Matematika fakulteti "Mexanika va matematik modellashtirish" kafedrasining 2023 yil 21 fevral 14-sonli majlisining bayonnomasi qatnashdilar


Download 47.05 Kb.
bet8/10
Sana13.04.2023
Hajmi47.05 Kb.
#1356259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Баённома2022-2023

QAROR QILINDI:

  1. Fanlarni o’zlashtiraolmagan , imtihonda qoniqarsiz ballar olgan Ergashev Bahrom ,Yo’ldoshev Sanjar bilan muntazam shug’ullanilsin.

  2. O’zaro darsga kirish va ochiq ma’ruzalar jadallashtirilsin .

Kafedra mudiri:________ Axmedov A.B


Majlis kotibi :________ Axunbabayeva V.A

MATEMATIKA FAKULTETI
"Mexanika va matematik modellashtirish" kafedrasining 21.02.2023 yildagi
13-sonli majlis bayonnomasi.
QATNASHDILAR: Kafedra mudiri prof.Axmedov A.B., prof.Begmatov A.,prof.Xaldjigitov A.A., prof.Korshunova N.А., dot. Zokirov A.Х., dot. Mamatova N.Т.,katta o’q. Ibodullaev Sh.R.,tayanch doktorant Xolmanov N.Y.,tayanch doktorant Tilovov O.O’., kabinet mudiri Axunbabaeva V.A.
KUN TARTIBI:
1.Kredit-modul tizimida mustaqil darslarni tashkil etish.
2.Kredit-modul tizimida akademik qarzdor talabalar bilan ishlash.
3."Mexanika va matematik modellashtirish" kafedrasi o'qituvchisi Ibodullayev Sh.R.ni katta o'qituvchi lavozimiga tavsiya etish.
4."Mexanika va matematik modellashtirish" kafedrasi 1-kurs magistrlariga dars
soatlarini taqsimlash haqida.
5.Turli masalalar.
ESHITILDI :
Birinchi masala yuzasidan kafedra mudiri A.B.Axmedov so'zga chiqib, O'zbekiston respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirining Oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayoniga kredit modul tizimini joriy etishning tashkiliy masalalariga taalluqli xujjatlar namunalarini tasdiqlash to'g'risidagi buyrug'i yuzasidan:
a) Ta'lim dasturi katalogida aks ettirilishi lozim bo'lgan ma'lumotlar;
b) Fanlar katalogi;
v) Ta'lim to'g'risidagi kelishuvda aks ettirilishi lozim bo'lgan ma'lumotlar;
g) Ta'lim to'g'risidagi ma'lumotnomada aks ettirilishi lozim bo'lgan ma'lumotlar
d) Stajirofkani o'tish to'g'risidagi sertifikatda aks ettirilishi lozim bo'lgan
ma'lumotlar;
e) Talabaning shaxsiy ta'lim trayektoriyasi;
j) Baholarni konvertasiya qilish jadvali;
z) Stajirofkani o'tash bo'yicha kelishuvda aks ettirilishi tavsiya etiladigan
ma'lumotlar haqida tushuncha berdi.
Ikkinchi masala kredit-modul tizimida akademik qarzdor talabalar bilan ishlash. Kafedra mudiri so'zga chiqib, dars jarayoni reja bo'yicha olib borilayotgani, darslarga vaqtida kirish kerakligini, darslarni buzish kabi hollar bo'lmasligini aytdi.Shu bilan birga o'tilgan dars mavzulari, talabalarning davomati bilan bir
vaqtda professor-o'qituvchilar shaxsiy reja jurnali va guruh jurnallariga qayd qilish, darslarni qat'iy kalendar rejaga mos olib borish ta'kidlab o'tildi. Dars jarayonining borishi, undagi kamchiliklar va ularni bartataf etish yo'llari, kredit-modul tizimida akademik qarzdor talabalar bilan muntazam ishlash haqida muhokama qilindi. Kafedra mudiri professor-o'qituvchilardan talabalarning darslarga qatnashishi haqida ma'lumot berishlarini so'radi.
Uchinchi masala yuzasidan "Mexanika va matematik modellashtirish"
Kafedra mudiri A.B.Axmedov so'zga chiqib,kafedra o'qituvchisi Sh.Ibodullayevning 2021-2022 o'quv yilida erishgan yutuqlari, ilmiy pedogogik faoliyati, kafedra jihoziga bo'lgan yordami haqida ma'lumot berdi;
Ibodullayev Sherzodning ilmiy pedogogik staji 6 yil bo'ldi. Shu davr ichida o'q.
Sh.R.Ibodullayev fakultet va kafedrada ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy ishlar olib borishda va jamoat ishlarida faol ishtipok etib keladi. U 2020 yildan hozirga qadar matematika fakultetida "Kelajak mexaniklari" to'garak rahbari sifatida, bakalavr va magistr talabalar bilan Mexanika amaliy masalalarni kompyuterda modellashtirishni o'rgatib bormoqda. Uning rahbarligi ostida Mexanika yo'nalishi talabalari universitet, Oliy va o'rta-maxsus ta'limi vazirligi va respublika miqyosidagi robototexnika va mexatronika sohalaridagi nufuzli musobaqalarda sovrinli o'rinlarni egalladilar. Jumladan 4-kurs talabasi Rajabov Maxmud "Smart innovasiya xonasi" loyihasi universitet rektorati tomonidan uch million so'mlik mukofot bilan taqdirlandi. Shuningdek, Sh.R.Ibodullayev 12 ta ilmiy maqola, shulardan 5 tasi (Scopus), 10 dan ortiq tezislar chop ettirganligini ma'lum qildi. Hozirgi paytda Ibodullayev Sherzod Moskva transporti universiteti olimlari bilan ilmiy hamkorlik ishlarini yo'lga qo'ygan.
Yuqoridagilarni xulosa qilgan holda Respublika yosh olimlar Kengashi a'zosi
(2021 yil,№289) o'q. Ibdullayev Sherzodga katta o'qituvchi vazifasini bajaruvchi
lavozimiga tavsiya etishni taklif qilaman. Ushbu taklif fakultet Kengashi a'zolari tomonidan ma'qullandi.
To'rchinchi masala 1-kurs magistrlariga dars soatlarini taqsimlash haqida. Ushbu
masala yuzasidan A.B.Axmedov so'zga chiqib, 1-kurs magistrlariga uchta fandan
dars soati qo'yilishi,ya'ni:
1)Tutash muhitlar mexanikasi tanlangan boblari-60 soat, rahbar prof.Begmatov A.
2)Analitik mexanika tanlangan boblari-60 soat, rahbar k.o'qituvchi Ro'zmatov M.
3)Sonli usullar-60 soat, rahbar Xoldjigitov Abduvali; ularga ilmiy rahbarlar tayinlash kerakligi haqida aytib, dotsent Mamatova Nigora va k.o'qit. Ro'zmatov Maqsudni tayinlashni taklif etdi. Kafedra a'zolari bu taklifni bir ovozdan ma'qullashdi.
5.2-kurs magistrlarini amaliyotni o'tashi bo'yicha mas'ul dotsent Zokirov Asqar
so'zga chiqib, magistrlar yuborilgan korxona va inshoatlar bilan bitim tuzganligi
u yerdagi rahbarlar talabalarni haftada uch kun amaliyot joyida bo'lishlarini
qat'iy talab qilishganliklarini,qolgan kunlar, ya'ni seshanba va shanba kunlari
shu yerda bo'lib,s. dissertatsiya ishlarini yakunlashlari kerakligi haqida tushunca
berdi va ilmiy rahbarlar, ilmiy maslahatchilar ham shu kunlari kafedrada bo'lib,
ularga dissertatsiya ishlarida yordam berishlarini ta'kidlab o'tdi.

Download 47.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling