Matematika fakulteti "Mexanika va matematik modellashtirish" kafedrasining 2023 yil 21 fevral 14-sonli majlisining bayonnomasi qatnashdilar
Download 47.05 Kb.
|
Баённома2022-2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- QAROR QILINDI
Kafedra mudiri: A.B. Axmedov
Majlis kotibi: V.A. Axunbabaeva Matematika fakulteti "Mexanika va matematik molellashtirish" kafedrasining 2023 yil 10-yanvar 10-sonli majlisining BAYONNOMASI QATNASHDILAR: Kafedra mudiri prof.Axmedov A.B.,prof.Begmatov A.,prof.Xaldjigitov A.A., prof.Korshunova N.А., dot. Zokirov A.Х.,dot. Mamatova N.Т.,katta oq Ibodullaev Sh.R., tayanch doktorant Xolmanov N.Yu., tayanch doktorant Tilovov O.O., tayanch dokt D.Yoqubjonov, kabinet mudiri Axunbabaeva V.A. 1..2-bosqich magistratura talabalarining magistrlik dissertasiyasi doirasida bajarilgan ishlar yuzasidan hisoboti. 2.Prezident grandi bo'yicha yuqori ball to'plagan talabalar haqida. 3."Mexanika va matematik modellashtirish" kafedrasi 1-bosqich tayanch doktorantura (PhD)ga qabul qilingan D.Yoqubjonovga ilmiy rahbar biriktirish to'g'risida. 4.Turli masalalar. ESHITILDI: Birinchi masala, 2-bosqich magistratura talabalarining magistrlik dissertasiyasi doirasida bajarilgan ishlar yuzasidan hisoboti. Matematika fakulteti "Mexanika va matematik modellashtirish" 2-bosqich talabalarining magistrlik dissertasiyasi doirasida yakuniy hisobotlari tinglandi. Ikkinchi masala yuzasidan kafedra A.B.Axmedov so'zga chiqib prezident grandi bo'yicha eng yuqori ball toplagan talabalar haqida e'lon qilib, shu talabalar ichida eng yuqori ball to'plagan talaba Xudoyberdiyev Qaxramon ekanligi,shu talabaga ilmiy rahbar tayinlanishi kerakligi haqida aytib,ilmiy rahbar etib A.A.Xoldjigitovni tayinlashga taklif kiritdi. Ushbu taklif kafedra a'zolari tomonidan ma'qullandi. Uchinchi masala, “Mexanika va matematik modellashtirish" kafedrasi 1-bosqich tayanch doktorantura (PhD)ga qabul qilingan D.Yoqubjonovga ilmiy maslahatchi va ilmiy rahbar biriktirish to'g'risida. prof.Xoldjigitov A.A.so'zga chiqib, 01.02.04-Deformasiyalanuvchi qattiq jismlar mexanikasi ixtisosligi bo'yicha 1-bosqich tayanch doktarantura (PhD)ga qabul qilingan Yoqubjonov Dilshod Sobitjon o'g'liga ilmiy maslahatchi etib, professor A.B.Axmedovni tayinlashni tavsiya etdi. Kafedraning barcha a'zolari buni bir ovozdan ma'qullashdi. Yoqubjonov Dilshod Sobitjon o'g'liga dissertasiya mavzusi sifatida "Samolyot qanotlarida flatter hodisalarini tadqiq qilish" mavzusi biriktirildi. Ushbu taklif kafedra a'zolari tomonidan ma'qullandi. To'rtinchi masala yuzasidan kafedra mudiri prof. A.B.Axmedov so'zga chiqib, qo'shimcha o'quv yuklamalarni soatbay asosida taqsimlash bo'yicha ma'lumot berdi: Gidrometeorologiya fakultetidan Meteorologiya va iqlimshunoslik yo'nalishi o'quv rejasi asosida "Nazariy mexanika va gidromexanika" fanidan 61 soat (12 soat ma'ruza, 24 soat amaliy, 25 soat reyting) o'quv yuklamasi ajratilgan. Shu buyurtma asosida, ko'rsatilgan o'quv soatlarini kafedra dotsenti A.X.Zokirovga yuklashni taklif qilaman. QAROR QILINDI: 1.2-bosqich magistratura talabalarining magistrlik dissertasiya doirasida bajargan ishlari ma'lumot uchun qabul qilinsin. 2.Prezident grandi bo'yicha eng yuqori ball to'plagan talaba Xudoyberdiyev Qaxramonga ilmiy rahbar etib kafedra professori Xoldjigitov A.A.tayinlansin. 3."Mexanika va matematik modellashtirish" kafedrasi 01.02.04-Deformasiyalanuvchan qattiq jismlar mexanikasi ixtisosligi bo'yicha 1-bosqich tayanch doktoranturaga qabul qilingan Yoqubjonov Dilshod Sobitjon o'g'liga ilmiy maslahatchi etib professor A.B.Axmedovni tayinlansin, hamda dissertasiya mavzusi sifatida "Samolyot qanotlarida flatter hodisalarini tadqiq qilish" mavzusi biriktirilsin. 4.Qo'shimcha o'quv yuklamalarni soatbay asosida taqsimlash haqida kafedra mudiri axboroti ma'lumot uchun qabul qilinsin. 5. Meteorologiya va iqlimshunoslik yo'nalishi o'quv rejasida belgilangan "Nazariy mexanika va gidromexanika" fani bo'yicha 61 soat o'quv yuklamasi soatbay asosida kafedra dotsenti A.X.Zokirovga taqsimlansin. Download 47.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling