Matematika fakulteti "Mexanika va matematik modellashtirish" kafedrasining 2023 yil 21 fevral 14-sonli majlisining bayonnomasi qatnashdilar
Download 47.05 Kb.
|
Баённома2022-2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- KUN TARTIBI
- QAROR QILINDI
Kafedra mudiri: A.B. Axmedov
Majlis kotibi: V.A. Axunbabaeva Matematika fakulteti "Mexanika va matematik molellashtirish" kafedrasining 2023 yil 24-yanvar 11-sonli majlisining BAYONNOMASI QATNASHDILAR: Kafedra mudiri prof.Axmedov A.B.,prof.Begmatov A.,prof.Xaldjigitov A.A., prof.Korshunova N.А.,Zokirov A.Х.,dosent Mamatova N.Т.,katta oq Ibodullaev Sh.R.,tayanch doktorant Xolmanov N.Yu.,tayanch doktorant Tilovov O.O., kabinet mudiri Axunbabaeva V.A. KUN TARTIBI: 1.Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori talablari asosida chora-tadbirlar rejasida belgilangan masalalar haqida. 2.OTM Kengashi va o'quv-uslubiy Kengashi,fakultet Kengashi, fakultet ilmiy Kengashi qarorlari haqida. 3.GPA ko'rsatkichi 2,80 dan past bolgan talabalar bilan maslahat soati o'tkazish haqida. 4.O'zaro darslarga kirish va ochiq ma'ruzalar holati. ESHITILDI: Birinchi masala yuzasidan Ahmedov A.B. so'zga chiqib,Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori talablari asosida chora-tadbirlar rejasida belgilangan masalalar haqida axborot berib, ularni amalga oshirish haqida ta'kidladi. Ikkinchi, uchinchi masala yuzasidan dekan o'rinbosari Ro'zmatov Maqsud so'zga chiqib, OTM Kengashi va o'quv-uslubiy Kengashi, fakultet Kengashi, fakultet ilmiy Kengashi qarorlari haqida, GPA ko'rsatkichi 2,8 dan past bo'lgan talabalar bilan maslahat soati o'tkazish haqida ma'lumot berdi. To'rtinchi masala yuzasidan mashg'ulot tahliliga kirgan ekspert kafedra mudiri Ahmedov A.B. o'z fikr-mulohazalarini bildirdi: 1.Kafedra professori Xaldjigitov A.A. 3-kurs 302-A 20-09,20-10 guruhlarga "Kuchlanish tenzori" mavzusida ochiq dars o'tdi. Dars o'z vaqtida, dars jadvaliga muvofiq o'tdi. Auditoriyaning darsga tayyorgarligi, professor-ustozning darsga tayyorgarligi yaxshi, mavzu hozirgi dolzarb masalalarga bog'lab talabalarga qiziqarli, mazmunli darajada etkazib berildi. Darsda talabalarning faolligi o'rtacha bo'ldi. Xulosa: Dars tushunarli, ravon tilda o'tildi. Prezentasiyadan foydalanildi. Dars jarayoni hamma talabalarga mos keladi, deb hisoblash mumkin. 2.Kafedra o'qituvchisi, professor Korshunova H.A. 3-kurs talabalariga "Chiziqli harakat differensial tenglamalarida kuzatuvchanlik tushunchasi" mavzusida ma'ruza qildi. Dars o'z vaqtida, dars jadvaliga muvofiq o'tdi. Auditoriyaning darsga tayyorgarligi, professor-ustozni darsga tayyorgarligi a'lo darajada. Dars qiziqarli, eshitilarli,mazmunli qilib talabalar onggiga yetkazib berildi. Darsda talabalar faol qatnashdilar. Xulosa: Dars juda yuqori saviyada, ilmiy metodik qo'llanmalarga asosan, auditoriya bilan savol-javob asosida jonli, ko'tarinki ruhda o'tdi. Dars savol-javob asosida umumlashtirilib, uyga vazifa berildi. QAROR QILINDI: 1.GPA ko'rsatkichi 2,8 past bo'lgan talabalar bilan muntazam ravishda shug'ullanilsin. 2.O'zaro darsga kirish va ochiq ma'ruzalar o'tkazilsin. Download 47.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling