Amaliy mashg‘ulotning ta’lim texnologiyasi


Mavzuni o`rganish masalalari


Download 0.49 Mb.
bet3/13
Sana23.10.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1716761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
umk

Mavzuni o`rganish masalalari.
Geometrik shakllar haqidagi tasavvurlarini shakllantirish.
2. Chizma asboblari yordamida geometrik shakllarni chizishning amaliy ko`nikma va malakalarini ishlab chiqish.
3. O`quvchilarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantiradi.

1 Geometirik shakillar haqidagi tasavvurlari shakillantirishda o`qituvchi maqsad qilib quydagilarni qo'yadi:
1) Shaklning tuzilishi bajarilgan materialiga, rangiga, tekislikda shakllarning joylashishiga, katta – kichikligiga bog`liq emas;
2) shaklning tuzilishi o`zi tuzilgan elementlariga (burchaklar, uchlar, tomonlar) bog`liq. Ushbu maqsadlarning qaysilari quyidagi topshiriqlar yordamida amalga oshadi?
A) Doskada turli materiallardan, turli ranglarga bo`yalgan tomonlarning, uchburchakning to`g`ri mosligi bilan uchburchaklar va to’rtburchaklar joylashgan. O`qituvchi hamma uchbarchaklarni olib bir tomonga, to'rtburchaklarni esa ikkinchi tomonga qo`yishni iltimos qiladi.
B) O`qituvchi ingvidual geometrik shakllar yig`indisidan hamma uchburchaklarni olishni taklif qiladi. V) Plakatdagi hamma to’rtburchaklarni ko`rsating va ularning tomonlarini, uchlarini, burchaklarini sanab chiqing.
D) Turli uzinlikdagi tasmalardan va plastilin bo`laklaridan uchburchaklarni yasang.
2. O`qituvchi topshiriqni qanday maqsadda berdi: «Hamma uchburchaklarni bo`yang. (Bolalarda turli to'rtburchaklar tasvirlangan kartochkalar bor); uchburchakning nechta tomoni, uchi, va burchagi borligini sanang» va «Plakatda hamma yashil uchburchaklarni, hamma sariq uchburchaklarni, hamma katta uchburchaklarni toping va sanang»?
3. «Matematika-1» darsligida, bolalarning ko`pburchaklar elementlari haqida, ularning xususiyatlari haqida tasavvurlarini shakllantiradigan topshiriqlarni toping. Ushbu maqsadda yana qanday mashqlar berish mumkin?
Kesma bilan tanishtirganda o`quvchilar ilgari o`zlashtirgan bilimlariga tayanish kerak; kesmalarni, nuqtalarni, ko`pburchaklarda, to`g`ri predmetlarda kesmalarni, nuqtalarni bolalarga to`g`ri ko`rsatishni o`rganish; amaliy mashg`ulotlarni taklif qilish. Berilgan ko`rsatmalarni «kesma» mavzusini o`rganishda aniqlashtiring.
4.. O`quvchilar to`g`ri burchak bilan tanishadigan dars lavhalarini ko`rib chiqing. Qanday yondashishni tanlaysiz? Nima uchun? To`g`ri burchak tushunchasini shakllantirish maqsadida qanday amaliy topshiriqlarni taklif qilish mumkin? Qanday mashqlar yordamida to`g`ri burchak modelidan foydalanish ko`nikmasi shakllanadi?
I-variant.
Darslikdagi rasmni ko`rib chiqish taklif qilinadi.

Keyin bolalar qog`oz varaqlaridan to`g`ri burchak modelini yasaydilar. Uning yordamida darslikdagi rasmning to`g`ri burchaklarini topadilar.


II-variant.
Doskada to`g`ri burchaklari bo`lgan va bo`lmagan ko`pburchaklar yopishtiriladi. Bolalarga to`g`ri bo`lgan va to`g`ri bo`lmagan burchaklar borligi aytiladi. Chizmali burchakda to`g`ri burchak ko`rsatiladi. O`quvchilar predmetlarning (daftar, kitob, parta) to`g`ri burchaklarini topadilar. Bolalarga burchakning to`g`rililigini ko`z bilan aniqlash qiyin. Buni tekshirish uchun to`g`ri burchak modelidan foydalanish kerak. Ushbu modelni o`zingiz yasashingiz mumkin. O`qituvchi rahbarligida to`g`ri burchakning modeli yasaladi, keyin undan to`g`ri burchakni aniqlash maqsadida foydalanadilar.


2-mavzu

Grafik ko‘rinishdagi ob’ektlar ustida ishlash metodikasi. Jadval va diagrammalar bilan ishlash metodikasi. Simmetriya o`qi, markaziy simmetriya.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling