Matematika fakulteti "Mexanika va matematik modellashtirish" kafedrasining 2023 yil 21 fevral 14-sonli majlisining bayonnomasi qatnashdilar


Download 47.05 Kb.
bet9/10
Sana13.04.2023
Hajmi47.05 Kb.
#1356259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Баённома2022-2023

QAROR QILINDI:
1.O'zbekiston respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirining Oliy ta'lim
muassasalarida o'quv jarayoniga kredit modul tizimini joriy etishning tashkiliy
masalalariga taalluqli hujjatlar namunalarini tasdiqlash to'g'risida,O'zbekiston
respublikasi vazirlar mahkamasining Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini
tashkil etish bilan bog'liq tizimni takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risidagi
buyruqlar belgilangan normalar bo'yicha bajarilsin.
2.Kredit modul tizimida akademik qarzdor talabalar bilan muntazam shug'ullanilsin.
3."Mexanika va matem. modellashtirish" kafedrasi o'qituvchisi Sh.R.Ibodullayevni
katta o'qituvchi vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tavsiya etilsin.
4.1-kurs magistri ilmiy rahbar etib Ro'zmatov M.I.ni,
N.T.Mamatovani ilmiy rahbar etib tayinlansin.
5.Amaliyot o'tayotgan 2-kurs magistrlarini ilmiy rahbarlari va maslahatchilari
talabalarni muntazam ravishda nazorat qilishsin, ularga yordam berishsin.
Kafedra mudiri:________ Axmedov A.B
Majlis kotibi :________ Axunbabayeva V.A
MATEMATIKA FAKULTETI
"Mexanika va matematik modellashtirish" kafedrasining 14.02.2023 yildagi
13-sonli majlis bayonidan
KO'CHIRMA.
QATNASHDILAR: Kafedra mudiri prof.Axmedov A.B., prof.Begmatov A., prof.Xaldjigitov A.A., prof.Korshunova N.А., dots. Zokirov A.Х., dots. Mamatova N.Т., dots. Ruzmatov M.I. o’q. Ibodullaev Sh.R., o’q. Xolmanov N.Y., tayanch doktorant Tilovov O.O’., kabinet mudiri Axunbabaeva V.A.
KUN TARTIBI:
"Mexanika va matematik modellashtirish" kafedrasi o'qituvchisi Ibodullayev Sh.R.ni katta o'qituvchi lavozimiga tavsiya etish.
ESHITILDI :
"Mexanika va matematik modellashtirish" kafedra mudiri A.B.Axmedov so'zga chiqib,kafedra o'qituvchisi Sh.Ibodullayevning 2021-2022 o'quv yilida erishgan yutuqlari, ilmiy pedogogik faoliyati, kafedra jihoziga bo'lgan yordami haqida ma'lumot berdi;
Ibodullayev Sherzodning ilmiy pedogogik staji 6 yil bo'ldi. Shu davr ichida o'q. Sh.R.Ibodullayev fakultet va kafedrada ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy ishlar olib borishda va jamoat ishlarida faol ishtipok etib keladi. U 2020 yildan hozirga qadar matematika fakultetida "Kelajak mexaniklari" to'garak rahbari sifatida, bakalavr va magistr talabalar bilan Mexanika amaliy masalalarni kompyuterda modellashtirishni o'rgatib bormoqda. Uning rahbarligi ostida Mexanika yo'nalishi talabalari universitet, Oliy va o'rta-maxsus ta'limi vazirligi va respublika miqyosidagi robototexnika va mexatronika sohalaridagi nufuzli musobaqalarda sovrinli o'rinlarni egalladilar. Jumladan 4-kurs talabasi Rajabov Maxmud "Smart innovasiya xonasi" loyihasi universitet rektorati tomonidan uch million so'mlik mukofot bilan taqdirlandi. Shuningdek, Sh.R.Ibodullayev 12 ta ilmiy maqola, shulardan 5 tasi (Scopus), 10 dan ortiq tezislar chop ettirganligini ma'lum qildi. Hozirgi paytda Ibodullayev Sherzod Moskva transporti universiteti olimlari bilan ilmiy hamkorlik ishlarini yo'lga qo'ygan.
Yuqoridagilarni xulosa qilgan holda Respublika yosh olimlar Kengashi a'zosi (2021 yil,№289) o'q. Ibdullayev Sherzodga katta o'qituvchi lavozimiga tavsiya etishni taklif qilaman. Kafedra professori A. Begmatov va dotsent A. Zokirovlar so’zga chiqib Ibodullayev Sherzodning kafedrada qilayotgan ishlari, ustoz shogirt tizimida muntazzam ishlashi, ilmiy ishlari, jamoatchilik ishlarida faolligini va insoniylik fazilatlari haqida alohida gapirib o’tdilar. Kafedra a’zolari ushbu taklifni bir ovozdan ma’qullashdi va ushbu taklif fakultet Kengashiga tavsiya etildi.


Download 47.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling