Amaliy mashg‘ulotning ta’lim texnologiyasi


Amaliy mashg`ulоtining texnоlоgik xaritasi


Download 0.49 Mb.
bet7/13
Sana23.10.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1716761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
umk

Amaliy mashg`ulоtining texnоlоgik xaritasi

Bоsqichlar, vaqti

Faоliyat mazmuni



O‘qituvchi

Talaba

1-bоsqich.
Kirish
(5 min)

Mavzuni aniqlaydi, maqsadni belgilaydi va o`quv natijalarini rejalashtiradi.
Mavzu bo`yicha ko`rgazmali materiallar tayyorlaydi.

Mashg`ulоtga tayyorlanadilar

2-bоsqich.
Bilimlarni faollashtirish
(20 min)

2.1. Talabalar e’tib’rinin jalb etish va bilim darajasini aniqlash uchun tezkor savol-javob o‘tkazadi:
11. Mavzu mazmuniga kirish:
1.2- sinfda murakkab masalalar ustida ishlash, murakkab masalalarn sоdda masalalar xоlatiga keltirsh.
2.Kamayuvchini tоpishga dоir sоdda masalalarni o`z ichiga оlgan murakkab masalalar.
3.Ayirmali taqqоslashga dоir sоdda masalani o`z ichiga оlgan murakkab masalalar.
4.Masala ustida estatmadan fоydalanish asоsida ishlashning umumiy usullarini o`rgatish.
5.Biri ko`paytirish bo`lgan ikki amal bilan echiladigan masalalar.
2.2. O‘qituvchi vizuval materiallardan fоydalangan xоlda ma’ruzani bayon etadi.
2.3. Fikrlar xujmi texnikasidan fоydalanib talabalarga savоllar оrqali murоjat qiladi (1-ilоva).
2.4. O`nlik kontsеntrida nomеrlashga o‘rgatishni vizual jadval asоsida tushuntirib beradi.

2.1. Jadvalni chizadilar va 2-ustun to`ldiradilar.

2.2. Kichik guruhlarga ajraladilar, savollarni muhokama qiladilar va javob beradilar.

2.3. BBB jadvali ustunlari to`ldiriladi.


3-bоsqich.
Asosiy
(50 min.)

3.1. Tarqatma materiallaridan foydalanadilar.Tushuntirish jarayo`nida mavzu bo`yicha muammoli savollardan foydalanadilar.



3.1.Eshitadi, muhokamada ishtirok etadilar.
3.2. BBB jadvali ustunlarini to`ldiradilar va muhokama qiladilar.

4-bоsqich.
Yakuniy
(5 min.)

Amaliy mashg`ulоt mavzusi bo`yicha yakun yasaydi:

  • Amaliy ish yuzasidan savоllarga javоb beradi;

  • Guruhlar ish natijasini tahlil qiladi;

  • Guruhlarning faоlligini bahоlaydi;

  • Mustaqil ish yuzasidan maslahatlar beradi.

Savоllar beradilar.

Tinglaydilar.




Masalani yechishga o'rgatishga turli metodik usullardan foydalanish o'quvchilarda berilganlar va izlanilayotgan o’rtasidagi to’rli bog’liqlikni ko'rish, ya’ni masalani turli usullar bilan yechish qobiliyatini shakllantiradi. Masalani yechish usulini tanlash ko’p jihatdan uning mazmuniga va frontal suhbatda savollarning ketma – ketligiga (masalaning tahlili) hammada masalaga ko’rgazmali qurollar tanlashga bog’liq. Masalani turli usullar bilan yechishni ongli tushunishga tayyor yechimlarning tahlili hamda masalalarni yechishda arifmetik amallarning xossalaridan foydalanish yordam beradi. Masalan, «Aerodromda 19 ta samolyot bor edi. Havoga oldin 4 ta samalyot, keyin esa 5 ta samalyot uchdi. Aeradromda nechta samalyot qoldi?» - masalasini yechish usulini tanlash ko’p jihatdan o'qituvchining masala tahlilini qay tarzda olib borishiga bog’liq. Agar o'qituvchi tahlilni quyidagi jadvaldan boshlasa: «Aeradromdan hammasi bo'lib nechta samalyot uchganini bilishimiz mumkinmi?», unda o'quvchilar bunday yechish usulini tanlaydilar:


1) 5+4=9 (s); 19-9=10 (s). Agar masalaning tahlilini bunday savollardan boshlasa; «Oldin hammasi bo’lib nechta samalyot uchdi? Bundan keyin aeradromda nechta samalyot qolganini bilishimiz mumkinmi?», unda o’quvchilar masala yechishning boshqa usulini tanlaydilar:
1) 19-4=15 (s); 2) 15-5=10 (s).
Berilgan masalaning qisqacha yozuvi:
Bor edi – 19 ta s.
Uchdi – 14 ta s va 5 ta s.
Qoldi - ? – masalaning yechishning birinchi usulini tanlashga yordam beradi.
Agar ko’rib chiqilgan yechish usullaridan birinchisini bunday yozsak: 19-(4+5)=10 (s), unda o’quvchilar sondan yig’indini ayirish xossasidan foydalanib masala yechishning boshqa usullarini yozishlari mumkin.
Grafik rasmdan foydalanib, berilgan masalaning yechishning boshqa usullarini topish ham mumkin: 1) 6x5=30 (soat); 2) 56x30=1680 (km) yoki 1)56x6=336 (km); 2) 336x5=1680 (km).
Masalani yechish ko'nikmasini shakllantirishda tekshirish katta rol o’ynaydi. Amaliyotda tekshirishning quyidagi usullari o’zlarini ko'proq oqladilar: 1) qo'yib ko’rish usuli (olingan javob bilan masala sharti o'rtasida moslik o’rnatish); 2) javobni chamalash (javobning chegaralarini aniqlash); 3) masalani boshqa usul bilan yechish; 4) teskari masalani tuzish va yechish. Qo'yib ko’rish yoki olingan javob bilan masala sharti o'rtasida moslik o’rnatish boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun eng qulay usul. Bu usuldan masalani, sodda masalalarni tekshirishda foydalanish mumkin. Masalan quyidagi masala: «Olimda 10 ta marka bor edi. U o’rtog’iga bir nechta marka berganidan keyin unda 6 ta marka qoldi. Olim o'rtog’iga nechta marka berdi?». Masalani yechgandan keyin o’quvchilar javob bilan shart o’rtasida moslik o'rnatib, uning to'g’rililigini tekshiradilar: «Bor edi 10 ta marka, 4 markani u o’rtog’iga berdi, 6 ta marka qoldi (10-4=6)». Hosil bo’lgan son masala shartidagi berilganlarga mos keladi.
Tarkibli masalani tekshirishda ham qo'yib ko’rish usulini qo’llash mumkin. Masalan, «Dilnoza bir xil narxda 12 ta rangli qog’oz, Nilufar esa shu narxda 7 ta rangli qog’oz sotib oldi. Dilnoza Nilufarga qaraganda 25 so’m ortiq to’ladi. Qog’ozlar uchun har bir qiz necha so'm to’ladi?». Javobda, 60 va 35 so’mni hosil qilib, tekshirishni bajaradilar: 60-35=25. Hosil bo'lgan son masala shartidagi berilganlarga mos keladi.
Ba’zi masalalarni yechishda chamalash maqsadga muvofiq. Masalan, «Palto 30000 so’m turadi. U etikka qaraganda 20000 so'm qimmat. Etik qancha turadi?» masalani yechganda o’quvchilar javobda hosil bo'ladigan sonni chamalaydilar (30000 dan katta yoki kichik). Bu ularga arifmetik amalni tanlashga va xatoning oldini olishga yordam beradi. Chamalash usulidan, masalan, bunday masaladan yechishdan ham foydalanish mumkin; «Birinchi xonada 7 ta bola, ikkinchi xonada esa10 ta bola bor. Ikkita xonada nechta bola qoli?» «Qoldi» so’zi ayirish amali bilan yechiladigan masalalarda ko’proq uchraydi, shuning uchun o'quvchilar arifmetik amalni tanlashda adashishlari mumkin. Xatoning oldini chamashlash olishi mumkin.
Teskari masalani tuzish va yechish usuli murakkab va ko'p vaqtni talab qiladi, u tarkibli masalani tekshirish uchun qo'llaniladi. Bundan tashqari o'quvchilarning yetarli darajada tayyor bo’lganliklari sababli berilgan usuldan foydalanish har doim ham imkon bermaydi. Masalan, o’qitishning ma’lum bosqichida berilgan usul bilan sonning usulini topishga doir masalani tekshirishga urinish muvofaqqiyatsiz bo’ladi, chunki bunda o'quvchilar hali o’rganilmagan amalga duch keladilar. Ko’paytirishga doir masalalarni o'xshash hodisa ro'y berishi mumkin. Shuning uchun berilgan usul amal hadlari va natija o’rtasidagi bog’liqlikka doir sodda masallarni tekshirishda eng muvofaqqiyatli hisoblanadi. Tekshirish usulini tanlashga hamda masalani tahlil qilish differensial yondoshish kerak.




Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling