Amaliy matematika kafedrasining 2022 kalendar yilidagi №4 sonli ilmiy va ilmiy-uslubiy seminari bayonnomasidan ko’chirma
Download 15.29 Kb.
|
A.Xurramov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kun tartibi: A.Xurramovning “Miqdoriy alomatlarning ustunlik intervallarini qurish mezonlari”
- “Miqdoriy alomatlarning ustunlik intervallarini qurish mezonlari”
- Masalaning qo’yilishi.
- Yechish metodi
- Ushbu masala yuzasidan kafedra yig’ilishi qaror qiladi
- Ilmiy seminar raisi: prof.O.Shukurov Ilmiy kotib: Y.Boboxonova
Amaliy matematika kafedrasining 2022 kalendar yilidagi № 4 sonli ilmiy va ilmiy-uslubiy seminari bayonnomasidan ko’chirma Qarshi shahri 27.10.2022 Qatnashdilar: Fakultet dekani t.f.n., dots. N.Eshqorayeva, kafedra mudiri f.-m.f.f.d.(PhD) O.Djabborov, kafedra a’zolari: f.-m.f.d. prof. O.Shukurov, dots..v.b. Z.Qurbonov, dots..v.b. E.Eshboyev, katta o’qituvchilar B.Shovaliyev, Sh.Shoyqulov, o’qituvchilar I.Xurramov, M.Matanov, F.Boymurodov, F.Klicheva, R.Pirova, A.Bozorov, Y.Boboxonova va 2-kurs magistrlari. Kun tartibi: A.Xurramovning “Miqdoriy alomatlarning ustunlik intervallarini qurish mezonlari” mavzusidagi ilmiy seminar tahlili Eshitildi: Yig’ilishni kafedra professori O.Shukurov olib bordi. U “Miqdoriy alomatlarning ustunlik intervallarini qurish mezonlari” mavzusida seminar ma’ruzasi uchun so’zni A.Xurramovga berdi. A.Xurramov seminar mavzusi “Miqdoriy alomatlarning ustunlik intervallarini qurish mezonlari” ekanligini aytib, ma’ruzada quyidagilarga to’xtaldi. Tadqiqot maqsadi. Umumlashgan ko‘rsatkichlarni hisoblash orqali tajriba berilganlar bazasidan bilimlarni ajratib olish va ularni bilimlarini tasvirlash modellarida ifodalash tadqiqot maqsadi hisoblanadi. Metodika sifatida turli toifadagi, miqdoriy va nominal alomatlar fazosida umumlashgan ko‘rsatkichlarni hisoblash imkonini beruvchi ustunlik intervallari usuli qo‘llaniladi va olingan bilimlarni noaniq mantiq modelida tavsiflash amalga oshiriladi. Masalaning qo’yilishi. Standart ravishda qo’yilgan obrazlarni anglash masalasi qaraladi. Ikkita op’zaro kesishmaydigan sinflar vakillarini o’z ichiga olgan obyektlar to’plami berilgan deb hisoblanadi. Obyektlar n ta turli toifadagi (miqdoriy va sifat) alomatlar bilan tavsiflangan bo’lib, ularning tasi intervallarda (I to’plam), tasi nominal (J to’plam) o’lchamlarda o’lchanadi. Har bir miqdoriy alomat uchun, chekalarida “holat” yoki “noholat” sinfi ustun bo’lgan intervallarni tanlash masalasi tadqiq qilinadi. Ixtiyoriy mumkin bo’lgan obyektning miqdoriy alomatining qiymati ustunlik intervallarining birortasiga ham tushmagfan holati mazkur tadqiqotda qaralmaydi. Yechish metodi: Umumlashgan ko’rsatkichlarni hisoblashning interval usuli: Berilgan c alomatning qiymatlari o’sish bo’yicha tartiblanadi: (1) Aytaylik, - mos ravishda intervaldagi sinflar vakillari miqdori bo’lsin. qiymatlarini va sinf ustunligi indekslarini tanlash (2) mezoni bo’yicha aniqlanadi. obyektining umumlashgan bahosi (3) Formulasi bilan hisoblanadi. Bu yerda va ta gradatsiyali nominal qiymatlari to’plamga tegishli qaraladi. Xulosa. Obyektlarning umumlashgan baholariga sifatli izoh berish tibbiyot sohasidagi mutaxasislar vakolatida bo’lgan holda olingan natijalarga ko’ra xulosa beriladi. Aniqlangan bilimlar intellectual axborot tizimlari uchun bilimlar bazasini yaratishda manba bo’lib xizmat qiladi. Ma’ruza taqdimotlar bilan tashkil etildi. Ma’ruzachi seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga javob berdi. Shundan so’ng seminar raisi O.Shukurov so’z olib, seminarda qilingan ma’ruza hozirgi kunda dolzarb ekanligini, shuningdek turli sohalarda keng qo’llanilishini ta’kidlab o’tdi. Ushbu masala yuzasidan kafedra yig’ilishi qaror qiladi: Kafedra o’qituvchisi A.Xurramovning “Miqdoriy alomatlarning ustunlik intervallarini qurish mezonlari” mavzusidagi ma’ruzasi qoniqarli deb topilsin. Ushbu seminar mavzusidagi ma’lumotlardan professor o’qituvchilar va talabalar foydalanishi uchun imkoniyatlar yaratib berilsin. Ilmiy seminar raisi: prof.O.Shukurov Ilmiy kotib: Y.Boboxonova Download 15.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling