan VIIIjuft bosh miya nervi lateral cho'ntaklar sohasida joylashadi. Faqat harakat o'zaklariga ega bo'lgan VI, XIIjuft bosh miya nervlari o'rta egat atrofidan boshlanadi. Bu nervlar orasida esa vegetativ o'zagi bo'lgan VII, IX, Xjuft nervlar hujayralari joylashadi.


5.O’rta miya. O'rta miya-mesensephalon, miya oyoqchalari pedunculus cerebri va tomi — lamina tecti o'rta miya tomidan iborat.O'rta miya oyoqchalari orasida chuqurcha—fossa interpeduncularis bo'lib, bu sohada orqa ilma-teshik hosila — substantia perforata posterior va IlI juft bosh miya nervi chiqadigan egat — sulcus nervi oculomotorii joylashadi.Pedunculus cerebri - miya oyoqchalari o‘z navbatida quyidagi qismlarga bo'linadi:a) crus cerebri — oyoqchaning oldingi (ventral) qismi. Bu sohada o'rta miyaning lateral egati — sulcus lateralis mesencephali ko'rinadi.b) tegmentum mesencephali — oyoqchaning orqa (dorzal) sohasi. Bu sohada lateral qovuzloqning uchburchagi trigonum lemnisci lateralis hosil bo'ladi.O'rta miya sohasiga miyachaning yuqori oyoqchalari — pedunculus cerebellaris superior birikadi. Bu oyoqchalar orasida yuqori chodir yuganchasi — frenulum veli medullaris superioris joylashadi.O'rta miyaning hosil bo'lishida asosan ko'ruv a’zolarining ta’siri katta bo'lganligidan shu a’zolarni boshqaradigan nerv hujayralari o'rta miya sohasida joylashadi. O'rta miyaning dorzal (orqa) sohasi — o'rta miya tomi — lamina tecti mesencephali deb ataladi. Bu sohada to'rtta tepalik ko'rinadi. Yuqorigi ikki tepalik — colliculi superiores ko'ruv po'stloq osti markazi bo'lsa, ostki ikki tepalik colliculi inferiores eshituv po'stloq osti markazi hisoblanadi. Har bir tepalikdan yon tarafga hujayra o'simtalaridan hosil bo'lgan qo'lchalar — brachium colliculi superiores va brachium colliculi inferiores yo'naladi. O'rta miyaning oldingi sohasida miya oyoqchalari — pedunculi cerebri joylashadi va asos^n bosh miya bilan bog'langan o'tkazuv yo'llari tutamlaridan tashkil topadi.


6.Oraliq miya (diencephalon)ko’ruv bo’rtig’i sohasi…U ikki bolimdan iborat. Orqa sohada joylashgan bo'rtiq sohasi thalamencephalon va oldingi sohadagi bo'rtiq osti — hypothalamus yuzalari.I. Bo'rtiq sohasi o‘z navbatida 3 qismdan iborat.a) ko‘ruv b o ‘rtig'i — thalamus; b) bo'rtiqning ustki sohasi — epithalamus; d) bo'rtiqning orqa sohasi — metathalamus. а) Ko'ruv bo'rtig'i — thalamus opticus oval shakldagi kulrang modda bo'lib,oldingi uchida — tuberculum anterius, orqa qismida esa yostiqcha pulvinar yuzalari ko'rinadi. Joylashishiga ko'ra: oldingi, orqa, markaziy,medial, lateral o'zaklar bo'ladi. Bo'rtiq sohasida hamma sezgi o'tkazuv yo'li, orqa qismida esa ko'ruv nervi neyronlari joylashadi. Shu sababdan bo'rtiqni sezuv po'stloq osti markazi deyiladi. Bo'rtiqsohasi (thalamencephalon)o'z navbatida, ko’ruv bo'rtig'i,bo'rtiq orqasi va bo'rtiq usti sohalariga bo'linadi.Ko'ruv bo'rtig'i (talamus opticus) III qorinchaning ikki yon tomoniga joylashgan oval shakldagi kulrang modda to'plamidan iborat.Uning oldingi uchi torayib oldingi bo'rtiqni (tuberculum anterius),orqa uchi esa kengayib yostiqchani (pulvinar) hosil qiladi. Ko'ruv bo'rtig'iningichki yuzasi III qorincha bo'shlig'ining yon devorini, ustki yuzasi esa yon qorinchalar markaziy qismining tubini hosil qiladi.


7.Gipotalamus. Uchinchi qorincha .Bo'rtiq osti sohasi (hypothalamus) III qorinchaning tubini hosil qilishda ishtirok etadi.Uning tarkibiga ko'ruv nervi kesishmasi, ko'ruv yo'li, kulrang tepacha,quyg'ichsimon o'simta, gipofiz va so'rg'ichsimon tana kiradi. Bo'rtiq osti sohasi ikki: oldingi (regio hypothalamica anterior)yoki ko'ruv qismi (pars optica) tarkibiga kulrang tepacha (tuber cinereum),quyg'ichsimon osimta(infundibulum), gipofiz (hypophysis), ko'ruv nervi kesishmasi(chiasma opticus) va ko'ruv yo'li (tractus opticus) kiradi.Orqa (regio hypothalica posterior) yoki hidlov qismiga (pars olfactoria) so'rg'ichsimon tana, bo'rtiq osti sohasida (regio subthalamica) .Joylashishiga kora oldingi ,oraliq va orqa bo'linadi.Gipotalamusning nerv hujayralari sekret ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo'lib (neyrosekret), bu sekret shu hujayra tolalari orqali gipofizga boradi. Bu o'zaklami gipotalamusning neyrosekretor o'zaklari deyiladi.Ulargagipotalamusning oldingi sohasidajoylashgan supra optik o'zak (nucleus supraopticus) va paraventrikulyar o'zaklar (nucleus paraventricularis) kiradi.Gipotalamusni oraliq sohasida: ravoqsimon o'zak (nucleus arcuatus),oldingi va orqa media! o'zaklari (nuclei hypothalamicus ventromedialis et dorsomedialis), gipotalamusning dorsal o'zagi (nucleus hypothalamicus dorsalis), quyg'ich o'zagi (nucleus infundibularis),kulrang tepalik o'zagi (nucleus tuberalis)j-n.Yangi tug'ilgan chaqaloq oraliq miyasi nisbatan yaxshi rivojlangan bo'ladi. Ko'ruv bo'rtig'i bola 2 yoshga to'lgunicha tez o'sib kn sekinlashadi. Uning kengligi 2 yoshda 3 marta, uzunligi esa 13 yoshda 2 marta kattalashadi.Uchinchi qorincha (ventriculus tertius) oraliq miyaning o'rtasida ingichka sagital yorig' shaklida joylashgan bo'lib, oltita devori tafovut qilinadi. Uning tashqi devorini ko'ruv bo'rtig'ining ichki yuzasi, oldingi devorini oxirgi parda (lamina terminalis), gumbaz ustunlari (columna fornicis) va oldingi bitishma (commissura anterior) hosil qiladi. Gumbaz ustunlari bn ko'ruv bo'rtig'ining oldingi qismi o'rtasida qorinchalararo teshik (forameninterventriculare) joylashgan.3-qorinchaning orqa devorini orqa bitishma (commissura cerebri posterior) va (commissura habinularum)chegaralaydi. Uning ostida miya suv yo'li teshigi yotadi. Orqa devorda ikkitachuqurcha (recessus suprapinealis), hamda (recessus pinealis) bor. Uchinchi qorinchaning yuqori devorini qadoq tana va miya gumbazi ostida joylashgan.3-qorinchaning pastki devorini esa bo'rtiq osti sohasi hosil qiladi. Bu yerda 3- qorincha: voronka chuqurchasi (recessus infundibuli) va ko'ruvchuqurchasini (recessus opticus) hosil qiladi.


8.Oxirgi miya(telencephalon).Plashch.Oxirgi miya miya yarimsharlari — hemispheria cerebri dan, bu yarimsharlarning tashqi tarafmi qoplagan kulrang moddadan hosil bolgan po'stloq — pallium, yarimsharlarning ichida joylashgan bazal o'zaklardan tashkil topadi. Oxirgi miyaning bo'shlig'i yon qorinchalar -ventriculis lateralesga aylanadi.2bosh miya yarimsharlari o'zaro, oq moddadan tashkil topgan, qadoqsimon tana — corpus collosum vositasida birlashadi. O'z navbatida qadoqsimon tananing oldingi o'tkir uchi — rostrum corporis collosi, tizzasimon egilgan sohasi — genu corporis collosi; o'rta qismi tanasi — truncus corporis collosi va orqa sohasiga — splenium corporis collosi deyiladi.Har bir bosh miya yarimsharlarida: tashqi — lateral, medial va asosidagi yuzalar, peshona bo‘lagi, tepa bolagi, ensa hamda chakka bo'laklar tafovut etiladi. B. m. y o'zaro bosh miyaning bo‘ylama tirqishi — fissure longitudinalis cerebri vositasida 2ga ajraladi.Ensa sohasida esa bosh miyaning ko'ndalang tirqishi — fissura transversa cerebri bosh miya yarim shar/ini miyachadan ajratadi.


9.Yarimsharlar oq moddasi.Bazal o’zaklar.Bosh miya yarimsharining ust tomondan qoplagan po'stloq ostida oq modda qatlami yotadi. Yarimshaming oq moddasi bir-biri bn kesishib joylashgan, vazifasi, yo'nalishi va kelib chiqishi jihatidan bir-biriga o'xshamagan nerv tolalaridan iborat. Assotsiativ tolalar 1ta yarimshaming turli qismlarini bir-biri bn bog'laydi. 1. Ustki bo'ylama tutam (fasciculus longitudinalis superior) peshona bo'lagining ustki lateral yuzasi po'stlog'ini ensa, tepa va chakka bo'lagining orqa qismi bilan bog'lab turadi.2.Ilgaksimon tutam (fasciculus uncinatus) yarimsharlar peshona bo'lagining pastki oldingi yuzasini chakka bo'lagining oldingi qismi bn qo'shadi.3. Belbog' (cingulum)peshona bo'lagining medial yuzasi po'stlog'ini tepa bo'lakning medial yuzasi va chakka bo'lak po'stlog'ining orqa qismiga bog'laydi.4.Pastki bo'ylama tutam (fasciculus longitudinalis inferior) chakka bo'lagining ostki yuzasi po'stlog'ini ensa bo'lak po'stlog'i bilan qo'shadi.Komissural tolalar har 2 yarimshardagi bir xil qismlami bir-biri bn bog'laydi.Bosh miya yarimsharlarining tashqi yuzasidagi kulrang moddadan tashqari,ichki yuzasida, oq moddaning orasida joylashgan kulrang moddalarga (nerv hujayralari)-bazal o'zaklar deyiladi. Bazal o'zaklar uch xil hujayradan tashkil topgan bo'lib, ular: targ'il tana -corpus striatum; ixota -claustrum;bodomsimon tana -corpus amygdoloideum.I.Targ'il tana- corpus striatum o ‘z navbatida dumsimon o'zak-nucleus caudatus va yasmiqsimon o'zak — nucleus Ientiformis lardan tashkil topgan.Dumsimon o'zak-ko'ruv bo'rtig'ining lateral tarafida va ustida joylashadi.Bu o'zak boshchasi- caput nuclei caudati, bosh miya peshona bo'lagi sohasida joylashib, yon qorinchaning old shoxchasi devorini hosil qilishda qatnashadi.Dumsimon o'zak tanasi -corpus nuclei caudati esa, bosh miyaning tepa bo‘lagiga to'g'ri kelib, yon qorinchaning markaziy qismi lateral devorini hosil etishda qatnashadi. Bu o‘zakning dum qismi-cauda nuclei caudati yon qorinchaning pastki shoxi devorini hosil qilishda qatnashadi.Yasmiqsimon o'zak-nucleus lentiformis oq moddalar vositasida 2xil moddaga ajraladi. Lateral tarafda qobiq -putamen va ichki esa rangpar shar- globus pallidus deyiladi. Rangpar shar o'zaklari, o‘rta miyadagi qizil o'zaklar bilan bog'langan bo'lib,uning ishini zaiflashtirib (tormozlab) turadi. O'z navbatida rangpar shar o'zaklari faoliyatini dumsimon o'zak bilan qobiq o'zaklari boshqaradi. II.Ixota-claustrum o'zagi yasmiqsimon o'zakning lateral sohasida joylashadi. Bu ikki o'zak o'zaro- capsula externa deb nomlanadigan oq moddalar bilan ajraladi. Ixotaning lateral tarafidagi oq moddalar bu o'zakni orolcha pushtalaridan ajratadi va eng tashqi kapsula - capsula extrema deyiladi.III. Bodomsimon modda-corpus amygdoloideum o'zaklari nucleus amygdoloidea -bazal o'zaklar guruhiga kiradi. Bodomsimon o'zak chakka bo'lagining ichida joylashgan kulrang moddalardan tashkil topadi.


10. Bosh miya po‘slog’i.Po’stloq markazlarining joylashuvi.Bosh miya po'stlog'i (cortex cerebri) miya yarimsharlarining ustidan qoplagan kulrang modda qatlami bo'lib, juda murakkab hayotiy vazifani bajaradi. U organizmning hamma qismlari va tashqi muhitdan nerv yo'llari va sezgi a’zolari orqali kelayotgan ta’sirlami qabul qiladi, ulami tahlil qilib, bir-biriga bog'laydi (sintez). Shuning natijasida odam oiganizmi tashqi muhit ta’siriga moslashish xususiyatiga ega. 1. Harakat analizatorining o'zagi markaz oldi pushtasi va yarimshaming ichki yuzasidagi markaz yon bo'lagida (lobulus paracentralis) joylashgan. Bu sohada harakat analizatori o'zagi hujayralari po'stloqning o'rta qismlarida yotadi. Uning chuqur qavatlarida (5-6 qavat) katta piramida (Bets) hujayralari joylashgan. 2. Bosh va ko'zni bir vaqtda qarama-qarshi tomonga harakatmi ta’minlovchi analizatoming o'zagi o'rta peshona pushtasining orqa qismida (harakat oldi zonasi, 9 soha) joylashgan. 3. Ma’lum bir maqsad uchun qilinadigan harakatlar analizatorining o'zagi o'naqaylarda chap yarimshaming pastki tepa bo'lakchasining gyrussupramarginalis sida joylashgan. Bu markaz shikastlanganda mushak harakati buzilmaydi, ammo odamning ma’lum bir maqsad bilan qiladigan harakati yo'qoladi. Buni apraksiya deyiladi. 4 .Ichki a’zolar, qon tomirlaming silliq mushaklaridan ta’sir olib keluvchi analizatoming markazi harakat markazi oldida (6, 8 sohalar) joylashgan bo'lib, markazdan qochuvchi yo'llar po'stloq osti vegetativ markazlariga boradi.1. Sezgi analizatorining markazi markaz orqa pushtada j-n, 2 . 0 ‘ng va chap ustki tepa bo‘lakianda teri sezgisini bir turi, buyumlami yopiq ko‘z bilan paypaslab bilish — stereognoziya markazi j-n. 3. Eshituv analizatorining o'zagi ustki chakka pushtasi o'rtasida j-n4. Ko'ruv analizatorining o'zagi ensa bo'lagining ichki yuzasidagi sulcuscalcarinus sohasida j –n, 5.Hidlov analizatorining o'zagi chakka bo'lagining pastki yuzasidagi ilmoq, qisman gippokamp sohasida j-n.6. Maza bilish analizatorining o'zagi hidlov va maza bilish sezgilari bir-biri bn uzviy bog'liq bo'lgani uchun hidlov markaziga yaqin j-n.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling