Amaliy matematika va axborot texnologiyalari


Download 4.12 Kb.
Sana29.03.2023
Hajmi4.12 Kb.
#1306511
Bog'liq
Hasanov Boymuhammadning Kafedra faoliyati bo\'yicha hisoboti


Termiz Davlat Universiteti magistratura bo’limi "Amaliy matematika va axborot texnologiyalari" mutaxassisligi 2-kurs magistranti Hasanov Boymuhammadning Kafedra faoliyatini tashkil etish bo'yicha meyoriy hujatlarni o'rganish va o'rganish natijalari to'g'risida
Hisoboti
Men Kafedra faoliyatini tashkil etish bo'yicha meyoriy hujatlarni Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti proffesor o'qituvchilari tomonidan tuzilgan Fakultet va Kafedralarda ish yuritishning asosiy hujatlarni rasmiylashtirish bo'yicha uslubiy qo'llanmadan foydalangan holatda Termiz Davlat Universiteti Axborot texnologiyalar Fakulteti faoliyati bilan taqqoslagan holatda o'rganib chiqishga harakat qildim. Ushbu uslubiy majmua 2-bo'limi Fakultet meyoriy hujatlarni va ularning tavsiflari va namumaviy ish rejalar orqali batafsil aytib o'tilgan. Kafedra faoliyatini tashkil etish bo'yicha meyoriy hujjatlari quydagilarni o'z ichiga oladi: Kafedra majlislarining ish rejasi, Kafedra majlisining bayonnomasi ,Kafedra proffesor-o'qituvchilarining o'quv yuklamasi, o'quv-uslubiy, ilmiy tadqiqot va ustoz-shogirt ishlarini belgilash qoidalari, Kafedra kurs ishlarini bajarish bo'yicha uslubiy ko'rsatma, amaliyot hisobotlarini yozish va himoya qilish tartibi, Kafedra o'quv adabiyotlarini nashr etish rejasi, Kafedra ilmiy tadqiqot ishlari va inovatsiyalar yillik rejasi, Kafedraning iqtidorli talabalari ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish rejasi, Kafedra ma'naviy ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar rejasi, Kafedraning xalqaro hamkorlik bo'yicha ish rejasidan iborat. Kafedra majlislar ish rejasi har bir oy va shu oylarda muhokama etiladigan masalalar va uni ijrosi uchun masul shaxs belgilab qo'yiladi. Kafedra majlislari bayonnomasii raislik qiluvchi, uning kotib va kengash a'zolari bilan birgalikda kun tartibiga bir nechta masalalar kengash tomonidan ko'rib chiqiladi va a'zolar ovoz berish yo'li bilan tasdiqlanadi. Kafedra o'quv, ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy-uslubiy masalalar yuzasidan farmoyishlar qabul qilish mumkin.Men o'rganishlar natijasida ko'plab meyoriy hujjatlari va uni tuzish tartibi haqida ma'lumotlarga ega bo'ldim.
Download 4.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling