Hozirgi vaqtda organik kimyoni o'qitish
Butlerov nazariyasi organik moddalaming elektron va fazoviy tuzilish nazariyalari asosida rivojlandi. Organik moddalarning fazoviy tuzilishini bog'lanishlar, atom orbitallarining gibridlanishi va molekulalar geometriyasi oydinlashtiradi. Bularni bilmasdan turib, moddaning xossasini tushuntirib bo'lmaydi. Organik kimyo ta'limini amalga oshirishda anorganik kimyoda o'rganilgan moddalaming tuzilishi to'g'risidagi tayanch bilimlardan foydalanish kerak. Moddalarning xossalarini ularning tuzilishiga bog'liqligini tushuntirishda kimyoviy tajribadan foydalanish yaxshi natija beradi. Masalan, bir-biriga izomer bo'lgan etil spirti bilan dimetil efir molekulalari tuzili-xiddagi farqni tushuntirib, kimyoviy xossalariga oid tajribalarni ko'rsatib, ular turli moddalar ekanligi isbotlanadi. Organik moddalar molekulalari fazoviy tuzilishini tushuntirishda molekulalarning modellarini o'quvchilar tayyorlay olishi va undan foydalanishi maqsadga muvofiqdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
Kimyo o‘qitish metodikasi. 2013
A. Abdusamatov, R. Mirzayev, R. Ziyayev. Organik kimyo. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalar uchun o‘quv qo‘lanma. T., “O‘zbekiston” 2010
M. Nishonov, S. Teshaboyev, A. Mamajonov. Anorganik kimyo 8-sinf T., “O‘zbekiston” 2004
N.G. Rahmatullayev. Kimyo o‘qitish metodikasi fanidan ma’ruzalar matni. T., TDPU 2007
Umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi. T., Sharq. 1999
Umumiy o‘rta ta’limning takomillashtirilgan Davlat ta’lim standartlari “Kimyo, fizika, matematika va informatika”. Ilmiy-uslubiy jurnali. №4. 2005
Do'stlaringiz bilan baham: |