Amaliy matematika kafedrasining 2022 kalendar yilidagi №4 sonli ilmiy va ilmiy-uslubiy seminari bayonnomasidan ko’chirma
Download 12.08 Kb.
|
Z.Qurbonov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kun tartibi: Z.Qurbonovning “Bulutli texnologiyalar va ularning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi o‘rni”
- “Bulutli texnologiyalar va ularning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi o‘rni”
- Ta’lim muassasalarining bulut xizmatlaridan foydalanish afzalliklari
- Ushbu masala yuzasidan kafedra yig’ilishi qaror qiladi
- Ilmiy seminar raisi: prof.O.Shukurov Ilmiy kotib: Y.Boboxonova
Amaliy matematika kafedrasining 2022 kalendar yilidagi № 4 sonli ilmiy va ilmiy-uslubiy seminari bayonnomasidan ko’chirma Qarshi shahri 27.10.2022 Qatnashdilar: Fakultet dekani t.f.n., dots. N.Eshqorayeva, kafedra mudiri f.-m.f.f.d.(PhD) O.Djabborov, kafedra a’zolari: f.-m.f.d. prof. O.Shukurov, dots..v.b. Z.Qurbonov, dots..v.b. E.Eshboyev, katta o’qituvchilar B.Shovaliyev, Sh.Shoyqulov, o’qituvchilar I.Xurramov, M.Matanov, F.Boymurodov, F.Klicheva, R.Pirova, A.Bozorov, Y.Boboxonova va 2-kurs magistrlari. Kun tartibi: Z.Qurbonovning “Bulutli texnologiyalar va ularning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi ilmiy seminar tahlili Eshitildi: Yig’ilishni kafedra professori O.Shukurov olib bordi. U “Bulutli texnologiyalar va ularning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusida seminar ma’ruzasi uchun so’zni Z.Qurbonovga berdi. Z.Qurbonov seminar mavzusi “Bulutli texnologiyalar va ularning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi o‘rni” ekanligini aytib, ma’ruzada quyidagilarga to’xtaldi. Bulutli dasturlar texnologiyasi - bu Internetga asoslangan platforma, bu resurslar serverdan mijozga tarmoqlar kanallari orqali ma'lumot yetkazadi. Shu sababli, texnologiya yorug'lik tezligida yangilanayotgan hozirgi dunyoda qaysi texnologiyaga o'tish kerakligini va texnologiyadan to'g'ri foydalanishni bilish juda muhimdir. Shunday qilib, bulutli texnologiyalarning mashhurligi va Internetning salbiy ta'siriga qaramay, u eng tezkor texnologiya bo'lib qoladi va u bugungi bozorning so'nggi tendentsiyasiga aylandi. Demak, undan foydalanishning maqsadi butun dunyo bo'ylab xaridorlarni bir-biriga bog'lash orqali resurslarni diversifikatsiya qilish va o'z vaqtida kerakli resurslardan foydalangan holda ushbu sohadagi mijozlarini saqlab qolish orqali biznes foydalanuvchilariga o'z bozorlarini kengaytirishga imkon berishdir. Ta’lim muassasalarining bulut xizmatlaridan foydalanish afzalliklari: Dasturiy ta’minotga sarflanadigan mablag‘larni tejash. Masalan, Office Web Apps texnologiyasini ishlatgan holda, hujjatlar, prezintatsiyalar, electron jadvallar va xokazo hujjatlar bilan ishlovchi ofis texnologiyalarini sotib olmasa ham bo‘ladi. IT-mutaxasislarga sarflanadigan mablag‘larni tejash. Aniq belgilangan narx evaziga bulutli platformalardan foydalanish jarayonida, ma’lum IT-mutaxassislar xizmatlaridan foydalanmaslik mumkin. Xonalarga bo‘lgan talabning yo‘qligi. Ko‘p turdagi o‘quv ishlarini onlayn tarzda amalga oshirish mumkin, shu qatorda ta’lim beruvchilar tomonidan onlayn tarzda nazorat qilinishi va baholanishi mumkin. Xulosa. Bugungi kunda Google Drive xizmatlaridan tashqari, boshqa kompaniyalar ham ta’limda qo‘llash mumkin bo‘lgan imkoniyatlarga ega bulut xizmatlarini taqdim etmoqda. Bulut xizmatlarini taqdim etuvchi kompaniyalar va ularning mahsulotlari haqida ma’lumotlar to‘plandi va yoritib berildi. Ma’ruza taqdimotlar bilan tashkil etildi. Ma’ruzachi seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga javob berdi. 1-savol: Bulut texnologiyalaridan O’zbekistonda mavjud milliy texnologiyalar haqida gapirsak buladimi? Javob: O’zbekistonda FileCloud.uz bulutli texnologiyasi mavjud va undan foydalanish afzalliklari haqida ishda batafsil yoritib o’tilgan. Shundan so’ng seminar raisi O.Shukurov so’z olib, seminarda qilingan ma’ruza hozirgi kunda dolzarb ekanligini, shuningdek turli sohalarda keng qo’llanilishini ta’kidlab o’tdi. Ushbu masala yuzasidan kafedra yig’ilishi qaror qiladi: Kafedra o’qituvchisi Z.Qurbonovning “Bulutli texnologiyalar va ularning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi ma’ruzasi qoniqarli deb topilsin. Ushbu seminar mavzusidagi ma’lumotlardan professor o’qituvchilar va talabalar foydalanishi uchun imkoniyatlar yaratib berilsin. Ilmiy seminar raisi: prof.O.Shukurov Ilmiy kotib: Y.Boboxonova Download 12.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling