Amaliy mashg‘ulotning ta’lim texnologiyasi
Amaliy mashg`ulоtning texnоlоgik xaritasi
Download 0.49 Mb.
|
umk
Amaliy mashg`ulоtning texnоlоgik xaritasi.
1-Topshiriq Azizada raqamli kartochkalar bor: 1 8 6 3 2 U kartochkalar yordamida qaysi eng kichik uch xonali sonni ko‘rsata oladi? U har bir kartorchkadan faqat bir martadan foydalanishi mumkin. Avvalo shartga e’tibor qaratish lozim. Bizga uch xonali son kerak. Qo’shimcha sifatida esa raqamlardan bir martadan foydalanishimiz kerak. O’sha sonlardan hosil qilish mumkin bo’lganeng kichik uch xonali sonni hosil qilishimiz kerak bo’ladi. Biz raqamlarni o’sib borish tartibida joylashtirishimiz kerak. 1<2<3<6<8 Demak, o’sha boshidagi 3 ta sonni olib son hosil qilsak kifoya. Bizning javob: 123 2-Topshiriq 9 ∙ 22 ga eng yaqin bo‘lgan javob qaysi? A) 5 ∙ 20 B) 5 ∙ 25 C) 10 ∙ 20 D) 10 ∙ 25 Bu topshiriqni bajarishda birinchi navbatda misolning javobini topib olamiz: 9∙22=208. So’ngra javob sifatida berilgan variantlarning ham javobini topib 208 soniga eng yaqinini olamiz. 5 ∙ 20=100 Bu javob 208 sonidan 108 birlik ortda joylashgan. 5 ∙ 25=125 Bu javob 208 sonidan 83 birlik ortda joylashgan. 10 ∙ 20=200 Bu javob 208 sonidan 8 birlik ortda joylashgan. 10 ∙ 25=250 Bu javob 208 sonidan 42 birlik oldinda joylashgan. Endi bu javoblarni o’sib boorish tartibida joylashtiramiz: 8<42<83<108. Bizdan eng yaqinini so’rashgan. Bu yerda eng yaqini 8 . To’g’ri javobimiz C) 10 ∙ 20 3-Topshiriq 3 + 8 = □ + 6 Tenglik to‘g‘ri bo‘lishi uchun bo‘sh katakchaga qaysi son yozilishi kerak? A) 17 B) 11 C) 7 D) 5 Bu topshirig’imizda tenglikni hosil qilishimiz kerak. Birinchi navbatda tenglikning chap tarafidagi natijani hisoblab olishimiz kerak bo’ladi: 3+8=11. Demak, tenglikning o’ng tarafidagi amalning javobi ham 11 bo’lishi kerak. Endi har bir variantdagi sonlarni qo’shib hisoblab ko’rishimiz kerak: A) 17 17+6≠11 B) 11 11+6≠11 C) 7 7+6≠11 D) 5 5+6=11 To’g’ri javob D. 4-Topshiriq Qaysi sonda 8 raqami 800 ni bildiradi? A) 1468 B) 2587 C) 3809 D) 8634 Bu topshiriq xona birliklari to’g’risida. Har bir sondagi 8 raqami qaysi sonni bildirayotganligini topishimiz kerak bo’ladi. O’ngdan chapga qarab sonlarni o’qiyotganimizda birinchi son-birlikni, ikkinchi son-o’nlikni, uchinchi son yuzlikni, to’rtinchi son-minglikni bildiradi. Shu qoida asosida sonlarni tahlil qilamiz: 1468 Bu yerda 8 raqami birinchi tartibda turganligi uchun 8(sakkiz) sonini bildirayapti. 2587 Bu yerda 8 raqami ikkinchi tartibda turganligi uchun 80(sakson) sonini bildirayapti. 3809 Bu yerda 8 raqami uchinchi tartibda turganligi uchun 800(sakkiz yuz) sonini bildirayapti. 8634 Bu yerda 8 raqami to’rtinchi tartibda turganligi uchun 8000(sakkiz ming) sonini bildirayapti. Bizga 800 soni kerak. Demak to’g’ri javob: C 5-Topshiriq Qaysi kasr qolgan kasrlarga teng emas? A) B) C) D) Bu topshiriqni bajarishda har bir variantning javobini topib qolganlariga mos emasini topishimiz kerak bo’ladi: =0,5 =0,5 =0,5 =0,25 A=B=C≠D Demak, to’g’ri javob: D 6-Topshiriq Tort 8 ta bo‘lakka kesildi. Jasur tortning 3 ta bo‘lagini yedi. Jasur tortning qancha qismini yegan? Bu topshiriqni bajarishda bizga kasrlar mavzusini yaxshi o’rganib chiqqan bo’lishimiz kerak. Tort 8 bo’lakka kesildi. 8 sonini biz maxraj qismga yozishimiz kerak. Jasur esa 3 bo’lagini yedi. Yeyilgan qismni esa suratga yozamiz. Demak, biz uchun kerakli kasr son hosil bo’ldi: 7-Topshiriq Qaysi kasr ga teng? A) B) C) D) Birinchi navbatda biz ni maxraji 4;6;8;10 ga teng bo’lgan kasrlarga aylantirishimiz kerak bo’ladi: = = = Javoblar ichida javobi mavjud. Demak, to’g’ri javob: B 8-Topshiriq Tenglik o‘rinli bo‘lishi uchun □ o‘rniga qanday raqam qo‘yish kerak? 4 · □ = 28 Bu topshiriqda □ ni noma’lum son sifatida kiritib tenglama ko’rinishiga keltirsak bo’ladi. 4·x=28 x=28:4 x=7 demak, qo’yilishi kerak bo’lgan son: 7 9-Topshiriq Jamilada 12 ta olma bor edi. U bir nechta olmani yedi va unda 9 ta olma qoldi. Qaysi sonli ifoda nima sodir bo‘lganligini to‘g‘ri tasvirlaydi? A) 12+9=□ B) 9=12+□ C) 12-□=9 D) 9-□=12 Topshiriqda 12 ta olma bor ekanligi hamda bir qancha olma yeyilganligi, 9 ta olma qolganligi haqida ma’lumot berilgan. Bunda biz 12-□=9 ifodani tuzishimiz mumkin. Endi javob variantlaridan to’g’risini topamiz. 12+9=□ bunda 12 ta olmaga yana 9 ta olma qo’shilganligi haqida ma’lumot berilgan. 9=12+□ bunda 9 ta olmaga yana 12 ta olma qo’shilganligi haqida ma’lumot berilgan. 12-□=9 bunda 12 ta olmadan bir qancha olma olingandan so’ng 9 ta olma qolganligi haqida ma’lumot berilgan. 9-□=12 bunda 9 ta olmadan bir qancha olma olingandan so’ng 12 ta olma qolganligi haqida ma’lumot berilgan. Demak, biz uchun to’g’ri javob: C 10-Topshiriq Kemada 218 nafar yo‘lovchi va 191 nafar ekipaj a’zosi bor. Kemada qancha odam bor? Masala shartida bizda yo’lovchi va ekipaj a’zolari soni berilgan. Bizdan so’ralayotgan narsa barcha odamlar soni. Demak, biz barcha odamlarni qo’shamiz: 218+191=409 ta 11-Topshiriq Bo‘yoq 5 litrlik bankalarda sotiladi. Sanjarga 37 litr bo‘yoq kerak. U nechta banka sotib olishi zarur? A) 5 B) 6 C) 7 D) 8 Masalada bo’yoq faqat 5 litrlik bankalarda sotilishi aytib o’tilgan. Sanjarga esa 37 litr bo’yoq kerak. Biz buning uchun 5 ga karrali bo’lgan hamda 37 katta bo’lgan sonni topamiz. Bu son 40 soni. 40 litr bo’yoqni 5 litrlik bankalarda oladigan bo’lsak, bizga nechta banka kerak bo’lishini topsak kifoya. 40:5=8. Sanjarga 8 ta banka zarur. Javob: D) 8 ta 12-Topshiriq 600 ta kitobni har bir qutiga 15 tadan joylashtirish kerak. Nechta quti kerak bo‘lishini aniqlash uchun quyida keltirilgan qaysi amaldan foydalanish mumkin? A) 15 ga 600 ni qo‘shish B) 600 ni 15 ga ko‘paytirish C) 600 dan 15 niayirish D) 600 ni 15 ga bo‘lish Masalada 600 ta kitobni 15 tadan qilib qutiga joylashtirish to’g’risida savol tashlangan. Buning uchun biz bo’lish amalidan foydalanamiz. Ya’ni 600 ni 15 ga bo’lish. Demak, bizda to’g’ri javob: D) 600 ni 15 ga bo‘lish 13-Topshiriq Marjonada 50 zed bor. Har bir kitobning narxi 12 zed. Marjona qancha kitob sotib olishi mumkin? Bu masala qoldiqli bo’lishga to’g’ri keladi. Ya’ni 50 ni 12 ga bo’lsak kifoya. Butun qism qancha kitob olish mumkinligi, qoldiq esa o’zida yana qancha pul qolishi mumkinligini ko’rsatadi. Bizga faqat butun son kerak: 50:12=4 (2q) Demak, 4 ta kitob olishi mumkin. 14-Topshiriq Poyezd ertalab soat 7 dan 52 minut o‘tganda birinchi shahardan chiqib, ikkinchi shaharga shu kuni kunduzi soat 11 dan 06 minut o‘tganda yetib boradi. Poyezd qancha vaqt yo‘l yurgan? Bu masalani yechishda biz ayirish usulidan foydalansak kifoya. 11:06-7:52=3 soat 14 daqiqa ( bu amalni ayirishda daqiqalardagi kichik sondan katta sonni ayirayotganda soatdan daqiqaga qarz olib bersak 100 sifatida emas, balki 60 sifatida olamiz). Demak, javob: 3 soat 14 daqiqa 15-Topshiriq Poyezd Toshkentdan ertalab soat 8:45 da jo‘nadi. U Samarqandga 2 soat 18 minutda yetib keldi. Poyezd Samarqandga soat nechada yetib keldi? 11:15 B) 11:13 C) 11:03 D) 10:53 Bu masalani bajarishda qo’shish amalidan foydalanamiz. 8:45+2:18=11:03 ( bu amalni qo’shayotganimizda daqiqalar 60 dan keyin soatga o’tib ketadi) Demak, to’g’ri javob : C) 11:03 16-Topshiriq Damir avval 4,8 km masofani mashinada, so‘ngra 1,5 km masofani avtobusda bosib o‘tdi. Damir qancha masofani bosib o‘tgan? A) 6,3 km B) 5,8 km C) 5,13 km D) 4,95 km Bu masalani yechishda qo’shish amalidan foydalansak kifoya. 4,8+1,5=6,3 km Demak, to’g’ri javob: A) 6,3 km 17-Topshiriq Boburda 10 zed bor. Tushlik uchun u bir shisha meva sharbatini 2,50 zedga, sendvichni esa 3,85 zedga sotib oladi. Bobur tushlik uchun pul to‘laganidan so‘ng unda qancha pul qoladi? A) 3,65 zed B) 6,35 zed C) 4,75 zed D) 16,35 zed Bu masalani bajarishda avval sarflangan pul miqdorini aniqlashimiz kerak. 2,50+3,85=6,35 zed. Endi esa qolgan pulni topamiz: 10-6,35=3,65 zed Demak, to’g’ri javob: A) 3,65 zed 8> Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling