Amaliy matematika fakulteti Iqtisodiyot kafedrasi tarmoqli iqtisodiyot
Download 41.29 Kb.
|
TARMOQ IQTISODIYOT nazorat ishi 3 kurs 2 (2)
Qoramolchilik - chorvachilikning asosiy sohalaridan biri, aholini goʻsht, sut mahsulotlari hamda yengil sanoatni teri va boshqa xom ashyo bilan taʼminlaydi. q. chiqindisi boʻlgan goʻng dehqonchilikda yerlar unumdorligini oshirishda keng qoʻllaniladi (baʼzi mamlakatlarda qoramoldan ish hayvoni sifatida foydalaniladi). Qoramolchilik xoʻjalik tarmogʻi sifatida yovvoyi qoramol turlari xonakilashtirilgan paytdan paydo boʻlgan. Dastlab qoramoldan goʻshti uchun hamda ish hayvoni sifatida foydalanilgan. Sut isteʼmol qilina boshlagach, odamlar undan yogʻ, pishloq va boshqa mahsulotlar tayyorlashni oʻrgandilar, natijada sut Qoramolchilikining ahamiyati oshdi, sut sanoati shakllandi.
Bugungi kunda Andijon viloyatida “Baraka hamkor parranda” MCHJga 50 gektar, shundan, 22 gektar ozuqabop ekinlar uchun yer ajratildi va mavjud naslli parranda bosh soni 22,7 ming bosh (ROSS-308 kross) boʻyicha reproduktor xoʻjalik tashkil etildi. Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasida «Eko agro kapital» MCHJda reproduktor xoʻjaligi tashkil etish loyihasi boʻyicha qurilish ishlari olib borilmoqda va bir kunlik naslli joʻjalarni xorijdan keltirish boʻyicha shartnomalar rasmilashtirilgan. Viloyatlar hokimliklari, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga “Oʻzbekiston paхta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi hamda paхta-toʻqimachilik, gʻallachilik va sholichilik klasterlari bilan birgalikda 500 – 1 000 boshga moʻljallangan chorvachilik komplekslarini tashkil etish topshirildi. Oʻzlashtiriladigan va boʻsh turgan yer maydonlari goʻsht va sut mahsulotlarini yetishtiruvchi va qayta ishlovchi korхonalarga ochiq elektron tanlov asosida ijaraga beriladi. Tanlovda aholi хonadonlariga chorva ozuqasini yetkazib berish sharti bilan chorva mollari yetkazib berishni tashkil etgan korхonalar ishtirok etishlari mumkin. Ozuqa bazasini yetishtirish uchun sugʻoriladigan yer maydonlari yetishmovchiligi mavjud boʻlgan tumanlarda kooperatsiya usulida goʻsht va sut mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashni yoʻlga qoʻygan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga Qoraqalpogʻiston va viloyatlarda ochiq elektron tanlov asosida sugʻoriladigan yerlar ajratiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling