Matematika fakulteti "Mexanika va matematik modellashtirish" kafedrasining 2023 yil 21 fevral 14-sonli majlisining bayonnomasi qatnashdilar
Download 47.05 Kb.
|
Баённома2022-2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- KUN TARTIBI
- Kun tartibidagi masalalarni muhokamasi
- QAROR QILINDI
Matematika fakulteti "Mexanika va matematik modellashtirish" kafedrasining 2023 yil 21 fevral 14-sonli majlisining BAYONNOMASI QATNASHDILAR: Kafedra mudiri prof.Ahmedov A.B.,prof Begmatov A.,prof. Xaldjigitov A.A., prof.Korshunova N.A., Zokirov A.X., dostent v.b. Mamatova N.T., dotsent. Ro'zmatov M.,o'qituvchi. Ibodullayev Sh.R.,tayanch doktorant Xolmanov N., tayanch doktorant Tilovov O.O'., kabinet mudiri Axunbabayeva V.A KUN TARTIBI: 1. O'zRFA Mexanika va inshoatlarning seysmik mustahkamligi instituti bilan ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash va ilm-fan sohasidagi muloqot hamda ishlab chiqarish bilan hamkorlikdagi ishlarni amalga oshirish. 2.Sanoat ventelyatsiya konditsionerlash jihozlarini ishlab chiqarish zavodi, Toshkent sovutish jihozlarini ishga tushurish maxsus boshqarmasi bilan hamkorlik ishlarini yo'lga qo'yish va talabalarni tanishtirib borish va ularni ishlab chiqarish bilan bog'liq ishlarga jalb etish. 3.Matematika fakulteti talabalariga 2022-2023 o'quv yilining birinchi yarim yilligi uchun qayta yakuniy nazorat olish haqida. Kun tartibidagi masalalarni muhokamasi: Birinchi masala yuzasidan "Mexanika va matematik modellashtirish" kafedra mudiri A.B.Axmedov so'zga chiqib, kafedra professor va o'qituvchilariga o'quv rejasi bo'yicha O'zRFA Mexanika va inshoatlarning seysmik mustahkamligi institute bilan tuzilgan shartnomalarga asosan 2-kurs magistratura talabalari ilmiy-amaliyot (stajirovka)ga 2023 yil 6 fevraldan 2023 yil 20 maygacha yuborilganligini aytib o'tdi. Amaliyot davrida 2-kurs magistr talabalarini shaxsiy ish rejalarini ilmiy rahbarlar muntazam ravishda nazorat qilib turishlari, shu bilan birga ilmiy pedogogik kadrlarni tayyorlash va ilm-fan sohasidagi muloqat, hamda ishlab chiqarish bilan hamkorlikdagi ishlarni amalga oshirish kerakligini ta'kidladi. Ikkinchi masala yuzasidan Zakirov A.X. so'zga chiqib, Sanoat ventelyatsiya konditsionerlash jihozlarini ishlab chiqarish zavodi, Toshkent sovutish jih.larini ishga tushurish maxsus boshqarmasi bilan hamkorlik ishlarini yo'lga qo'yish, talabalarni tanishtirib borish va ularni ishlab chiqarish bilan bog'liq ishlarga jalb qilish. Bu ishlarni amalga oshirishda ularni ilmiy rahbarlar nazorat qilib turishlarini tushuntirdi. Uchinchi masala yuzasidan kafedra mudiri A.B.Axmedov so'zga chiqib,Matematika fakulteti 4-kurs kunduzgi va kechki bo'lim imtihonga kelmagan va qoniqarsiz ball olgan talabalardan qayta nazorat ish olinishini aytdi va professor-o'qituvchilarga jadval asosida imtihonga o'z vaqtida kelishlarini tushuntirdi. QAROR QILINDI: 1."Mexanika va matematik modellashtirish" kafedrasi 2-kurs magistrlarini inshootlarda o'z vaqtida amaliyot o'tashlarini ilmiy rahbarlar nazorat qilishsin va ishlab chiqarish bilan bog'liq ishlarga jalb qilinsin. 2.4-kurs kunduzgi va kechki bo'lim talabalarini imtihonga o'z vaqtida va to'liq kelishlari ta'minlansin. Download 47.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling